qildim.Hidoyat yetgach,ulardan tavba qildim... Namoz o'qimagan paytlarimda sajda qilgan
kishini ko'rsam kulgim qistardi.Ibodatga
kirgach,sajdada ko'z yoshlarimni
to'xtatolmadim... Johil ekanimda vaqt o'tmayotgandek tuyulardi.
Qur'on nuri ila qalbimni ravshan qilgach,umrim
yetmayotgandek tuyuldi... Alloh nomi faqat tilimda eknaida dunyo ishlaridan
ozor chekib yig' lardim.Bu muborak nom dilimga
kirgach, oxiratim uchun qayg'urib yig'lay
boshladim... Jaholat botqog'ida adashib yurganimda savob va
gunoh orasidagi farq ahamiyat bermaydigan
darajada kichkina edi. Qalbim ko'zlari
ochilganidan so'ng angladimki, bu farq
aqllarimizga sig'mas qadar ulkan ekan... Ibodatdan yiroq yurganimda qiynalgan
kishilarning nolasi qulog'imga kirmas edi.
Muslimalik bax'tiga muyassar bo'lgach, ularning
nolalarini yurak-yurakdan eshita boshladim... G'aflat ichra uyg'oqlik da'vosida edim.Rahmat
yetgach esa, aslida uyquda ekanimni tan oldim... Zulmatda ekanman juda ko'p narsani bilaman
deya kibrlanardim. Hidoyat nuriga yetishganimda
hech narsa bilmasligim ayon bo'ldi... Allohni tanimagan kezlarim tabiatni loqishlardim.
Allohni tanigach, tabiatni ham, boshqa
maxluqotlarning yagona Yaratuvchisiga hamdu
sano aytdim... G'aflatdaligimda nafsimga quloq solardim. Sergak
tortgach, aqlimning va qalbimning buyrug'uni
tinglay boshladim... Dindan yiroq kezlarim behuda soz'alrni gapirib
charchamas edim. Haq dinni topgach,sukutdek
ulkan ibodatda tin oldim...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев