- Butun badanni yuvish.
- G’usl qay tariqa qilinadi?
- 1. Avvalo, istinjo qilinadi.
2. So’ng qo’l yuviladi.
3. Tahorat qilinadi (bundan faqat oyoq yuvilishi mustasno).
4. Undan so’ng boshga, so’ngra o’ng yelkaga,
so’ngra tanning boshqa a’zolariga suv yetkazilib,
hamma joy yuviladi.
5. So’ng yana ikki marta shu tariqa yuviniladi.
6. Yakunda oyoq yuviladi. - G’usl tahorat o’rniga o’tadimi?
- O’tadi.
- G’uslning farzi nechta?
- Uchta:
1. Og’izga suv solib g’arg’ara qilish.
2. Burun ichini yuvish. 3. Badanning hamma joyini yuvish.
- G’uslning sunnatlari nechta?
- O’nta:
1. Istinjo qilish.
2. Najas bor yerni yuvish.
3. Qo’lni yuvish. 4. O’n sakkizta sunnatga amal qilib tahorat qilish.
Lekin oyoqlar yuvilmay turiladi.
5. Avval boshga, so’ng o’ng yelkaga, so’ng
tanning qolgan barcha a’zolariga bir marotaba
suv yetkazib yuvish.
6. Qo’l yetgan jami joylarni bir marotaba ishqalab yuvish.
7. Har bir a’zoga uch bora suv yetkazish.
8. O’ng tarafni chap tarafdan oldin yuvish.
9. Suvni keraklicha sarflash.
10. G’usl vaqti qiblaga oldini o’girmaslik, ya’ni
ters turish lozim. - Soch va soqolning har bir tolasiga suv yetkazish
farzmi?
- Erkaklarga farz. Ammo ayollarning soch
ostilariga suv yetsa, bas. O’rilgan sochlarni yoyish
lozim emas.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
- Uch holda:
1. Junub bo’lganda.
2. Ayollarda hayz qoni kelganda.
3. Nifos qoni kelganda