- Balog’atdagi qizlar va ayollar bachadonidan har
oyda keladigan qon.
- Bo’yga yetmagan qizdan, tug’mas ayoldan,
homilador ayoldan kelgan qon hayz
hisoblanadimi? - Yo’q, ular istihoza qonidir.
- Hayz necha kun keladi?
- Har ayolda har xil. Ba’zilarida uch kun,
ba’zilarida o’n kungacha.
- Nifos nima?
- Ayollar tuqqandan yoki bola tushgandan so’ng keladigan qon. Nifos xususida har ayolning mijozi
har xil – ba’zilariniki bir soatda to’xtaydi,
ba’zilariniki qirq kungacha davom etadi. Qirq
kundan oshsa, u istihoza qonidir.
- Hayz va nifos ko’rgan ayollar hukmi qanday?
- Namoz o’qimaydilar, ro’za tutmaydilar, Qur’on o’qimaydilar, Qur’on va oyat yozilgan narsalarni
ushlamaydilar, masjidga kirmaydilar,
Ka’batullohni tavof qilmaydilar, kindikdan to
tizzalarigacha joylaridan bahra olib bo’lmaydi.
Qon tugagach, yuvinmoqlari farz.
- Hayz yo nifos ko’rgan ayollar Qur’onni muqovasidan yo jildidan ushlashlari va ham har
xil duolar o’qishlari durust bo’ladimi?
- Durust bo’ladi.
- Istihozadagi ayollarga qanday hukm bor?
- Ular pok ayollar qiladigan jami amalni qilishga
haqlidirlar. - Hayz va nifosdagi ayollar namoz va ro’za
qazosini keyinchalik bajaradilarmi?
- Namoz qazolari keyinchalik o’qilmaydi, lekin
ro’za qazosi keyinchalik tutiladi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев