Sarvari olamning izidan borib, bu dunyoda maqtovga, oxiratda savobga erishmoq uchun bu bobda rasulullohning betakror sifatlari hamda go‘zal axloqlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Olloh hammamizga hidoyat ato qilib, bizni to‘gri yo‘lga boshlasin. Insondagi ulug‘lik va kamolot fazilat-lari ikki turlidir: birinchisi, dunyoviy xislati, zaruriya bo‘lib, u inson tabiati va yashash ehtiyojidan kelib chiqadi, ikkinchisi, diniy xislati qasbiya bo‘lib, bu sifatga erishganlar maqtovga sazovor va Ollohga yaqinlashganlar jumlasiga kiradi. Dunyoviy xislati zaruriya kasbiy bo‘lmaydi, u insonning ixtiyoriga bog‘liq ham emas. Masalan: payg‘ambar alayhis-salomning yaratilishlaridagi tabiiy kamolotlari, husndagi go‘zalliklari, aqliy zakovatlari, idroklarining yuksakligi, tillarining fasohatliligi, his-tuyg‘u va badanlarining kuchliligi, harakatlarining mo‘tadilligi, nasablarining tozaligi, qavmlari va yurtlarining mo‘tabarligi kabi xislatlar bo‘lib, yashash zarurati taqozo etadigan ovqat, uyqu, kiyim-kechak, turar-joy, mol-mulk va obro‘- e'tibor kabilar shu jumlaga mansubdir; din, ilm, muloyimlik, sabr, shukr, adolat, haqqoniylik, ta'madan yiroqlik, kamtarlik, kechirimlilik, iffat, saxiylik, shijoat, hayo, odamgarchilik, kamgaplik, tamkinlik, og‘ir-bosiqlik, mehr-shafqat, husnixulq, yaxshi muomala kabi yuksak axloq-odobning barchasi oxiratga mansub xislati kasbiya sanalib, bular go‘zal axloq deb ataladi. Insonda mavjud tabiiy yo‘sindagi g‘ayrikasbiy kamolot xususiyatlarining barchasi payg'ambar alayhis- salomning vujudlarida mavjud edi. Payg‘ambar alayhis-salomning rang ro‘ylari benihoya chiroyli, gavda tuzilishi va a'zolarining mutanosibligi rivoyatlarda bunday tasvirlanadi: Payg‘ambar alayhis-salomning yuzlari oppoq, nuroniy, ko‘zlari katta, qorachig‘lari timqora, oqi qizg‘ishga moyil, kipriklari quyuq, qoshlari uzun, ingichka, qirra burunlarining uchi xiyol egilgan, tishlari guruch donasidek oppoq, orasi ochiqroq, peshonalari keng, yuzlari dumaloq, soqollari quyuq, ko‘kraklari keng, gavdali, bilaklari uzun, kaftlari, oyoqlarining tovoni keng, o‘rta bo‘y, miqtidan kelgan, jundor odam edilar; ko‘kraklarida pastga qarab o‘sgan mayin yollari bor edi, kulganlarida tishlari xuddi marvarid donalaridek yarqirab ketardi, gapirganlarida shu'lalanib, og‘izlaridan nur taralayotgandek bo‘lardi, bo‘yinlari ham gavdalariga g‘oyat mos edi. Baro ibn Ozib: "Umrimda qora sochlari quloqlarini bosib tushgan, qizil to‘nli payg‘ambar alayhis- salomdan kelishganroq odamni ko‘rgan emasman", deydi. Abu Hurayra: "Men rasulullohdan ko‘ra chiroyli odamni ko‘rmaganman. Quyosh xuddi u kishining yuzidan balqigandek tuyulardi, kulganida yuzidan nur yog‘ilib, shu'lasi devorlarga tushardi", deb eslaydi. Ibn Abu Holaning hadisida: "Payg‘ambar alayhis-salomning yuzi xuddi o‘n to‘rt kunlik oydek nurlanib turardi", deyilgan. Hazrati Ali rasululloh haqida gapirib: "Payg‘ambar alayhis-salom dastlab ko‘rgan odamga vajohatli tuyulardi, yaqindan bilgandan keyin esa eng suyukli kishisiga aylanib qolardi. Men rasulullohdek odamni avval ham, keyin ham ko‘rmadim", deydi. Payg'ambar alayhis-salom tozalikda, xushbo‘ylikda, ifloslik va najosatdan yiroqlikda alohida xususiyatlarga ega edilarki, bunday fazilatlar u zoti muborakdan boshqa kishida topilmasdi. Olloh taolo rasulullohni shariatining pokizaligi bilan yanada yuksak kamolotga erishtirdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Islom dini pokizalik asosiga qurilgan", deya marhamat qilganlar. Anas: "Payg‘ambar alaihis-salomdagi xushbo‘y hid men hidlab ko‘rgan anbarlarning, iforning va boshqa mushku anbarlarning atridan yoqimliroq edi", degan. Jobir esa "Payg‘ambar alayhis-salom yuzimni silab qo‘ygan edi, u kishining qo‘lidan xuddi attor (atr sotuvchi)ning qutisidan taralgandek dimog‘imga gup etib xushbo‘y is urildi", deydi. Ko‘plarning ta'kidlashicha, sarvari olam xushbo‘y narsalarni iste'mol qilsalar ham, qilmasalar ham u kishi bilan ko‘rishgan odamning qo‘lidan kechgacha yoqimli hid kelib turarkan. Agar rasululloh, biron bolaning
boshini silab qo‘ysalar, kechgacha o‘rtoqlari uning yonidan ketolmay qolisharkan. Imom Buxoriy katta tarixida Jobirdan rivoyat qilishicha, mushk-anbar ufurib turgan ko‘chadan yurgan odam bu yerdan shubhasiz rasululloh o‘tganlarini bilar ekan. Payg‘ambar alayhis-salom aqlda komilliklari, zehnlari o‘tkirligi, hissiyotlarining kuchliligi, tillarining biyronligi, harakatlarining chaqqonligi, ahloqlarining go‘zalligiga qaraganda u zoti muborakni hech shubhasiz eng aqlli va eng hushyor inson deb e'tirof etish kerak. Sarvari olam ilgari o‘qib, xat-savod chiqarmagan, maxsus saboq olmagan, dunyoviy va diniy kitoblarni ko‘rmagan, bo‘lishlariga qaramay odamlarga juda ko‘p ilmlarni o‘rgatdilar, shariatni barpo etdilar, odamlarning shaxsiy va jamoat ishlarini boshqarishlari, xalqqa qo‘llagan siyosatlari, betakror xulq-atvorlari va ajoyib turmush tarzlari u kishi aql-zakovatda komil, idroklari teran zot ekanliklarini isbotlab turibdi. Payg‘ambar alayhis- salom namoz o‘qiyotganlarida orqadagi narsalarni ham xuddi oldilaridagidek aniq-tiniq ko‘rardilar. Olloh taoloning Shuaro surasidagi: "Olloh namozga turgan paytingizdagi harakatlaringizni ham ko‘rib turadi", degan 219- oyati bevosita yuqoridagi fikrlarning tasdig‘idir. Hazrat Oisha raziyallohu anho: "Payg‘ambar alayhis-salom qorong‘ida ham xuddi yorug‘ paytdagidek ko‘raverar, Xulkardagi o‘n bir yulduzni bemalol sanay olardi", deydi. Rivoyatlarda aytilishicha, rasululloh zamonasining pahlavoni Rakonani kurashda yengib, Islom diniga da'vat etgan ekanlar. Abu Hurayra: "Men payg‘ambar alayhis-salomdan ko‘ra tez yuradigan odamni uchratmaganman. U kishi yo‘lga chiqqanida yer xuddi qatlamadek qatlanib, qisqarayotgandek tuyular, biz qiynalib yursak u kishi aksincha yayrab odimlar, xuddi tepalikdan pastga tushayotgandek bemalol qadam tashlardi. Kulganida ovozini balandlatmay tabassum qilar edi", deydi. Payg‘ambar alayhis-salomning tili benihoya fasohatli va chuqur ma'noli edi. Gaplari sun'iylikdan xoli, ravon, jumlalari lo‘nda, qisqa, tushunarli, fikri aniq, mazmunli, takallufsiz va chuqur ma'noli edi. U kishi arab tilining lahjalarini, hikmatli so‘zlarini ko‘p bilardilar. Har bir xalqqa ularning o‘z tili, shevasi va uslubida fasohatiga yarasha gapirar edilar. Ko‘pgina sahobalar so‘zlarning ma'nosini aytib berishni payg‘ambar alayhis-salomdan iltimos qilishardi. Rasulullohning
hadislari va tarixlari bilan tanishgan odam bu narsani ayniqsa yaxshi his etadi. Payg‘ambar alayhis-salomning quraysh xalqiga, hazri Mavj va Yaman podsholariga hamda najidning oqsoqollariga aytgan gaplari bir-biridan keskin farq qiladi. U kishi biron qabila bilan gaplashganlarida ular yoqtiradigan iboralarni ishlatar, yerlik odamlarga xush keladilan uslubda so‘zlashar edilar. Sarvari olam mana shu tarzda Islom dinining ta'limotlarini odamlarga yetkazar, Qur'on oyatlarini, shariat ahkomlarini har bir kishining didi, saviyasiga moslab tushuntirar edilar. Payg‘ambar alayhis-salomning fasohat bilan aytilgan chuqur ma'noli, lo‘nda so‘zlarini sharhlab, muzmunini chaqishga urinib, uslublarini tadqiq etib kitoblar yozilgan. Quyidagi hikmatdan iborat so‘z-iboralar rasulullohning ahli donish va fasohat bobida chinakam kamolotga yetganliklarining tasdig‘idir: Hamma musulmonlarning joni barobardur. Ularning eng tubani ham birovlarni asrash ko‘yida yuradi, dushmanga qarshi (turishda) uyushqoq bo‘lishadi. Insonlarning hammasi taroqning tishlaridek barobardur. Kishi suygan odami bilan birga (bo‘ladi). Sen birovga ravo ko‘rganni u senga ravo ko‘rmasa bunday suhbatdoshlikda xosiyat yo‘q. Insonlar ma'dan konlariga o‘xshashadi. O'z qadr-qimmatini bilgan odam halok bo‘lmaydi. Maslahatga chaqirilgan odam ishonchli odam. Gapirib yaxshilikka erishgan yoki sukut saqlab omon qolgan bandaga Olloh rahmat qilsin. Musulmon bo‘lsang salomat bo‘lasan, musulmon bo‘lsang, Olloh ikki hissa ajr beradi. Sizlarning xushaxloq, kamtar, do‘stlashtirguvchi va do‘stlikka intilganinglar qiyomat kuni menga eng ardoqli va eng yaqin bo‘ladiganinglardir. U (ya'ni musulmon) behuda gapiradigan yoki arzimas narsalarga baxillik qiladigan bo‘lishi mumkin. Ikkiyuzlamachi odam Ollohning dargohida maqbul emas. Bundan tashqari payg‘ambar alayhis-salom behuda bahs-munozarani, ko‘p savol so‘rashni, molni isrof qilishni, onalarni ranjitishni, qiz bolalarni tiriklay ko‘mishni man qilib, aytgan gaplari ham ayni donolikning nishonasidur. Har qanday sharoitda Ollohga taqvodor bo‘l. Yomonlik qilsang, uni yaxshilik bilan yuv. Odamlarga xushmuomala bo‘l. Ishning yaxshisi o‘rtachasidir. Do‘stingga haddan tashqari yaqin bo‘lma, bir kuni u sening dushmaningga aylanib qolishi mumkin. Zulm qiluvchilarning zulmi qiyomat kuni o‘zlariga qorong‘u zulmat bo‘ladi. Payg‘ambar alayhis-salomning quyidagi duolari ham u kishining yuksak fasohati va zakovatidan dalolat beradi: "Ey Olloh, sendan tilagim shuki, rahmating bilan qalbimni hidoyat qilgaysan, ishlarimni parokanda etmagaysan, tarqoq ishlarimni jamlagaysan, umid bog‘lagan ishlarimni ro‘yobga chiqargaysan, amalimni pok qilg‘aysan, ishlarimni to‘g‘ri yo‘lga solgaysan, do‘stligimni qaytargaysan, meni barcha yomonliklardan asragaysan. Ey Olloh, oson o‘limni, shahidlarcha qazoni, baxtiyor hayotni, dushmanlar ustidan g‘alaba qozonishni tilayman". Bundan tashqari payg‘ambar alayhis-salomning ko‘pgina kishilar tomonidan zikr etilgan so‘zlari, nutqlari, xutbalari, duolari, sulhnomalari hayratomuz fasohat va hikmatga to‘ladir. Sahobalar rasulullohga: "Sendan ko‘ra fasohatliroq gap gapiradigan kishini ko‘rmadik", deyishganda u zoti muborak: "Qur'on mening tilimda, ya'ni ravshan arabiy tilda nozil etilgan ekan, boshqacha bo‘lishi ham mumkinmi?" deya javob qaytarganlar. Rasululloh: "Men quraysh qabilasida dunyoga kelib, banu Sa'd aymog‘ida voyaga yetdim", deganlar. Payg‘ambar alayhis- salomning gap-so‘zlarida sahro odamlariga xos qudrat va bosiqlik, shaharliklarga xos nafislik bilan nazokat jam bo‘lgan. Bundan tashqari sarvari olam boshqa odamlarga nasib etmaydigan vahiy orqali Ollohning madadi va qo‘llab-quvvatlashiga erishganlar. Payg‘ambar alayhis-salom nasablarining asilligi, yurtlarining ulug‘ligi hammaga ayon. Rasululloh quraysh qabilasi Hoshim jamoasining ko‘rar ko‘zi, arablarning eng asili, ota-ona tomonidan hurmatga sazovor, Olloh uchun ham, payg‘ambar alayhis-salom uchun ham aziz maskan hisoblanmish Makkadan edilar. Bu haqda kitobning bosh qismida batafsil gapirilgani uchun ortiqcha to‘xtalib o‘tirmaymiz. Inson hayotiga zarur hisoblangan ayrim narsalarning oz bo‘lishi fazilatdir. Masalan: ovqat bilan uyquning kami shu jumlaga kiradi. Odamlar azalu azaldan me'yorida ovqatlanish bilan kam uxlashni maqtab, ko‘p yeyish bilan ko‘p uxlashni ayblashgan. Ko‘p yeyish, ko‘p ichish ochko‘zlik, harislik, shahvatparastlik nishonasidir. Ko‘p yeyish va ko‘p uxlash bu dunyoda ham, u dunyoda ham zarar, koni ziyon, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi, aqlni zaiflashtirib, xomush qilib qo‘yadi; oz yeyish esa qanoatning, nafsni jilovlay bilishning, shahvatni o‘ldirishning nishonasidir, badanni sog‘lomlashtirib, zehnni o‘tkirlashtiradi; ko‘p uxlash kishini lanj, zaif, xomush, yalqov qilib qo‘yadi, inson umrini zoe ketgizadi, diydasini qotiradi, g‘aflatda qoldirib, dilini o‘ldiradi. Payg‘ambar alayhis-salom oz yeb, kam uxlaganlar. Shu bois u kishi doim oz yeyishni targ‘ib etganlar: "Odam bolasi qorin degan rasvo idishni to‘ldirolgani yo‘q. To‘yish uchun bir necha luqma kifoya, Yeyish zarur bo‘lganda u oshqozonning uchdan birini ovqat uchun, uchdan birini suv uchun, uchdan birini nafsi uchun ajratib qo‘ysin", deganlar. Ko‘p yeyish bilan ko‘p ichish ko‘p uxlashga sabab bo‘ladi. Oisha raziyallohu anho: "Payg‘ambar alayhis-salomning qorni yolchib ovqatga to‘ygan emas. U kishi oilasidagilardan bo‘lakcha ovqat so‘ramas, berganni yeb, berganni ichardi", deydi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Men suyanib o‘tirib ovqat yemayman", deganlar. Tabiiyki, kishi chordona qurib, bemalol suyanib o‘tirsa, ko‘proq ovqat yegisi kelishi turgan gap. Rasululloh esa qovushmasdan cho‘nqayib o‘tirganlaricha naridan-beri ovqatlanganlar. "Men bir qulman, ovqatni quldek o‘tirib yeyman", deganlar u zoti muborak. Rasululloh juda kam uxlaganlar, shunda ham: "Ikki ko‘zim uxlagani bilan qalbim sira uxlamaydi", deganlar. Insonda qancha ko‘p va qancha yuqori bo‘lsa shuncha fazilat sanaladigan narsalar bor. Obro‘- e'tibor shular jumlasidandir. Donolar ta'kidlashicha, kishining obro‘siga qarab, uning hurmati belgilanadi. Olloh taolo Iso alayhis- salomni "dunyo va oxiratda obro‘li", deya sifatlagan. Muhammad alayhis-salom esa payg‘ambar bo‘lishlaridan avval ham, keyin ham el-yurtning hurmatiga sazovor bo‘lganlar. Mushriklar payg‘ambar alayhis-salom bilan sahobalarga ozor berishni, suiqasd qilishii ko‘zlashsa-da, ko‘pincha u kishidan hayiqishar, baribir, yo‘riqlariga yurishardi. Birinchi marta duch kelgan odamni payg‘ambar alayhis- salomning salobatlari bosardi. Qiyla degan ayol rasulullohni ko‘rganda qo‘rqqanidan osq-qo‘li bo‘shashib, qaltiray boshlaganda u kishi: "Ey miskina, qo‘rqma, o‘zingni bosib ol", deganlar. Ibn Mas'ud rivoyat qilgan bir hadisda aytilishicha, bir odam payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib, gapirolmay qalt-qalt titrayerganda, rasululloh: "Qo‘rqma, men podshoh emasman", deganlar. Muhammad alayhis-salomning qadr-qimmati balandligi va Olloh taolo u kishini payg‘ambarlikka tanlagani bu dunyoda erishgan eng yuqori martabalaridir. Oxiratda esa rasululloh bani inson sayyididurlar. Odamlar mol-dunyosi ko‘pligi bilan faxrlanishadi, boy-badavlat kimsa bir kunimizga asqotib, hojatimizni chiqararmikin, degan ilinjda kishilar ularni katta bilib, izzat-ikrom qilishadi. Mol-mulki ko‘pligi fazilat emas, boyligini o‘zining va boshqalarning ehtiyoji uchun sarflab, yaxshi nom qozonsa va kishilarning hurmatiga erishsa, ahli dunyo nazarida katta olijanoblik hisoblanadi; agar bisotini oxiratni ko‘zlab yaxshi yo‘llarga, foydali ishlarga sarflasa, hamma odamning nazarida fazilat sanaladi. Badavlat odam baxil bo‘lib, boyligini yaxshilikka sarf etish o‘rniga mol- mulk to‘plashga hirs qo‘ysa, bunday boylikning qadri yo‘q, mulkdor esa baxil, pastkash degan haqoratga uchraydi. Payg'ambar alayhis- salomning qo‘llariga yer yuzining xazinalari, mamlakatlariing kalitlari topshirilgan, g‘animatlar u kishiga halol qilingan edi. Rasululloh hayot vaqtlarida Hijoz, Yaman, Shom, Iroqning bir qismi, arab yarim oroli fath etilib, juda ko‘p g‘animat, xiroj, zakot mollari keltirilgan, yaqin yiroqdagi podshohlar had-hisobsiz sovg‘a-salomlar yuborishgan edi. Lekin payg'ambar alayhis-salom bu narsalarni shaxsiy mulk sifatida o‘zlashtirib olganlari, biron tangalik narsani o‘z ehtiyojlari uchun ishlatganlari yo‘q, hamma narsa tegishli joyga sarflandi. Odamlar boyib, musulmonlarning beli baquvvat bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Uhud tog'idek oltinim bo‘lsa, undan Olloh yo‘lida sarflash uchun mo‘ljallanganidan tashqari biron dinorni olib qolish meni xursand qilmaydi", deganlar. Kunlarning birida rasulullohning qo‘llariga Murra dinorlari kelgan edi, uning ozginasini qoldirib ayollaridan birining qo‘liga berib qo‘ydilar. Lekin baribir yotib uyqulari kelmadi, to qolgan dinorlarni ham bo‘lib bermagunlaricha ko‘ngillari joyiga tushmadi. Yonlarida hech vaqo qolmagandan keyingina: "Endi xotirjam bo‘ldim", deya yengil tin olganlar. Payg‘ambar alayhis-salom vafot etganlarida jangovar sovutlar oilasining xarajati uchun garovga qo‘yilgan edi. U zoti muborak oziq- ovqat, yengil bosh, uy-joyning ehtiyojiga yarashasi bilan qanoatlanganlar, ortiqcha narsalarga sira qiziqma-ganlar. Sarvari olam sira kiyim tanlagan emaslar, ko‘pincha dag‘al gazlamalardan tikilgan to‘n va shunga o‘xshash liboslar kiyardilar. Vaholanki, huzurlaoiga tashrif buyurganlarga oltin hal bilan ziynatlangan to‘n kiydirar, kelolmaganlarga jo‘natib yuborar edilar. Bu narsa payg‘ambar alayhis-salom bu dunyoning boyligiga sira qiziqmaganlarini, bor narsalarini mustahiq (zakot olishi lozim bo‘lgan odam)larga sarf etish fazilatiga ega ekanliklarini ko‘rsatadi. Go‘zal odob-axloqlardan iborat xislatlar
husni xulq deyiladi. Rasululloh bunday xislatlarning timsoli edilar. U kishining husni xulqlari har jihatdan kamolatga yetgan, mukammmal edi. Olloh taolo nur surasining 4- oyatida payg‘ambar alayhis-salomni maqtab: "Sen
chindan ham yuksak axloq egasisan", degan. Hazrati Oisha raziyallohu anho: "Payg‘ambar alayhis-salomning xulqi - Qur'on edi. U Qur'on mamnun bo‘lgan narsadan mamnun bo‘lar, g‘azablanganidan g‘azablanardi", deydi. Payg‘ambar alayhis-salomnig o‘zlari: "Men go‘zal axloqlarni kamolga yetkazish uchun yuborildim", deganlar. Anas: "Rasululloh eng go‘zal axloq egasi edi", degan. Muhammad alayhis-salom xuddi boshqa payg‘ambarlarga o‘xshash ma'naviy va axloqiy barkamollikka erishgan edilar. Bu zoti muboraklar payg‘ambarlikka tanlanib, Ollohning nuri dillarini yoritishi bilan fazlu kamolat cho‘qqisiga ko‘tarildilar. Parvardigor ularni payg‘ambarlikka tanlashi bilanoq tiri-shib o‘zlarini qiynamay, mashq qilmay bebaho fazilatlarga ega bo‘ldilar. Payg‘ambarlarga xos bunday go‘zal axloq va xislatlar behisob. Biz ularning mohiyatini bayon etish bilan cheklanib, Muhammad alayhis- salomning sifatlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Odob-axloqning manbai - aql. Ilm-ma'rifat aqlniig mahsuli. Donolik, teran fikr, rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, uzoqni ko‘ra bilish, nafsning ko‘yiga tushmaslik, aksincha uni tiyish, shahvat bilan kurashish, to‘g‘ri tadbir va to‘g‘ri siyosat yuritish, past orzu- havaslardan xoli bo‘lish kabi xususiyatlarga faqat aql tufayli erishiladi. Payg‘ambar alayhis-salom aql
va ilm jihatdan hech kimga nasib etmagan eng yuksak darajaga yetganlar. Bunga rasulullohning hayot yo‘li va islom tarixi bilan tanishgan, u kishining lo‘nda, ma'noli so‘zlarini, go‘zal axloqlarini, hadislarini o‘rgangan, sarvari olamning Tavrot, Injil va boshqa muqaddas kitoblar haqidagi bilimlarini, faylasuflarning falsafasi va o‘tgan ummatlar tarixi haqidagi bilimlari, maqol-matallari, odamlarga qo‘llagan siyosiy tadbirlari, yo‘lga qo‘yilgan shariat haqidagi bilimlarini, tabobat, aljabr, nasabshunoslikka oid fikrlarini tadqiq etgan kishilar amin bo‘lishadi. Vaholanki, Muhammad alayhis-salom ummi payg‘ambar bo‘lib, hech qayrrda o‘qimagan, avvalgi kitoblarni ko‘rmagan, birovga shogird tushmagan edilar, u zoti muborak faqat Olloh taolo dillariga jo etib, bildirgan ilmga ega edilar xolos. Payg‘ambar alayhis-salom Olloh taolo o‘rgatgan ilmlar, kelajakdagi sodir bo‘ladigan ishlar haqidagi bashoratlari, yaratganning qudrati va mulki azimi haqida bildirganlaridan tashqari rasululloh o‘z aqlu farosatlariga yarasha dunyoviy va uxroviy ma'lumotlarga ega edilar. Olloh taolo Niso surasining 112-oyatida payg‘ambar alayhis- salomga: "Olloh senga bilmaydigan narsalaringni bildirdi, senga Ollohning fazli kattadir", deydi
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 11
bo‘lishni, muhtoj bo‘lganingda hech narsa bermaganlarga berishni, zulm o‘tkazganlarni avf etishni buyuradi", deganlar. Olloh taolo Qur'oni Karimda yana bunday deydi: "Senga yetgan aziyatlarga sabr qilgin, bu ulug‘ ishdir", Sho‘ro yeurasining 42-oyatida: "Kimki sabr qilsa, (zolimdan o‘ch olishga qodir bo‘la turib qasos olmasa) va uni avf etsa, bu ulug‘ ishdir". Shuningdek Nur surasining 22-oyatida: "Avf etsin, bag‘ri k...ЕщёPayg‘ambar alayhis-salomning muloyimligi, bagri kengligi, o‘ch olishga qodir bo‘la turib avf etishlari, boshlariga musibat tushganda chidam bilan yengishlari, sabrliklari Olloh bergan ulug‘ fazilatdir. Olloh taolo A'rof surasining 99-oyatida payg‘ambar alayhis-salomga: "Afvni do‘st tutgin, amr-ma'ruf qilgin va nodonlar bilan teng bo‘lmagin", deydi. Rasululloh Jabroil alayhis- salomdan bu oyatning ma'nosini tushuntirib berishni so‘radilar. Jabroil alayhis-salom: "Ey Muhammad, Olloh sendan yuz o‘girganlarga yaqin
bo‘lishni, muhtoj bo‘lganingda hech narsa bermaganlarga berishni, zulm o‘tkazganlarni avf etishni buyuradi", deganlar. Olloh taolo Qur'oni Karimda yana bunday deydi: "Senga yetgan aziyatlarga sabr qilgin, bu ulug‘ ishdir", Sho‘ro yeurasining 42-oyatida: "Kimki sabr qilsa, (zolimdan o‘ch olishga qodir bo‘la turib qasos olmasa) va uni avf etsa, bu ulug‘ ishdir". Shuningdek Nur surasining 22-oyatida: "Avf etsin, bag‘ri keng bo‘lsin. Ollohning sizlarga mag'firat qilishini istamaysizlarmi? Olloh mag'firat qilguvchidir, benihoya mehribondir", deydi. Payg'ambar alayhis-salom haqidagi rivoyatlarda u kishida mazkur sifatlar mukammal jamuljam ekani ayon bo‘ladi. Har qanday yumshoq tabiat odam ham hamisha muloyim bo‘lavermaydi. Payg‘ambar alayhis-salom esa hayotda duch kelgan shuncha ko‘ngilsizliklarning hammasiga sobirlik bilan chidaganlar, u kishiga ozoru kulfat yetkazgan johillarga yaxshi muomalalarini sira o‘zgartirmaganlar. Hazrati Oisha raziyallohu anho: "Payg'ambar alayhis-salom ikki ishdan birini tanlash lozim bo‘lganda gunoh bo‘lmasa; ulardan osonrog'ini tanlar edi. Agar gunoh sanalsa, bu narsalardan o‘zini yiroq tutardi. U kishi o‘zi uchun o‘ch olmasdi, faqat Ollohning hurmati oyoq osti qilingandagina Olloh uchun qasos olardi", deydi. Odamlar Uhud jangida payg‘ambar alayhis- salomning boshlariga juda ko‘p kulfatlar solgan mushriklarni duoibad qilishni so‘rashganda rasululloh: "Ey Olloh, qavmimni hidoyat qilgin, chunki ular (hech narsani) bilishmaydi", deya yaratganga yolborganlar.
bunga ham qanoat qilmay boshqa arab qabilalarini to‘plab, rasulullohga qarshi gij-gijlagan
quraysh mushriklarini avfi umumiy qilganlari ro‘y-rost ko‘rsatib turibdi. Rasululloh shu kuni ulardan: "Meni nima qiladi deb o‘ylayapsizlar?" deb so‘radilar. Mushriklar: "Sen mard qarindoshimizning mard o‘g‘lisan, bizga albatta yaxshi munosabatda bo‘lasan deb o‘ylaymiz", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Boringlar, hammangiz ozodsiz!" dedilar. Anas bunday deydi: "Men rasulullohning yonida turgan edim. U kishining egnida chetiga dag‘al matodan jiyak tutilgan to‘n bor edi. Arobiylardan biri kelib to‘nning etagidan qattiq tortgan edi, yoqasi payg‘ambar alayhis-salomning bo‘yinlarini qiyib yubordi. "Ey Muhammad, yoningdagi ...ЕщёPayg‘ambar alayhis-salomning nechog‘li muloyim va rahmdil odamligini Makka fath etilgan kuni u kishining dilini juda qattiq og‘ritgan, masxaralab ustilaridan kulgan, musulmonlarni yurtidan haydab chiqargan va ularga qarshi urush ochgan,
bunga ham qanoat qilmay boshqa arab qabilalarini to‘plab, rasulullohga qarshi gij-gijlagan
quraysh mushriklarini avfi umumiy qilganlari ro‘y-rost ko‘rsatib turibdi. Rasululloh shu kuni ulardan: "Meni nima qiladi deb o‘ylayapsizlar?" deb so‘radilar. Mushriklar: "Sen mard qarindoshimizning mard o‘g‘lisan, bizga albatta yaxshi munosabatda bo‘lasan deb o‘ylaymiz", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Boringlar, hammangiz ozodsiz!" dedilar. Anas bunday deydi: "Men rasulullohning yonida turgan edim. U kishining egnida chetiga dag‘al matodan jiyak tutilgan to‘n bor edi. Arobiylardan biri kelib to‘nning etagidan qattiq tortgan edi, yoqasi payg‘ambar alayhis-salomning bo‘yinlarini qiyib yubordi. "Ey Muhammad, yoningdagi Ollohning molidan manavi ikki tuyamga ortib ber, asakang, ketmaydi. Menga o‘zingning yoki otangning molidan bermaysan", dedi arobiy surbetlik bilan. Rasululloh biroz sukut saqlab turgach: "Bu Ollohning moli, men Ollohning bir bandasiman, sening qilmishing uchun o‘ch olaman", dedi. Arobiy: "Yo‘q, o‘ch olmaysan", dedi. Rasululloh hayron bo‘lib: "Nega o‘ch olmas ekanman?" - deb so‘radi. Arobiy hozirjavoblik bilan: "Sen yomonlikka yomonlik qilmaysan", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom kulib yubordi va arobiyning bir tuyasiga arpa, ikkinchisiga xurmo ortib berishni buyurdi".
payg‘ambar alayhis-salomga teng keladigan odam yo‘q edi. Jobirning aytishicha, birov nima so‘ramasin rasululloh sira yo‘q degan emas ekanlar. Ibn Abbos: "Yaxshilik uchun rasulullohning qo‘li haddan tashqari ochiq edi. Ayniqsa ramazon oyida saxiy bo‘lib ketardi. Jabroil bilan uchrashgan kezlari odamlarga yaxshilik qilish uchun yeldirimdek tez yelib- yugurar edi", deydi. Xadicha raziyallohu anho rasulullohning sifatlarini bayon etib: "Sen ojizlarning boshini silaysan, g‘ariblarga yordam berasa...ЕщёOisha raziyallohu anho: "Agar Ollohning hurmati oyoq osti qilinmasa, rasululloh o‘ziga zulm o‘tkazganlardan noliganini yoki o‘ch olganini sira eslolmayman. Payg‘ambar alayhis-salom xudo yo‘lida olib borilgan jangdan boshqa joyda biron kimsani chertmagan; umrida na xizmatkori, na ayolini bir shapaloq urmagan", deb eslaydi. Olloh taolo rasulullohga rahmat yog‘dirsin! Musulmonlar sunnatlariga ergashib, u kishini rozi qilishsin! Saxiylik va mardlik bobida zamondoshlari orasida
payg‘ambar alayhis-salomga teng keladigan odam yo‘q edi. Jobirning aytishicha, birov nima so‘ramasin rasululloh sira yo‘q degan emas ekanlar. Ibn Abbos: "Yaxshilik uchun rasulullohning qo‘li haddan tashqari ochiq edi. Ayniqsa ramazon oyida saxiy bo‘lib ketardi. Jabroil bilan uchrashgan kezlari odamlarga yaxshilik qilish uchun yeldirimdek tez yelib- yugurar edi", deydi. Xadicha raziyallohu anho rasulullohning sifatlarini bayon etib: "Sen ojizlarning boshini silaysan, g‘ariblarga yordam berasan", degan. Payg‘ambar alayhis-salomning havozin qabilasi asirlarini ozod qilish uchun qo‘llagan tadbirlari, dili islom diniga moyil odamlarga juda ko‘p mol-mulk berganlari u kishining saxovatlariga dalildir. Bu haqda yuqorida batafsil to‘xtalib o‘tdik. Kunlarning birida payg‘ambar alayhis-salom qo‘llariga tushgan to‘qson ming dinorni bo‘yra ustiga tashlab, oxirgi chaqasigacha sahobalarga bo‘lib berganlar. Bir odam kelib rasulullohdan narsa so‘raganda u kishi: "Yonimda hech vaqo yo‘q, lekin sening so‘raganing mening gardanimda qarz bo‘lib tursin, qo‘limga biron nima tushgan zahoti beraman", deganlar. Umar ibn Xattob: "Olloh seni bajo keltirib bo‘lmaydigan ishga undagani yo‘q-ku", deganida rasululloh uning gapini xushlamay javobsiz qoldirganlar. Ansorlardan bir kishi: "Ey rasululloh, beraver, xudo bor, kambag‘al bo‘lib qolishdan qo‘rqma", deganida sarvari olam kulimsirab: "Men shunday qilishga buyurildim". deya javob qaytarganlar. Payg‘ambar alayhis-salomning saxovatlariga doir misollar haddan tashqari ko‘p, ularning hammasini bayon etishning imkoni yo‘q.
shovqin soladigan, odobsiz, haddan ziyod ayblaguvchi yoki madhiyalovchi emasdi". Olloh Taolo Oli Imron surasining 159-oyatida rasululohga murojaat etib tayinlaydi: "Sen Ollohning rahmati bilan ularga muloyim bo‘lding. Agar qo‘pol, bag‘ritosh bo‘lganingda ular yoninga yaqin yo‘lashmasdi. Ularni afv et, ular uchun istig‘for ayt, hamma ishda ular bilan kengash". Olloh taolo Fussilat surasining 34-oyatida yana bunday deb uqtiradi: "Yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytar. Shunday qilsang sen bilan adovatda
bo‘lgan odam do‘stingga aylanadi".
olardilar va shunga yarasha qaytarardilar. Sahobalari bilan hazillashardilar, bordi-keldi qilardilar, dardlashib ko‘ngillarining chigilini yozardilar, ularning bolalarini erkalatardilar, o‘z hujralariga taklif etardilar, xoh hur odam, xoh qul, xoh kanizak, xoh g‘arib-bechora bo‘lsin, chaqirgan odamning taklifini rad etmay, albatta borardilar. Madinaning narigi chekkasidagi kasallarni ham borib ko‘rardilar, uzr aytuvchilarning uzrini qabul qilardilar. Anas aytadi: "Biron kishi rasulullohning qulog‘iga shivirlasa, uning gapi tugamaguncha boshlarini olib qochmasdilar, ko‘rishganda to boshqalar qo‘lini qo‘yib yubormaguncha qo‘llarini tortib olmasdilar, uchraganlarga oldin salom berardilar, sahobalarga avval qo‘l uzatardilar, birovlarni qiynab qo‘ymaslik uchun sahobalarning oldida oyoqlarini uzatib o‘tirmasdilar, huzurlariga kirgan odamni izzat-ikrom bilan kutib olardilar, ularning tagiga to‘s...ЕщёPayg‘ambar alayhis-salom chaqirgan yerga borardilar, berilgan sovg‘a oz bo‘lsa-da, rad etmay
olardilar va shunga yarasha qaytarardilar. Sahobalari bilan hazillashardilar, bordi-keldi qilardilar, dardlashib ko‘ngillarining chigilini yozardilar, ularning bolalarini erkalatardilar, o‘z hujralariga taklif etardilar, xoh hur odam, xoh qul, xoh kanizak, xoh g‘arib-bechora bo‘lsin, chaqirgan odamning taklifini rad etmay, albatta borardilar. Madinaning narigi chekkasidagi kasallarni ham borib ko‘rardilar, uzr aytuvchilarning uzrini qabul qilardilar. Anas aytadi: "Biron kishi rasulullohning qulog‘iga shivirlasa, uning gapi tugamaguncha boshlarini olib qochmasdilar, ko‘rishganda to boshqalar qo‘lini qo‘yib yubormaguncha qo‘llarini tortib olmasdilar, uchraganlarga oldin salom berardilar, sahobalarga avval qo‘l uzatardilar, birovlarni qiynab qo‘ymaslik uchun sahobalarning oldida oyoqlarini uzatib o‘tirmasdilar, huzurlariga kirgan odamni izzat-ikrom bilan kutib olardilar, ularning tagiga to‘shak yoki to‘nlarini solardilar, ko‘nmaganiga qo‘ymay mehmonni to‘rga chiqarardilar, sahobalarni ism-sharifi bilan to‘liq atardilar, ularni hurmatlab eng yaxshi ko‘radigan ismlari bilan murojaat qilardilar, gapiraetgan odam kim bo‘lishidan qat'i nazar gapini bo‘lmasdilar, Qur'on oyatlari nozil bo‘layotgan yoki o‘zlari va'z aytayotganlarida ko‘ngillari yayrab, tabassum bilan chehralari ochilib yurardilar. Payg‘ambar alayhis-salom odamlarga mehribon, marhamatli edilar. Olloh taolo Qur'oni Karimdagi Tavba surasining 128-oyatida rasulullohni sifatlab: "Sizlarning boshingizga musibat tushsa, u bundan eziladi, u sizlarni yaxshi ko‘radi, mo‘minlarga mehribon, marhamatlidir" desa, Anbiyo surasining 109-oyatida: "Biz seni butun olamga rahmat qilib yubordik", deydi.
"Ey Olloh, hajimni riyosiz va shon-shavkatsiz qilgin", deya Xudoga yolborar edilar. Vaholanki, u paytda arab zamini fath etilib, rasululloh shu haj chog‘ida yuzta tuyani qurbonlik qilgan edilar. Makka fath etilgan kuni rasululloh Islom lashkari bilan Makkaga kirayotganlarida Ollohga tavozu' qilib, boshlari to‘qimga tekkuncha quyi egilgan edi. Abu Hurayra raziyallohu anhu shunday deydi: "Bir kuni rasululloh bilan birga bozorga borib, u kishiga kiyimlik oldik. Sarvari olam gazlama uchun ortiqcha haq to‘ladilar. Sotuvchi quvonib ketganidan u kishining qo‘lini o‘pmoqchi
bo‘ldi. Rasululloh shartta qo‘lini tortib oldi-da: "Bu ajamlarning odati. Ular podshohlarining qo‘lini shunday o‘pishadi, men podshoh emas, sizlarga o‘xshagan oddiy bir odamman", dedi. Olingan gazlamani men ko‘tarib yurmoqchi edim: "Har kim o...ЕщёRasululloh haj qilganlarida mingan tuyalarining ustida eski to‘qim, engillarida to‘rt dirhamga ham arzimaydigan jun yopinchiq bor edi. Sarvari olam:
"Ey Olloh, hajimni riyosiz va shon-shavkatsiz qilgin", deya Xudoga yolborar edilar. Vaholanki, u paytda arab zamini fath etilib, rasululloh shu haj chog‘ida yuzta tuyani qurbonlik qilgan edilar. Makka fath etilgan kuni rasululloh Islom lashkari bilan Makkaga kirayotganlarida Ollohga tavozu' qilib, boshlari to‘qimga tekkuncha quyi egilgan edi. Abu Hurayra raziyallohu anhu shunday deydi: "Bir kuni rasululloh bilan birga bozorga borib, u kishiga kiyimlik oldik. Sarvari olam gazlama uchun ortiqcha haq to‘ladilar. Sotuvchi quvonib ketganidan u kishining qo‘lini o‘pmoqchi
bo‘ldi. Rasululloh shartta qo‘lini tortib oldi-da: "Bu ajamlarning odati. Ular podshohlarining qo‘lini shunday o‘pishadi, men podshoh emas, sizlarga o‘xshagan oddiy bir odamman", dedi. Olingan gazlamani men ko‘tarib yurmoqchi edim: "Har kim o‘ziga tegishli narsani o‘zi ko‘tarib yurishi kerak, deb menga bermadi". Payg'ambar alayhis-salom azaldan eng ishonchli, eng rostgo‘y odam edilar. Rasulullohning bu fazilatlarini hatto dushmanlari ham e'tirof etishardi. Payg‘ambarlik sharafiga erishmaslaridan avval ham u kishini amin, ya'ni ishonchli deb atashar, yoshu qari birdek hurmat qilishardi. Payg‘ambar alayhis-salomning yana bir fazilatlari o‘zlarining gaplaridan oydinlashadi. "Nikohimda bo‘lmagan biron ayolning qo‘lini tutgan emasman", deydilar u zoti muborak. Abul Abbos yanada ibratli bir voqeani hikoya qiladi: "Kisro kunlarni taqsimlab, bo‘ron chiqqan kuni uxlash, havo bulutli kunda ovga chiqish, yomg‘irli kunda nag‘ma-navo tinglab, sharob ichish, quyosh charaqlab turgan kunda ishlash kerak, degan. Payg‘ambar alayhis-salom esa kunni uchga bo‘lib, bir qismini Olloh uchun, bir qismini oilasi uchun, qolgan qismini o‘zlari uchun taqsim etganlar. O'zlari uchun ajratilgan qismini esa odamlarning hojatini chiqarish uchun sarflaganlar. Sahobalarni ham ko‘pning hojatini chiqarishga undab: "Men mushkulini oson etolmagan kishilarning hojatini ravo qilinglar. Hojatmandning mushkulini oson etgan odamni Olloh qiyomat kunining vahimasidan asraydi", - deganlar. Rasululloh hech qachon birovning gunohi uchun boshqa kishini jazolagan emaslar, birovning ustidan ig‘vo qilgan kimsalarning gapiga quloq solmasdilar.
bo‘lgan", deydi. "Payg‘ambar alayhis-salom Shira (xontaxta) qo‘yib, laganda ovqat yemaganlar. (Faqat davlatmand odamlargina shunday imtiyozlarga ega bo‘lgan.) Qayta-qayta elakdan o‘tkazilgan mayin unning nonini og‘izlariga solmaganlar, qaynagan suvga bosib o‘ldirilgan qo‘yning go‘shtidan totmaganlar", deydi Anas. (O'sha paytda o‘ziga to‘q odamlar qo‘yni qaynagan suvga bosishardi-da, junini yulib, terisi bilan pishirib yeyishardi.)
kechirib, Ollohning dargohida martabam ularnikidan pastroq bo‘lib qolishidan qo‘rqaman. Men uchun payg‘ambar qarindoshlarim bilan birga bo‘lishdan ortiq baxt yo‘q, derdi", deya hikoya qiladi. Hazrati Oishaning guvohlik berishicha, payg‘ambar alayhis-salom mana shu so‘zlarni aytganlaridan keyin oradan bir necha oy o‘tgach, vafot etganlar. Rasulullohning Ollohdan qo‘rqishlari va toat- ibodatlari u kishining ilmiga yarasha edi, Shu bois sarvari olam: "Men bilgan narsalarni bilsanglar kamroq kulib, ko‘proq yig'lardinglar. Sizlar ko‘rmagan narsalar menga ayon, sizlar eshitmaydigan narsalar menga ma'lum. Osmon ohlar uradi, uning faryod chekmog‘i joiz (sababi)osmonda har to‘rt enlik joyda bir farishta Ollohga sajda qilib turadi: Xudo haqqi, men bilganlarimdan xabardor bo‘lsanglar, shubhasiz oz kulib, ko‘p yig‘lar edinglar. To‘shaklaringizda ayollaringiz bilan lazzatlanmas edinglar, Ollohga iltijo aylab, qir-adirlarga chiqib ketardinglar. Koshki edi, men kesib tashlanadigan daraxt bo‘la qolsam", deya nido qilganlar payg‘ambar alayhis- salom. Ko‘p namoz o‘qiyverganlaridan rasulullohning oyoqlari shishib ketganini ko‘rgan ba'zi birovlar: "Olloh sening hamma gunohlaringni mag‘firat qilgan bo‘lsa, shunchalik azob chekib o‘zingni qiynaysanmi?" deyishganda, u zoti muborak: "Men shukr qilguvchi bandalardan emasmanmi?" deya javob berganlar.
o‘ychan, halovat nimaligini bilmasdi, deb ta'riflaydi. Hazrati Ali: "Men rasulullohdan u kishining sunnatini so‘raganimda: "Ma'rifat - hamyonim, aql-dinimning asosi, Ollohni do‘st tutish - tayanchi nuqtam, Ollohga bo‘lgan ishtiyoqim - ulovim, Ollohning zikri - ulfatim, Ollohga bo‘lgan ishonchim - xazinam, g‘am- qayg‘u - hamrohim, ilm - qurolim, sabr - choponim, Ollohning qismatiga rozi bo‘lish - g‘animatim, ojizlik - faxrim, ta'masizlik - hunarim, imon - quvvatim, rostgo‘ylik - shafoatim, toat- ibodat - qanoatim, jihod - axloqim, namoz - quvonchim, Ollohning zikri - qalbimning mevasi; tashvishim ummatimdan, ishtiyoqim robbimga", deb javob bsrgan", deya ta'riflaydi. Olloh rasulullohni ummatidan xayriyatlarga erishtirsin! Qiyomat kuni Ollohning roziligiga, Rasulullohning shafoatiga erishish uchun payg‘ambar alayhis-salomning betakror, go‘zal axloqlarini, benazir xizmatlarini mulohaza qilib, u zoti muborakka ergashgan va u kishining yo‘lini mahkam ushlagan bandaga Olloh rahmat qilsin! Ey mehribon parvardigor, marhamatingni darig‘ tutmay bizni yaxshi ishlarga muvaffaq aylagaysan!