Asalari gulzorga borib, hartumlari bilan gullar nektarini olish vaqtida qanotlari orqali gul changlarini uchiradi, uchgan gul changlari asalarini mahsus tukchalariga qo'nadi. Asalari gul changlarini oldi oyoqlari bilan to'plab orqa oyoqlaridagi savtchalarga soladi. In kataklariga kelgach avval lichinkalarini tashlaydi, lichinka ustiga gul changini, uning ustiga asal qo'yadi, keyin mum bilan berkitadi. Gul changi bilan ozuqalanga asalari lichinkasi bor yo'g'i 4-5 kundan so'ng yetuk ariga aylanadi.Gul changi o'rganilganda shu narsa malum bo'ldiki, uning tarkibida inson organizimida ishlab chiqariladigan ko'plab gormonlarning oraliq mahsulotlari mavjud ekan. Shuning uchun gul changi gormonlar ishlab chiqarishda katta ta`sirga ega. Inson organizimida qaysidir gormon ishlab chiqailishi kuchayib ketgan bo'lsa, ularni kamaytiradi yoki, aksincha, qaysi gormon kam ishlab chiqarilsa, bu jarayonni rivojlantiradi. masalan, gul changini chala tug'ilgan chaqaloqqa (7 oylik) berishni boshlasangiz, 2 oyda 9 oylik bolaga yetib oladi. Yoku balog'at yetgan-u, lekin ikkilamchi belgilari rivojlanmagan o'smirga bersangiz, uni voyaga yetkazadi. Bo'y o'stirishda ham gul changining ahamiyati katta.
Shuningdek, farzand erkak va ayollarda gul chngi kerakli gormonlarni ishlatib yuboradi. Yana qalqonsimon bez, oshqozon osti bezi, ichki sekresiya bezlari buzilganda gul changi qo'llansa, yaxshi natijalarga erishiladi.
Afg'onistonlik olimlar nir qishloqda gul changi iste`mol qiladigan aholini uchratishdi. Ularni tekshirib o'rganishganida hech qysisida kamqonlik kuzatilmagan. Keyin olimlar 90 ta kamqonlik bilan og'rign bemorni tajriba uchun tanlab oldilar. Ularni 2 guruhga ajratib, birini dorixona dorilari bilan ikkinchi guruhdgilarni esa faqat gul changi bilan davolashdi, Oradan 3 oy o'tgach ikki guruhdagi bemorlarda ham kamqonlik belgilari yo'qoldi. Olimlar kuzatuvni davom ettirdilar. 4-5 oydan so'ng dorilar bilan davolangan guruhdagi bemorlarda yana kamqonlik belgilari ko'rindi. Gul changi iste`mol qilgan bemorlarda esa 9-11-oyga borgach, kasallik belgilari namoyon bo'la boshladi... Perga (Gul changi) haqida 3-qisim
Shunday qilib, kasalliklarda kul changidan keng foydalanish mumkin. Bugun ko'pchilikda uchraydigan qandli diabet, semirish va uning oqibatida kelib chiqadigan qon bosimi oshishi kasalliklari periferik qon tomirlarida, ya`ni qo'l-oyoqlarda qon aylanishini buzadi, miroserkulatsiya izdan chiqadi oqibatda ko'zning ko'rish kuvvati yo'qoladi. Bunday bemorlar gul changi iste`mol qilishsa , ulardan kelib chiqadigan asoratlar yo'qola boradi.
Gul chanchi yana jigarlardagi gipotasidlarni tiklaydi. Aynan Jigar sirrozi, surunkali gepotit, surunkali jigar kasalliklari bilan og'rigan bemorlarga gul changi samarali foyda qiladi. Shuningdek, qorataloq qotishi va shishishi ham bartaraf bo'ladi.
Tajribada gul changi ichak kasalliklarini yo'qotar ekan, shu bilan birga buyurak hastaliklarini ham bartaraf etganini ko'rasiz. U qandli diabet va gipertoniya kasalligiga uchragan bemorlarda periferik qon aylanishi buzilishi oqibatida paydo bo'lgan yiringli kasalliklarni ham davolaydi.
Gul changi va asal aralashmasi ajoyib malham bo'ladi. Uni farzand ko'rishga to'sqinlik qiladigan to'rch infeksiya, ya`ni toksoplazmada qabul qilinsa, qonda infeksiyalar miqdori kamayadi. Malumki, Bu veruslarning ko'payib ketishi homilaning nobut bo'lishiga sabab bo'ladi.
"ASAL MING DARDGA DAVO" kitobidan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12