Barcha ko‘z uyquga cho‘mgan tunlarda.
Asriy zanjirlarni yelkadan oting
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Bizki, ko‘ngillarni ayladik vayron,
Bugun o‘zimizga o‘zimiz hayron.
Endi qo‘limizda muqaddas Qur’on
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Bizga dars o‘qitmang falsafalardan,
Dunyo bezib bo‘lgan vasvasalardan.
Holimiz telbaviy talvasalardan
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Iymon yo‘lindadir ko‘zimiz nuri,
Allohning so‘ziga qalbimiz to‘ri!
Portladi dunyoning sohta g‘ururi
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Allohga shukrki, Uni bir bildik,
Baytullohga iymon to‘la qalb keldik.
Zino-yu, faxshni zanjirband qildik
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda! Allohim, qo‘limiz Sengadir ochiq:
Garchi ramazondan ko‘nglimizdir to‘q,
Tuzalib olmasak boshqa fursat yo‘q
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев