Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etishlariga
yaqin qolgan soatlarda qayta-qayta: “Tong
otdimi?” deb so‘rar, har gal unga: “Hali tong
otmadi”, deb javob berishar edi. Nihoyat , “Tong
otdi”, deyishgach, Muoz ibn Jabal, roziyallohu
anhu: — Tonggida otashga ketiladigan kechadan
Allohning panohiga siHinaman. Ey o‘lim, xush
kelding, safo kelding. Sen umrim davomida
menga ilk bor tashrif buyurgan bir ziyoratchisan,
bir faqir do‘stiga murojaat etgan suyukli
mahramsan. Allohim, bugungacha men Sendan qo‘rqib keldim.
Biroq bugun Sening rahmatingdan umidvorman.
Senga ayonki, dunyo molini to‘plash, ariqlar ochib
dalalarni bog‘-rog‘ qilish kabi ishlar bilan mashg‘ul
bo‘lish uchun dunyoda qolmoqchi emasman.
Mayli, shiddatli issiqlarda chanqoq qolayin, dunyo hayotining mashaqqatlarini tortayin, biroq zikr
halqalarida olimlarning tizzalariga tizzamni qo‘yib
seni zikr etish uchun, dunyoda qolmoq istayman,
— deb iltijo qildilar.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев