oyog’ini yuvishi lozimmi?
- Yo’q. Mash tortilsa, kifoya. Ammo mahsi yoki
etik tahorat bilan kiyilgan bo’lmog’i lozim.
- Mash qanday tortiladi?
- Ikki qo’l panjalari yaxshilab suvlanib, barmoq tarafdan to’piqqacha uch marta barmoq tortiladi.
Mahsi yoki etik yuzi ham uch barmoq kengligida
tozalanadi.
- Tahorat bilan kiyilgan mahsi yoki etikka necha
kun mash tortiladi?
- Safarda bo’lmagan kishi 24 soat, uch kundan ortiq safarda bo’ladigan kishi 72 soat davomida
mash tortishi mumkin.
- Bu muddat mahsi kiyilgan paytdan
hisoblanadimi?
- Yo’q, birinchi tahorat buzilgan paytdan
boshlanadi. - Mahsi yoki etikdan boshqa yana nimalarga
mash tortish joiz?
- Kigizli etikka, qo’njli kovushga, mahsi ustidan
kiyilgan kovushga.
- Mabodo mahsi yoki etik yirtilgan bo’lsa-chi?
- Ular jamlanganda uch barmoq kattaligidan katta bo’lsa joiz emas, kam bo’lsa joiz.
- Yirtiqlar kichik-kichik, ikki-uchta bo’lsa-chi?
- Ular jamlanganda uch barmoq kattaligidan katta
bo’lsa, yangidan tahorat qilinadi.
- Agar teshiklari to’piqning yuqorisida bo’lsa-chi?
- Mash tortiladi. - Mahsiga qachon mash tortib bo’lmaydi?
- Mahsi o’z xizmatini bajara olmaydigan va tovon
qo’njining yuqorisiga chiqib ketgan bo’lsa.
- Agar tahorat ketmasdan mahsilar almashtirilsa,
ya’ni yechilib bir oz muddatdan so’ng kiyilsa,
tahorat buzilib, oyoq yuviladimi? - Yo’q.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев