Ko‘chada, metroda, va xatto ishda.
Siz kezib yurasiz yilning har fasli,
Yozda ham o‘shasiz, o‘shasiz qishda... Nikohlab olgansiz go‘yo dunyoni,
Uning lablaridan bo‘sa olasiz.
Zarracha dunyongiz ketsa gar tashlab
Shaytonlab qolasiz, yig‘lab qolasiz. Biz bildik, angladik- dunyo - bevafo,
Siz muncha dunyoga haris bo‘lasiz?!
Hech kimsa fanoda qolmas bebaqo,
Axir siz ham bir kun yig‘lab o‘lasiz... Ayting, yashab-yashab topdingiz nima,
Qanday mavqelarga erishdingiz siz?!
Qiziq, malakul mavt kelgan kechada
Hayotdan xo‘prizo, kerishdingiz siz... Siz o‘zi qandayin odamsiz ayting,
Nimaga bunchalar hotirjamdirsiz?!
Go‘yoki do‘zaxdan ozod etilgan
Qiyomat kuniga nomahramdirsiz?! Yuzingizda kulgu, tabassum bilan
Dunyoni tinmasdan talab qilasiz.
O’lim haqidagi mav’izalarga
Ertak eshitgandek tinmay kulasiz. Jahannam azobi tasvirlanganda
Nahot qalbingizgizni tirnamas hech dard.
Siz yo bir telbasiz, yoki bir dahriy
Va yoki jin chalib o‘zin bilgan mard... Labingiz gezarmas vo ajab aslo
Qabr azobining tasvirlariga,
Bir soniya bo‘lsin oxirat demay,
Tayyorsiz dunyoning tahqirlariga... Payg‘ambar kimligin bilish istamay,
Bir umr yuzingiz buradirsiz siz.
Odamlar bir taraf bo‘lsalar agar,
Dunyoni boshqacha ko‘radirsiz siz. Fisq-u fujur desa, yugurasiz-u,
Azon aytilganda yotib olasiz.
Shaytonlar majlisin boshlaganida
Anjuman avjida paydo bo‘lasiz. Fohishalar haqda tinmay o‘qiysiz,
Ularning rang-barang surati yoqar.
Ko‘nglingiz tubida extimol bir zum
Iymonning eshigin nimadir qoqar... Lek siz mahrumsizki, uni ochishdan
Xatto e’tibor ham qilib qo‘ymaysiz.
Siz shunchalar maraz, shunchalar palid,
Tinmasdan yeysiz-u, aslo to‘ymaysiz. Necha yil xovlingiz masjid oldida,
Azonlar ketidan azonlar yangrar.
Extimol o‘sha payt qalbingiz uchun
Shaytonlar balandroq eshakdek xangrar. Sizga shu xangrashlar qadrdon erur,
Sizga shu aslida mos erur balki,
Endi buyog‘iga umid qolmadi,
Ta’sir etmadi-ku ming bir tarsaki... Siz haqda birovga aytsam ishonmas,
Bunaqa odam yo‘q, degay shubhasiz.
Sizdek bo‘lmoqlikdan so‘raymiz panoh,
Siz o‘zi topilmas noyob nushasiz.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев