Berar manim ko‘nglimga g‘ashlik.
Zamin bukun qariya kabi
Izlamoqda sarg‘aygan yoshlik. Afsus yoshlik qanchalik olis,
Qancha uzoq olgan bo‘lsa yo‘l.
Bugun zamin shu qadar ma’yus
Ortga qarab cho‘zayotir qo‘l. Ortda qolgan karvonga boqib
Zamin og‘ir nafas olmoqda.
Unga chiqqan odamlar xolin
Ko‘rib bukun hayron qolmoqda. Payg‘ambarlar xitobidagi
"Alloh yakka" degan nidolar
Mushrik qavmga har giz yoqmasdan
Izlab ketmish turli xudolar. Taqdir ekan, har kimsa o‘lmish
Bu dunyoda qolmagay tirik.
Payg‘ambarlar otasi bo‘lmish
Ibrohimning otasi - mushrik. Zamin bugun libosin yechdi,
Bir voqea ketmay hayoldin
Nux Allohni yo‘lida kechdi
Mushrik o‘g‘il, mushrik ayoldin. Taqdir ekan, boqiy savolning
Javobiga nadomat to‘ldi:
Alloh aziz qilgan ayolning
Eri mal’un Fir’avn bo‘ldi. Bu Allohning xohishi ekan,
Ular hadni bosib o‘tishdi:
"Allohdan yot iloh yo‘q" degan
Iysoni ham sherik tutishdi. Zamin yig‘lar, behad alami...
Ko‘rmagandi bunday saboqni:
Muso qaytib kelganda qavmi
Xudo qilib oldi buzoqni. Ohlar urdi oxiri zamin
O’sha kundan qiziqtirmas zeb
So‘nggi rasul amaki uchun
Yig‘laganda iymon ayting deb Ko‘z yoshini ayamay bukun
Erta uchun qilolmay toqat,
Zamin tilga kirib so‘zladi:
"U kun hali bo‘lgaydir dahshat. Qiyomatda mening qozig‘im -
Tog‘lar jundek titilib ketgay.
Odam tushgan kundan to‘plagan
Javharlarim otilib ketgay. Bag‘rimdagi odamlar bari
Tirilgaydir savol-javobga
Alam bo‘lsin, sitamlar bo‘lsin
Endi yo‘qdir iloj savobga. Ustimda ne ro‘y bergan bo‘lsa
O’sha kunda hammasin ko‘rgum.
Yaxshi - yomon ishlarga bir-bir
Men o‘shanda guvohlik bergum, Xafa bo‘lmang, ey, bag‘rimdagi
Odam nasli bo‘lib o‘tganlar.
Qiyomatda turganda afsus
Chekkaysiz siz - iymon yutganlar. U kun endi Allohning amri
Men sizlarni chiqargum ming yil.
Qayta menga joylasholmaysiz,
Endi o‘zga tutilar manzil. Yo jannatni, yoki do‘zaxni
Uyingiz deb bilasiz ul Kun.
Shuning uchun yig‘layotirman
Qalbimda dard biling, shu uchun. Bugun tilga kirgan bo‘lsam mabodo.
Alloh uchun bir nima dedim.
Ajralishdan oldin sizlarga
Bir nasihat qilmoqchi edim...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев