12.2018
Oqibatni pulga sotgan jigarlarim
Bu hayotni ozmi ko‘pmi ko‘rmadimmi?
Oq-qorani ajratishni bilmadimmi?
Kulib turgan yuzinggizga aldandimmi?
Oqibatni pulga sotgan jigarlarim...
Men do‘st dedim, garchi sen do‘st bo‘lmasang ham,
Yiqilganda bir bor qo‘ling cho‘zmasang ham.
Menga shular qilyaptida yomon alam,
Oqibatni pulga sotgan jigarlarim...
Oyoqlari tobutimni tepishga shay,
Shayton deymi? Iblis deymi? Qanday atay?
Yaratganim yordam bergin nima qilay?
Oqibatni pulga sotsa jigarlarim.
Sizga insof bersin o‘zi, Qodir Xudo
Hech erkakning g‘ururidan etma judo.
Mashhargacha xayr endi do‘st, alvido
Oqibatni pulga sotgan jigarlarim.
Chiqarmangiz dindan endi qarg‘amayin,
Men sizlarni do‘st deb o‘zim aldamayin.
Bir-bir keting, uydan sizni haydamayin,
Oqibatni pulga sotgan jigarlarim...?!
ХКШ sizga😇


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев