Ustunmiz deb dunyoga,
Dorolarning toj-taxti
Sig‘may qolmish sarpoga.
Oqibat-chi, hech kimsa
Yuz tutolmay riyoga, Baralla jar solmishlar
Tugayotganda hayot:
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot! Chingizlarning yalong‘och
Qilichlari ostida
Ne-ne yaloq shoirlar
Aytib o‘tmish qasida,
Insof bo‘lsa qaniydi
Hech qursa bittasida, O’layotgan chog‘ida
Yozardi haq bir bayot:
"Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!" Ne-ne tuzumni ko‘rdik,
Parokandasi chiqqan,
Eng aqlli zotlarin
Zulmat qa’riga tiqqan,
Zolimlar ham oxiri
Bu zulmdan toliqqan Ahvolida dunyoga
Hayqirganmish: "Oh nahot
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot?!" Ha, shundan boshqa yo‘lni
Axtarganlar nodondir,
Ularning buguni bor,
Ertasi pushaymondir,
Ular uchun mahsharda
Manzil o‘zga tomondir, O’ng tomondan kelgani
Nodonlarga erur yot,
Chunki inson uchun yo‘q
islomdan boshqa najot!" Basriyni dor ostiga
Olib kelgan ummat bu,
Hanbalni sudray-sudray
Holdan tolgan ummat bu,
So‘nggi lahzada aniq
Haqni bilgan ummat bu: Tugadi jami ozor,
Bundan katta yo‘q sabot:
"Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!" G’arb dunyoga hukmron
Uxlaganda mo‘minlar,
Dunyo tinmay zavqlandi
Yig‘laganda mo‘minlar,
Ozgina din deb qalbin
Tig‘laganda mo‘minlar Bir shior dunyo uzra
Tinmay qoqqandi qanot:
"Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!" Kim qanday yo‘l o‘ylasin,
Barchasi botil bo‘lgay,
Insoniyat umriga
Aniqki qotil bo‘lgay,
Islom ketsa zamindan
Zulm muqobil bo‘lgay, Yer ustini egallar
Bid’atlar-u xurofot,
Chunki inson uchun yo‘q
Islomdan boshqa najot!!! Aqlin pesh qilib chiqqan
Daholar ham kazzobdir,
Ular tutgan botil yo‘l
Ko‘z o‘ynatgan sarobdir,
Bu g‘o‘r maslakka taqlid
Qilgan odam harobdir, Garchi uning oldida
Mingdan ziyodroq sirot,
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!" Alloh kalomi tinsa,
Demak, hayot bitgaydir,
Dunyoni olib keling,
Undan fayz ham ketgaydir,
Bir manzilga ming yo‘lmas,
Bir to‘g‘ri yo‘l eltgaydir Xulosam shu, azizlar,
O’zni aylamang barbod,
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев