Jon bersak-da, uning uchun botib terga.
Oq osmonga tikilgancha yumdik ko‘zni,
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Zor o‘tsak ham oddiygina kulbamizga,
Dunyo zir-zir titrasa-da nag‘mamizga
"Malakul mavt" kelib ketdi hammamizga,
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Bugun sizlar yuribsiz shod, ko‘zda kulgu.
Bo‘yingizdan bo‘y cho‘zgandir ming bir orzu.
Biz ham o‘zni o‘ylar edik go‘yo mangu...
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. O’zimizcha, dunyolarga ustun bo‘ldik,
Fir’avnlar diyoriga maftun bo‘ldik.
Oxir o‘lim changaliga tutqun bo‘ldik,
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Shu zaminda nafas oldik, o‘ynab kulib,
O’zimizni o‘lmaydigan maxluq bilib
Ustida ko‘p zulmlarni odat qilib,
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Kuchlilarning zulmi ila umri taxir
Zaifimiz yig‘lab-yig‘lab o‘tdi og‘ir,
Ba’zimizga ba’zimiz pand berib oxir,
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Oramizda joy izlabon toldi qadr,
Hech kimsaga yor bo‘lolmay o‘tdi sabr,
Iskandar ne, mashrab o‘tgan Mashrab nedir...
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Baxtli bo‘ldi kim yashadi da’vat ila,
Ilm-u dinga xolis turib rag‘bat ila.
Birgalashib, tartib ila, navbat ila
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Tug‘ilgan bor unga o‘lim bo‘ldi nasya.
Hayot o‘n besh daqiqalik go‘zal hadya.
Oramizda birortamiz qolmadi-ya
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Kecha tirik edik, bugun saf-saf o‘lgan
Odamlardan koshki bitta suyak qolgan.
Kim bor yana o‘zni xudo da’vo qilgan?!
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Muso aytgach, Qorunni yer butkul yutdi,
Nuh qavmini to‘fon urdi, la’nat tutdi.
Fir’avndek mal’un dod-voy solib ketdi.
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Ba’zimizga aziz bo‘ldi oddiy dirham.
Ayrimimiz dunyo uchun chekmadi g‘am.
Ketdi hatto Alloh suygan elchilar ham...
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Ba’zimiz shoh qasr qurdik - odamlar lol,
Vale bitta g‘ishti bo‘lsin bo‘lmay halol.
Bugun tandan ruh ayridir, hol bemajol,
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga. Ey tiriklar, bo‘lolmassiz hech muzaffar,
Na tongda-yu na oqshomda va na sahar,
Yozilgandir sizga ham shu qutlug‘ safar
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев