Zayd ibn Sobitdan, roziyallohu anhu:
“Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va
sallam, menga:
— Sen suryoniy tilini yaxshi bilasanmi? Chunki
menga ushbu tilda yozilgan xatlar keladi, —
dedilar. — Yo‘q, — dedim men.
— O‘rgangin, — deya marhamat qildilar. Shundan
so‘ng men suryoniy tilini o‘rganishga kirishdim
va o‘n yetti kun ichida o‘rganib oldim”.
Yomonlikka yaxshilik
Abu Hurayradan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Bir kun bir ayol oldimga kelib:
— Men ham zino qildim, ham zinodan tuHilgan
bolamni o‘ldirdim. Endi shu gunohimdan tavba
qilsam bo‘ladimi? — deb so‘radi.
— Sen uchun tavba yo‘q! — dedim men ayolga. — Alloh ko‘zingni ko‘r qilsin, hech bir qulaylik
bermasin...
Shundan so‘ng ayol yig‘lab, tizzalariga urib chiqib
ketdi. Ertasi kuni bomdod namozini o‘qib
bo‘lgach, bu voqeani aytgan edim – Janobi
Payg‘ambarimiz alayhissalom: — Sen ayolga naqadar yomon javob beribsan.
Sen axir “Ular Alloh bilan birga boshqa biron
ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom
qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino
qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan
birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha
barobar qilinur va u joyda xorlangan holida
mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va imon
keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana
o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-
savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon Zotdir” (Furqon, 68-70) mazmunli
oyatlarni o‘qimaganmiding? — deya marhamat
qildilar.
Shundan so‘ng darhol ayolni chaqirtirib, unga bu
oyatlarni o‘qib berdim. Ayol sevinganidan o‘sha
zahoti sajda qildi va: — Menga qutulish eshigini ochgan Alloh taologa
beadad hamdu sanolar bo‘lsin, — dedi».
#новости
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев