Oxir chirkin dunyolardan ham to‘ydim,
Ko‘z yoshima arzimas ekan dunyo...
Parvardigor, sajdangdaman, bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim... Odamlarin ko‘rdim insof qilmagan,
Saning uyinga bir marta kelmagan,
Hech bo‘lmasa Haq kalimang bilmagan...
Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim... Bu shundayin huzur erur, xush xuzur,
Hech kimsaga bu yo‘llarda yo‘q uzr,
Qalbim bugun hotirjamlik istayur,
Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim... Qochdim so‘ngi ko‘rinmas zulmatlardan
Bezdim riyo aralash himmatlardan,
Yuzim ochib qaro-qum chimmatlardan
Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim... Ko‘zim ko‘rmas minglab boqar qoroko‘z,
Atrofimda jaranglar ming jilo so‘z,
Taxtdan tushdim, yuztubanlik menga do‘st,
Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim... Baytingdaman, demak qalbi obodman,
Boshqa yo‘lda aniqki xor, barbodman.
Senga qulman, demak haqqiy Ozodman,
Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев