Endi shohi atlas kiymaydi onam
Endi kimxop, adras kiymaydi onam
Endi zar olib ber demaydi onam
Endi onam faqat meni kutadi
Katta shaxarlarga boray demaydi,
Parij, London, Rimni kuray demaydi
Yapon bog'larida yuray demaydi
Endi onam faqat meni kutadi
Sarxil taomlarga xuwi yuq endi
Tandir kaboblarga tishi yuq endi
Ziyofatlar bilan ishi yuq endi
Endi onam faqat meni kutadi
Yoqmas tuy xashamlar shovqin suroni
Yoqmas nevaralar tuz to'paloni
So'ramaydi kunni, obu-xavoni
Endi onam faqat meni kutadi
U-bu olib kel deb hech suramaydi
Olgan narsamga xam bir qaramaydi
Der.. kep tursang onang bil,qarimaydi
Endi onam faqat meni kutadi
Bolam, bir buyingni bir ko'rsam bas deydi
Suhbatlashib utir, kel birpas deydi
Menga boshqa narsa kerakmas deydi
Endi onam faqat meni kutadi
Bormagan bir kunim o'n kunga utar
Men borar yo'llarning boshida kutar
Meni ko'rsa dildan g'amlari ketar
Endi onam faqat meni kutadi
Deydi.. Bolam, bugun ayt, kelasanmi?
Agar kelsang yotib ham qolasanmi?
Juda sog'inganman sen bilasanmi?
Endi onam faqat meni kutadi
Endi shoxi atlas kiymaydi onam
Endi kimhop adras kiymaydi onam
Tillolar olib ber demaydi onam
Endi onam faqat meni kutadi
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев