Saodat yo‘liga undadi bizni.
Shayton bu savdoga tiqilib kirgach,
Bugun ko‘ring endi hayotimizni... Bunda na ma’no, na mazmun qoldi, oh,
Ko‘zlarda fitnalar qotib qolmishlar.
Ming yillik chinorlar, malaklar guvoh,
Bizni haqqa undab, tamom tolmishlar. Biz go‘yo osmondan tushgan insonlar,
Misoli ko‘klarda uchgan kabutar.
O’ylaymiz, ertaga Pok Parvardigor
Amallarimizga bermas javoblar. Bugun biz tinmasdan tinglaymiz hadis,
Qur’on oyatlarin o‘qiymiz go‘zal.
Lek Alloh rasuli tashlab ketgan iz
Biror ishimizda ko‘rsatmas asar. Sahobalar uchun aytib ofarin
Shudir deymiz asli eng to‘g‘ri hayot.
Aslida Umarning tutgan yo‘llarin
Qaysidir ertak deb o‘ylaymiz, hayhot. Biz nega shunchalar harobmiz ayting,
Qur’onni hayotga joriy qilolmay.
Agar rostgo‘y bo‘lsak, bo‘lsangiz, qayting
Bu tuban va chirkin tuzumda qolmay. Bugun men, siz va biz - iymonga muhtoj,
Dunyoning safsata yo‘lidan bezib.
Nahot shundan keyin topmasak iloj,
Turfa xil yo‘l tutgan besh qit’a kezib. Agar Alloh yo‘lin sof yo‘l desangiz,
Qur’onni manhaj deb biling hotirjam.
Rasulullohni agar haqqon sevsangiz
U zotning yo‘llarin ushlangiz mahkam. Bugun shu oddiy bir haqiqatni biz
Qalbimiz tubida tan ola bilsak,
Bilingki, dunyoda emasmiz yolg‘iz,
Bilingki, bizda bor eng asl tirgak. Bu Alloh kalomi Qur’ondir shaksiz,
So‘ng Rasuldan qolgan jamiki hadis.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев