Kumayl ibn Ziyod rivoyat qiladilar:
«Hazrati Ali, roziyallohu anhu, bilan birga aylanib
yurar edik. Jabbon qabristoni yonidan
o‘tayotganimizda, qabristonga qarab:
— Ey qabrlarda yotganlar, ey suyaklari chirib,
tuproqqa qorishganlar, ey qoronHuliklarda yolg‘iz qolganlar, sizlarda nima gap? Bizdan so‘rasangiz,
mollaringiz taqsimlandi, bolalaringiz o‘ksiz va
yetim qoldi va xotinlaringiz boshqa turmush
qurishdi. Bizda ana shunday xabarlar. Sizlarda
qanday xabarlar bor? — deb so‘radilar.
So‘ngra men tomonga burilib: — Ey Kumayl, agar ularga javob qilish uchun izn
berilganida: “Ozuqaning eng yaxshisi taqvodir”,
deb aytishgan bo‘lar edi, — dedilar.
Birozdan keyin esa yig‘lab, bunday dedilar:
— Ey Kumayl, qabr amallar sandiHidir. Buni faqat
o‘lganingdan so‘ng bilasan...»
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев