Ayo do‘stlar, xo‘p shoshilmang osiylar davrasiga,
Bir kun kelib har bir ishin javobi bor dunyoning.
Ayo do‘stlar, yeling tezroq yaxshilar xalqasiga
Ul maskanda har bir onga savobi bor dunyoning. Ayo do‘stlar, ayollarning makri bo‘larmish yomon,
Alardin uzoq bo‘lganning qalbi bo‘larmish omon.
Nomahramlar ichra bo‘lgan har ish bo‘larmish,
Avratin yopib qo‘yingki, hijobi bor dunyoning. Ayo do‘stlar, kibr birlan riyolik durust ishmas,
Kibr qilgan kishi birla Alloh aslo kelishmas.
Qalb ichinda yig‘lanmagan duo haqqiy nolishmas,
Xolis bo‘lmas - qiyomatda azobi bor dunyoning. Ayo do‘stlar, yetimlarga sahiy bo‘lgan mo‘mindir,
Uning qalbi iymon ila to‘liqdir, limmo-limdir.
Bu dunyoga kelgan har bir bosh topgani -
o‘limdir,
Mag‘rurlanmang, yiqilguvsi turobi bor dunyoning. Ayo do‘stlar, bu taqdirga isyon qilmang hech
qachon,
Undagi bor yozuv-chizuv bitilgan qay bir zamon.
Mukofotga loyiq bo‘lib boqing so‘ng manzil
tomon,
O’n besh kunga oy chiqar, so‘ng oftobi bor dunyoning. Ayo do‘stlar, bir kun kelib hamma topgaydir
vafot,
Bevafo yor uchun qayg‘u chekmakdin na bor
najot?!
Yaxshisi, iymonimizni chorlasin boqiy hayot,
Muddat o‘tib imoratin harobi bor dunyoning.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев