EKO degani oddiy qilib aytganda
sun'iy urug'lantirishdir. Bu usul
1978 yildan beri dunyoda samarali
qo'llanib kelib, minglar bepusht
oilalarga farzand baxtini ulashib
kelmoqda.
EKO ruscha "ekstrakorporalnoye
oplodotvoreniye" atamasining
qisqartmasi. Uning ma'nosi
shundaki, urug'lanish ayol
organizmida emas, balki
tashqi muhitda sun'iy ravishda
amalga oshirilib, hosil bo'lgan
embrion esa bir necha kundan
so'ng ayol bachadoniga sun'iy
kiritiladi.
Buning uchun ayol tuxumdoni kuchli
stimulyatsiya qilinadi. Natijada
tuxum hujayralariga ega bir necha
follikula yetilib chiqadi. Shifokor
tuxumdonini tashqaridan maxsus
igna orqali punksiya qilib yetilgan
tuxum hujayralarini chiqarib oladi.
Bu tuxum hujayralari erkak
spermatozoidlari bilan maxsus
probirkada urug'lantiriladi. Agar
erkak spermatozoidlarining sifati
past bo'lsa, IKSI uslubi yordamida
spermatozoidning urug'lantirish
qobiliyatiga ega bo'lgani ajratilib
olinadi, agar urug'lantirish
qobiliyatiga ega bo'lmasa unda
donor spermasidan foydalaniladi.
Probirkada urug'langan tuxum
hujayrasi bir necha kun davomida
bo'linish natijasida embrionga
aylanadi. Shundan so'ng embrion
ayol bachadoniga maxsus yo'l bilan
kiritiladi va embrion o'z
rivojlanishini bachadonda oddiy
homiladorlik singari davom etadi.
Sun'iy urug'lantirish bepushtlikning
qaysi holatlarida qo'l kelishi
mumkin?
1. Ayolning ikkala bachadon
yo'llarining yo'qligi yoki ularning
o'tkazuvchanligi juda pastligi;
2. Erkak bepushtligi
(spermatozoidlarning sifatsizligi);
3. Bepushtlikni davolashning boshqa
yo'llari 10 yildan ortiq samarasiz
bo'lganligi;
4. Bepushtlikning sababi noaniq
ekanligi.
Erkakning spermatozoidlari umuman
urug'lantirish xususiyatiga ega
bo'lmagan hollarda spermatozoidlar
bazasidan donor spermasidan
foydalaniladi.
Sun'iy urug'lantirishning natijasi
qanday?
Suniy urug'lantirishdan homilador
bo'lish imkoniyati yaxshi, lekin
bunday homiladorlikni saqlab qolish
ko'p faktorlarga bog'liq:
- er-xotinning umumiy salomatligi;
- er-xotin yoshi (qanchalik yosh
bo'lsa, shunchalik homiladorlik
saqlanish ehtimoli katta);
- sun'iy yetilgan embrionning sifati;
- to'g'ri belgilangan va amalga
oshirilgan muolaja va boshqa
faktorlar.
Bir marta sun'iy urug'lantirish
natijasida homiladorlik yuz
bermagani hech narsani bildirmaydi.
Xuddi oddiy homiladorlik singari
sun'iy homiladorlik urunishlari ham
bir necha bor takrorlanib bola
tug'ilish ehtimoli bor.
Sun'iy urug'lantirish muolajasi
o'rtacha necha pul turadi?
Sun'iy urug'lantirish muolajasining
narxi har xil mamlakatda
turlichadir. Statistik ma'lumotlarga
qaraganda o'rtacha 5000 AQSH
dollaridan 10000 AQSH dollarigacha
tashkil qiladi. Undan tashqari
samolyot, yashash va dori-darmon
xarajatlarini ham inobatga olish
lozim.
Sun'iy urug'lantirish quyidagi
bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqich
Er-xotin to'liq diagnostika qilinib,
sun'iy urug'lantirish dasturi
belgilanadi. Dastur ichida undan
keyin amalga oshiriladigan
homiladorlikni olib borish tizimi ham
aniq ko'rsatiladi.
2-bosqich
Er-xotinni sun'iy urug'lanish
muolajasiga ruhan va jismonan
tayyorlash: ayol organizmidagi
gormonal o'zgarishlarni tuzatish,
spermatozoidlar sifatini oshirish,
infeksiyalarni davolash va hokazo.
3-bosqich
Ovulyatsiyani stimulyatsiya qilish
(kuchaytirish), Ultra tovushli
diagnostika orqali kuzatish (10-30
kun davomida).
4-bosqich
Sun'iy urug'lantirishni amalga
oshirishdan oldin tuxum hujayrasini
to'liq rivojlantirish maqsadida
ayolga HCHG (maxsus suyuqlik)
kiritiladi.
5-bosqich
Tuxum hujayralari ayol
tuxumdonidan maxsus igna
yordamida olib chiqariladi, erkak
spermasi topshiriladi. Tuxum
hujayralari probirkada
spermatozoidlar bilan sun'iy
urug'lantiriladi (1 kun).
6-bosqich
Embrion rivojlanishi kuzatiladi (2-5
kun).
7-bosqich
Embrion ayol bachadoniga sun'iy
kiritiladi. Qolgan embrionlar har
ehtimolga qarshi muzlatib qo'yiladi
(1 kun).
8-bosqich
Sun'iy urug'lantirish natijasida
vujudga kelgan homiladorlikning ilk
davrida qo'shimcha gormonlar
ichiladi (homiladorlikning 10-14
haftasigacha).
9-bosqich
Homiladorlikni aniqlash, test
o'tkazish (sun'iy urug'lantirishdan
so'ng 2 hafta o'tgach).
10-bosqich
UTD diagnostikasi (sun'iy
urug'lantirishdan so'ng 3 hafta
o'tgach).
11-bosqich
Homiladorlikni olib borish (oddiy
homiladorlikdan ko'ra ko'proq
e'tibor va mas'uliyat talab etiladi).
12-bosqich
Tug'ish jarayoni.
Sun'iy urug'lantirishda ayol
tuxumdoni stimulyatsiya qilinib, bir
nechta tuxumdon vujudga kelishi
natijasida, egizaklar tug'ilish
ehtimoli katta.
Бу услубни ,яьни ЭКОни турли номлар билан номланмоқда. Баъзилар «найча усули» деса, бошқалар, «найча боласи» дейди. Нима бўлганда ҳам уруғликни олдин найчага урчитиб олишга ишора бор. Ҳаммамизга маълумки, бу усуллар мусулон бўлмаган юртларда, мусулмон бўлмаган одамлар томонидан йўлга қўйилди. Шу билан бирга бу ишдан мусулмонлар ҳам фойдаланса бўладими?, деган савол ҳам пайдо бўлди. Ҳа, мусулмонлар, ҳар бир нарсани қабул этиш, жорий қилишдан олдин ўйлаб кўрадилар. Ўз динларида ҳам мумкинми сўраб суриштирадилар. Бундай саволларга эса, уламоларииз жавоб берадилар.
Албатта, Қуръони Карим ва Пайғамбаримиз саллоллоҳу алайҳи васалламнинг суннати мутаҳҳараларига суяниб жавоб берадилар. Уламолариизнинг бу саволга жавоблари бир хил, бу услублардан мусулмонлар фойдалансалар бўлади. Аммо, асосий шарт ҳам сунъий урчитишда, ҳам найчада урчитиб сўнгра бачадонга қўйишда уруғлик аёлнинг ўзининг шаръий, жуфт ҳалоли, эридан олинган бўлиши лозим. Бегона эркакдан олинган бўлса зино ўрнида бўлади. Зотан, зинонинг ҳаром қилиниши, никоҳнинг йўлга қўйилишидан асосий мақсадлардан бири ҳам инсон наслини поклигини, аралашиб кетмаслигини сақлашдир. Шунинг учун ҳам, бегона эркакнинг уруғини муслима аёл бачадонига киритиш, Ислом шариати қоидаларига мутлоқо тўғри келмайди. Бу ҳукмни асрмиз мусулмон уламоларининг ҳаммалари иттифоқ қилиб айтишган.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1