G’arbdan chiqib Sharqqa botar qara, Quyosh.
Ilm sharqdan bo‘y taratib qochdi g‘arbga,
Ul ilmni ortga qaytar, ey vatandosh! Ilm ketdi mo‘minlarni zor yig‘latib,
Ma’no qolmay, mavridi yo‘q xitoblarda.
Farzlar qolib sunnatlarni taxlil etib,
Abo Muslim jangi qoldi kitoblarda! Namozlarning rakatlari xususida
Tortishuvlar paydo bo‘ldi necha-necha.
Oxir borib madrasada o‘qiguvchi
Ko‘rgan ilmi bo‘ldi o‘sha "ming bir kecha". Fasod to‘la to‘qilgan ne rivoyatlar
Odamlarning e’tiqodin harob etmish.
Ilmsiz xalq eshoni-yu, piri uchun
Nazr qilib, shirk yo‘llarni tutib ketmish. Taraqqiyot, dunyo qolib, telbalarcha
Darvesh holin o‘zlariga qilib kasb-kor.
Mana shuni odamlarga islom debon
Ko‘rsatganlar oramizda to hanuz bor. Tog‘-u toshlar bizning hayot, deganlarning
Avlodlari qanday qilib ustun bo‘lsin?!
Haqqiy islom bayrog‘ini qo‘lda tutgan
G’arbliklarga omad kulmay, kimga kulsin?! Taraqqiyot deganini dorga osgan
Olomonning kuni bir kun kelib bitmish,
Axir, qara, o‘n yettinchi asr uzra
Esgan shamol qaysi yurtni tashlab ketmish, O’zdan chiqar sadaqalar unut bo‘lib,
Xo‘p berilgan o‘zga tutgan ikromlarga
Yonidagi mushrik qolib, mo‘minlarning
Mustahabi muhim bo‘lmish imomlarga. Na dunyoviy ishlarida bor ijobat,
Na Allohdan nusrat kelar bu ummatga.
Chunki uning asl holi faqatgina
Ilm bilan yetar haqqiy kamolotga. G’arb dinidan yuz o‘girdi, rivojlandi,
Chunki uning dini asli edi botil.
Bugun sharqning holatiga eng aybdor
O’z dinini tushunmagan omi johil. Mo‘min dini haqdir, Alloh kalomi haq,
Usiz sharqning ahvoli xor, tuban erur.
Taraqqiyot osmoniga bizni faqat
Bizni tashlab ketgan ilm eltib berur. Shuning uchun farzandlarga ilm berib,
Olimlarni chiqaraylik o‘lkamizdan.
Shundagina insha Alloh katta yukni
Tashlagaymiz gunoh bosgan yelkamizdan.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев