Shirksiz ahvolingni Rahmon qutqarur.
Olti tarafing ham tuyulsa qafas,
Baytulloh joylashgan tomon qutqarur. To‘plab mol-davlatin, ne bo‘lsa borin
Islom deb xalq ishga solsa-da korin.
Ummatning sharafin, nomus-u, orin
Birgina fidoiy qurbon qutqarur. Qiyomat dahshati - eng ayanchli dam,
U Kunga taraddud ko‘rganlar hurram...
Dunyoning ilmini teshib o‘tsang ham
Shafoati bilan Qur’on qutqarur. Chirkin tarixlardan bezillab yurak
Tinglamoq istaydi yaxshi bir darak.
Bashar yuz o‘girgan o‘tmishni beshak
Payg‘ambar yashagan zamon qutqarur. Qiyomat oldidan o‘zgarar xilqat,
Chunki dunyo uzra ovoza: Diqqat!
Iyso tushgach, sodir bo‘ladi faqat
Yiqilgan yaxshini yomon qutqarur! Aqli borlar ko‘zni katta ochdilar,
Xoyu havaslarni yerga sochdilar.
Eng so‘nggi lahzada baytga qochdilar,
Ularni Nuh kutgan to‘fon qutqarur. Biz shuni istadik, qalbda yo‘q gumon,
Birgina duo-la o‘rnatdik qo‘rg‘on:
"Ixdinas sirotol mustaqiym" debon...
Bu katta balodan to‘g‘on qutqarur. Xolis yashashmoqdan o‘zga bir matlab,
Yo‘q ekan o‘zga bir tariqat, mazhab.
Hammasi ketadi qalbingni g‘ashlab...
Qutqarsa, bir kuni iymon qutqarur.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев