Abu Said al-Xudriydan, roziyallohu anhu, rivoyat
qilinadi: “Bir bo‘ri suruvga hujum qilib, bir qo‘yni
olib qochdi. Cho‘pon bo‘rini quvib, qo‘yni tortib
oldi. Shunda bo‘ri tilga kirib:
— Allohdan qo‘rqmaysanmi? Parvardigor menga
yuborgan rizqni nega qaytarib olyapsan? — dedi. — Vo ajab? Bo‘ri inson kabi gapirmoqda! —
hayratini yashira olmadi cho‘pon.
— Mening odamday gapirganimga
ajablanyapsanmi? Bundan ham muhimroq narsa
bor. Yasribda Muhammad ismli bir zot odamlarga
yangi dinni ta’lim bermoqda, — dedi bo‘ri. Shundan so‘ng cho‘pon suruvini haydab
Madinaga keldi. Qo‘ylarni bir pana joyda qoldirib,
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam,
huzurlariga keldi va bo‘lib o‘tgan voqeani aytib
berdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam,
odamlarni namozga chaqirishni buyurgach, cho‘ponga:
— Ko‘rganlaringni bularga ham so‘zlab ber, —
dedilar.
Cho‘pon voqeani so‘zlab berdi. Shunda Sarvari
olam, sollallohu alayhi va sallam, marhamat
qildilar: — Birodaringiz to‘g‘ri gapiryapti. Muhammadning
qayoti izmida bo‘lgan Allohga qasamki, jonivorlar
insonlar bilan gaplashmagunicha, kishining oyoq
kiyimidagi bog‘ich ip tilga kirib, so‘zlamagunicha
va kishining soni, u ko‘chada yo safarda
bo‘lganida oilasining uyda nimalar qilganini xabar bermagunicha (ya’ni, shunday zamonlar kelmay
turib) qiyomat qoim bo‘lmaydi».
(Mazkur hadisni Imom Ahmad Abu Hurayradan,
Abu Nu’aym esa, Anasdan va Bayhaqiy Ibn
Umardan rivoyat qilishgan).
#новости
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев