Muhammad ibn al-Muntashirdan:
«Bir odam Hazrati Umarga, roziyallohu anhu:
— Allohning kitobidagi eng shiddatli va
qo‘rqinchli oyatni bilaman, — dedi. Umar,
roziyallohu anhu, bir tayoq olib, uni astagina urdi
va: — O‘zingcha qanday “tadqiqot” o‘tkazdingki,
bunday bir oyatni uchratding? — degach, haligi
kishi u yerdan ketdi.
Ertasiga Hazrati Umar, roziyallohu anhu, unga
uchrashib:
— Sen aytmoqchi bo‘lgan qaysi oyat edi? — deb so‘radilar.
— “Kim biror yomonlik qilsa, albatta jazosini
ko‘radi” oyatidir. Zero, hech yomonlik qilmagan
odam yo‘q. Shunga ko‘ra, birortamiz ham
azobdan qutula olmaymiz (najot topolmaymiz), —
dedi u kishi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, bunga javoban:
— Bu oyat nozil bo‘lganida biz shunchalar
qo‘rqdikki, hatto ovqat yeyolmay qoldik. Nihoyat,
Alloh taolo: “Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki
o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat
so‘rasa, Allohning mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar – ko‘rar” (Niso, 110)
mazmunli oyati karimani nozil qildi, — dedilar».
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев