Предыдущая публикация
Abdulloh ibn Sarjasdan, roziyallohu anhu:
«Janobi Payg‘ambarimizga:
— Men Abu Zarrni yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Buni o‘ziga aytdingmi?
— Yo‘q.
— Borib aytgin. Shundan so‘ng Abu Zarrni topib:
— Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman, —
dedim.
— Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin, — dedi u.
Keyin bu haqda Rasuli akramga aytgan edim,
shunday marhamat qildilar: — Yaxshi ko‘rgan kishingga: “Sizni yaxshi
ko‘raman”, deyishing savobdir». *** Bir odam Ibn Abbosning yonidan o‘tdi.
— Bu odam meni yaxshi ko‘radi, — dedi Ibn
Abbos.
— Qaerdan bilasan? — deb so‘rashdi undan.
— Chunki men uni yaxshi ko‘raman, — deb javob
berdi u.
#новости
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев