Yig‘ladilar ham baliqlar, ham ustunlar.
Shul sababdin bu dunyoda kulmadingiz,
Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Hasan Basriy o‘z qavmiga aylar xitob:
"Robbingizga bermoqchisiz qanday javob?"
Sahobalar yo‘lin tutgan eng so‘nggi tob
Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Qozi Shurayh xalifani oddiy bilib,
Hukm qilmish g‘ayridinga foyda qilib,
Yahud qaytmish mo‘minlikka taslim bo‘lib,
Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Bugun o‘zin tarix ichra bilgan tengsiz
Dunyo sizni ustoz desa, arzir har giz,
Siz sababli kashf etildi ilmi hadis,
Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Tavhid ahli uchun eng haq yo‘l ko‘rsatgan
No‘‘mon ibn Sobit bo‘lib din o‘rgatgan,
Sizsiz o‘sha, xalaflarga nur taratgan...
Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Boshiga tosh bossalar-da bo‘lmay taslim,
Ahmad ibn Hanbal kabi buyuk mazlum
"Qur’on - Alloh kalomi", deb chekkan zulm...
Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Islom uchun musibatga berib bardosh,
Sahobiylar baxtin o‘ylab, sajdadan bosh
Ko‘tarmagan to balqquncha sharqdan quyosh,
Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Ostonaga kiritmagan malaylarni,
Nari surgan dunyo-dunyo chiroylarni,
Tor kulbadan haqir ko‘rgan saroylarni...
Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar. Ashoblardan Rasul aytgan rivoyatlar -
Muborakdir, sizga nasib omonatlar...
Omonatga qilmadingiz hiyonatlar,
Alloh rozi bo‘lsin sizdan, tobe’inlar.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев