Dunyo tashvishidan sira ham kuyma.
Kelmasidan burun kutilmas o‘lim
O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Senga yo‘l ko‘rsatmish ilohiy Qur’on,
Payg‘ambar sunnatin aylagin qo‘rg‘on.
Go‘zal bog‘-rog‘ingni bossa ham to‘fon
O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Har bir solih ishning og‘iri bo‘lmish,
Botini, o‘rtasi, zohiri bo‘lmish.
Diningning avvali, oxiri bo‘lmish
O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Dunyo o‘yin qilar seni har bir dam,
Gohi qayg‘udasan, gohida hurram
Dunyo sahnasidan mag‘lub chiqsang ham
O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Odamlar dunyodan ketib, kelmishlar
Ba’zan Alloh bergan umrin yemishlar.
Payg‘ambar "Ko‘zimning nuri" demishlar
O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Savol-javob asli shundan boshlanur,
Inson qilganini albatta ko‘rur.
Osmonda farz bo‘lgan ibodat erur -
O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Dunyoda turfa xil tariqat va yo‘l,
Benamozlar tutgan yo‘ldan nari bo‘l!
Bay’at bermoq bo‘lsang, islomga cho‘z qo‘l -
O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Iffatli va go‘zal hayot istasang,
Saodatga sari sabot istasang,
Qiyomat kunida najot istasang,
O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma! Ertaga kech bo‘lur, ko‘ngil buzolgum,
Na bir madadkor, na homiy tuzolgum
Bugun faqat yordam qo‘lin cho‘zolgum,
O’g‘lim, namozingni boy berib qo‘yma!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев