Eng pokiza masdaringda ko‘ngil to‘q.
Sendan o‘zga iloh yo‘qdir, ma’bud yo‘q
Sen barcha aybu nuqsondan pokdirsan,
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Har qandayin kunim sendan, roziman,
Bosh sajdada rixlat qilmoq - tilagim,
Yo‘lingda qon bo‘yalsaydi ko‘ylagim,
Eng chiroyli o‘lim sendan, roziman.
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Bergan ilming menga sharaf, menga shon,
Amalimni shunga loyiq ko‘rsang, bas.
Rahmating-la olmoqdaman ham nafas,
Oxirimni ayla Rabbim, nurafshon.
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Gunohim ko‘p, garchi kamdir savobim,
O’ng tomondan amal daftarim keltir,
Tavhid ahli qatorida tiriltir,
Aks holda ertan chiqar harobim
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Hech yo‘lim yo‘q Sensiz, erkin, mustaqil,
Qullik istab sajdadaman, ey Alloh.
Buyuk arshing soyasida ber panoh,
Payg‘ambaring shafoatin nasib qil,
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Sirot uzra o‘tay omon, osuda,
Yiqilmayin qoq manzilga yetganda,
Rasululloh ila ichay deganda
To‘siq qo‘yma Havzi Kavsar oldida
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im. Qayta turar soatimni oson qil,
G’arib - miskin holatimni bilasan,
Eng muqaddas niyatimni bilasan:
Parvardigor, huzuringga mehmon qil
Azal, oxir barchasidan Oliyim,
To‘g‘ri yo‘lda bergin mening tole’im.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев