Abu Zabya, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar:
«Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu,
vafotlaridan sal oldin xastalanib qoldilar. Bemorni
ko‘rishga kelgan Usmon, roziyallohu anhu, undan
so‘radilar:
— Seni nima bezovta qilyapti? — Gunohlarim.
— Ko‘ngling nimani tusayotir?
— Rabbimning rahmatini.
— Senga bir tabib chaqiraymi?
— Aslida meni kasal qilgan Tabibdir.
— Senga biroz maosh yozdirishimga ruxsat berasanmi?
— Maoshga ehtiyojim yo‘q.
— Hech bo‘lmasa, keyin qizlaringga beriladi-ku!
Shunda Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu:
— Sen qizlarimni kambag‘allikdan qiynalishadi
deb xavotirdamisan? Men ularga har kecha Voqea surasini o‘qishni tayinlaganman. Zero,
Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam:
«Har oqshom Voqea surasini o‘qigan kishi hech
qachon tirikchilik zahmatini chekmaydi», deb
marhamat qilganlarini eshitgan edim, — dedi»
#новости
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев