Men uchun amr qilingan va menga zanjirband
bo’lishim haqidagi habar yetib kelib u ijro
etilishidan biroz avval, sizlarga ushbu vasiyatni
yo’llamoqdaman. Men sizlar bilan yil davomida
birga qolganimga qaramay, oldimizdagi o’ttiz kun
mobaynida sizlardan uzoqda bo’laman. Meni qayg’uga solgan narsa, shu kunlar mobaynida,
mening o’rnimga o’rin bosar ko’rmasligim va
qilgan malomatlarimning o’rni bo’sh qolishidir.
O’tgan “Ramazon” oyida nimalar bo’lgani sizlarga
ma’lum. Sizlar bilan birga sarf etganim, kuchlarim
va quloqlaringizga quygan fikrlarimga qaramay, yer yuzidagi millionlab odamlar masjidlarga yo’l
oldilar. Men u kunlari mahbuz bo’lib, g’azab
olovida qovurilar ekanman, millionlab hotin-qizlar
ro’molga o’randilar. Xususan, bu o’ranish, to’g’ri
yo’lni topa olmagan barcha qizlarda, qadr
kechasida yaqqol ko’rindi. Men katta gunohlarning barchasini qildirganim yigitlar esa,
Allohing g’azab olovini so’ndirib, qarshisida
tavba darvozalarini ochadigan ko’z yoshlarini
to’kdilar.
Hoy, inson shaytonlari! Kamina, pahlavoningiz
yo’qligini bildirmang. Oldingizda katta vazifalar bor. Bu vazifalarni sizlarga qanday buyurilgan
bo’lsa, shunday bajaring. Men ramazon
chodirlarida, odamlarning tongga qadar bedor
qolishlari, nafis iftor vaqtiga qadar uxlashlari,
iftorda esa osilib turgan qorinlarini bo’g’izlariga
qadar to’ydirmasdliklaridan boshqa narsani bilmasliklari, sizlardan esa, oyna-i jahon
dasturlarini tayyorlashlaringizni hohlayman.
Hoy, isnon shaytonlari! Sizlar, honandalar,
raqqosalar va go’zal qizlar bilan muloqotlar
uyushtiring va ularni ramazonning ruhiyati,
hamda uning teatr va hayosiz raqs sahnalaridagi, ahamiyatlari haqida gapirtiring. Biz katta-yu
kichik, barchaning kundalik seriallar, haftalik
filmlar va yarim oyda bir marta qo’yiladigan
fitnali teatrlar haqida gapirishlaringizni
hohlaymiz. Biz ramazon oyida turli hil
musobaqalar, qo’shiqlar va fazoviy yo’ldosh kanallarini hohlaymiz. Biz bu yo’lda biror soniya
bo’lsada dam olishingizni hohlamaymiz. Zotan
vaqtimiz juda qiymatli va maqsadlarimiz juda
pastkashlik ekanini juda yaxshi bilasizlar.
Hoy inson shaytonlari! Sizlar odamlarning
jannatga kirib, biz jannatning hidlaridan mahrum qolishlarimizni hohlaysizlarmi? Sizlar bir lahzalik
tavba bilan yillar davomida, sarf etgan
mehnatlarimiz zoye bo’lishini istaysizlarmi? Axir
men sizlarni ulardan biri, qadr kechasining bir
lahzasiga erishsa, o’tgan va keyingi gunohlari
barchasi kechirilishidan ogohlantirmadimmi?! Agar bunga yo’l qo’ysangiz, o’rningizga
boshqalarni olib kelaman va sizlarning
o’zingizgina zarar ko’rasiz va muvafaqqiyatdan
uzoq bo’lasiz.
Ex sizlar jahannam va jahannam tubida mangu
qoladigan bandalarni, zaqqum daraxtini va saqar do’zax maftunlarini hohlamaysizlarmi?! Sizlarning
shaytoniy aqllaringizga ONT ichib so’raymanki,
sizlarning o’lik qalblaringiz qayerga ketdi?
Hoy go’zal qiz?! Sen erkaklarning hushini
oladigan katta kuchsan, sening islom ummati
ichida katta vazifang bor. Senda barcha savollarning javobi mavjud, men orzularimni
senga bog’laganman. Biz sendan erkaklarning
mayilliklrini, qo’zg’ash va shaxvoniy
ko’rinishlarini hulas, raqs, qahqaha, bedorlikni
talab qilamiz. Azizam, ahir sening ro’zadorliging
yetmayabtimi? Sen taroveh va kechalari ibodat bilan bedor bo’lishni bir tarafga qo’y.
Hoy odamlar, menga quloq soling, mening
so’zlarim nasihat holos. Ramazonda barcha go’zal
va lazzatli narsalarga e’tibor bering. Alloh uchun
namoz o’qishni unuting chunki, jahnnamga
kiradiganlarning mantig’ida, Alloh uchun namoz o’qish katta gunohdir. Qur’on oyatlarini
o’qimanglarda, “G’affur-ul Rahm” ya’ni
kechiruvchi va rahimli Alloh uchun tavba qilib
qo’yaveringlar. Chunki “Ramazon” takror-takror
kelaveradi. Hozir esa vaqtingizni zoye qilmay,
dunyo hokimlariga sajda qilaveringlar. Ularga barcha iblislarning rahmati bo’lsin.
Shu yerda Iblis alayhi la’naning so’zlari tugaydi.
Balki, iblisning yuqoridagi so’zlaridan kimlardir
miyig’ida kulgan, kimlardir yig’lagan va
kimlardir, hech narsa tushinmagandir. Biroq shu
narsa haqiqatki, ushbu vasiyatni tinglagan ba’zi odamlar ustidan, shayton kuladi va yillar
davomida bo’lganidek bu yil ham ularning
ramazon oylarini zoye qildiradi. Zotan quyidagi
so’zrlarni aytgan Alloh o’ta haqlidir: “Odamlarga
hisob beradigan vaqtlar yaqinlashdi, biroq ular
hanuz g’aflatdadirlar. Robbilaridan bayon qiluvchi eslatma kelsa unga e’tiborsiz, o’yinga berilib
quloq soladilar.”
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев