” Lays ibn Sa’ddan, roziyallohu anhu:
«Zayd ibn Horisa, roziyallohu anhu, toiflik bir
odamdan bir xachirni kiraga olgani haqida
gapirib berdilar.
— Seni xohlagan joyimda tushirish sharti bilan
xachirni kiraga beraman, — dedi xachirning egasi.
Ikkovlon yo‘lga tushdik. Xachirning egasi bir
xarobaga yetib borgach, menga:
— Tush! — dedi.
Xachirdan tushdim, xaroba ichida bir necha
o‘liklarni ko‘rdim. Xachirning egasi meni ham o‘ldirmoqqa choHlanayotgan ekan. Men:
— Ikki rakat namoz o‘qib olay! — dedim.
— O‘qiy qol. Sendan oldin mana bu o‘liklar ham
namoz o‘qishgan, biroq namoz-niyozlari o‘zlariga
hech bir foyda bergani yo‘q, — dedi u.
Namoz o‘qib bo‘lganimdan so‘ng haligi odam meni o‘ldirmoqchi bo‘lib ilgarilagan edi, “Ya,
arhamarrohimiyn”, dedim. Ittifoqo: “Uni
o‘ldirma!” degan ovoz eshitildi. U odam qo‘rqib,
bu ovoz egasini topish uchun tashqariga chiqdi,
biroq hech kim ko‘rinmagach, yana ortga qaytdi.
Men bu safar uch marta: ”Ya, arhamarrohimiyn” deb baqirdim. Shu payt bir otliq ichkariga kirdi.
Qo‘lida temir nayza, nayzaning uchi olovli edi. U
nayzasini qaroqchining ko‘ksiga sanchib,
orqasidan chiqardi. Qaroqchi o‘ldi. Otliq menga
qarab:
— Birinchi bor «Ya, arhamarrohimiyn» deganingda men yettinchi qavat osmonda edim.
Ikkinchi marta duo qilganingda eng pastki
qavatga tushdim. Uchinchi marta duo etganingda,
bu yerga yetib keldim, — dedi».
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев