Garchi yuzin turfa niqob to‘sganlar:
Alloh yo‘lin qaerdan ham anglasin
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Kashf etganin bilar kim yupiterni,
Zardusht o‘ylab topgan ming asortirni,
Yelka qisgan bilmay Abu Bakrni
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Odillikda "Pyotr bir"ni o‘rnak der,
Ul tarixni yig‘lab-yig‘lab ko‘rmak der,
Umar haqda aytilganni ertak der
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Kimning qaysi shajaradan chiqishi
Unga xushdir, bor erur qiziqishi,
Usmon bilan bir chaqalik yo‘q ishi
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! "Alloh bir", deb tavhid uchun yig‘lamas,
Eng haqiqat yo‘lni ko‘ngli xohlamas,
Yo Ali, deb shirk keltirar har nafas
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Otasiga bemehr-u, toshbag‘ir,
Onasiga bergan joyi hujradir,
Oyisha onam, desang, hayrat ichradir
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Qiyomatni ertak deb bong urgan ham,
Majlislarda Alloh yo‘q deb yurgan ham,
Botil yo‘lni qalbga oshno ko‘rgan ham
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Ularga haq so‘zni aytma, bo‘lmas naf,
Barbir istab ketarlar boshqa taraf,
Ko‘ngling buzar, dinga qarshi tortib saf
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Tinglama bas, yolg‘onga g‘arq so‘zini,
Istama eng og‘ir payt ham yuzini,
Mushkul erur tanishi ham o‘zini
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?! Orzulari bir kun yeldir, tutundir,
Istaklari bir tomoqqa yutumdir,
Qiyomatda jahannamga o‘tindir
Payg‘ambarin tanimayin o‘sganlar?!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев