Oylar bo'ldi sizni qo'ydik tuproqqa,
Sizni o'ylab qancha bedor tun o'tdi,
Arzirdingiz bundan ko'pka, ko'proqqa,
Ortingizdan "EXSON OSH"lar qilindi,
ISLOM OTA o'rningiz ko'p bilindi.
Tilovatlar, iltijo ham duolar,
Ortingizdan kimlar otdi toshini,
Kimlar sizga qildi soxta muolar,
Ammo kimlar yashirdi ko'z yoshini,
"O'TDI" - degan kuni bag'rim shilindi,
ISLOM OTA o'rningiz ko'p bilindi.
Biz yoshlarni "FARZANDIM"- deb o'tdingiz,
Kimlar yana qildi ko'p-ko'p dashnomlar,
Indamasdan hammasini yutdingiz,
Yana tug'ilarmi sizday "ISLOM"lar?
Yuzlaringiz eslab qalbim tilindi,
ISLOM OTA o'rningiz ko'p bilindi.
Shogirdingiz o'tdi taxtga ko'ngil to'q,
Nomzodlar ham arzir edi, kam emas,
Ammo bitta taxtda to'rtda o'rin yo'q,
Shuning uchun ular bunda jam emas,
Xalq ham taxtni faqat unga ilindi,
ISLOM OTA o'rningiz ko'p bilindi.
Tushimmi deb chimchiladim o'zim xo'b,
Sizsiz o'tkazsaga paxta terimni?,
Ox OTAJON aytay desam gapim ko'p,
Ammo tugatmog'im kerak she'rimni,
Shu so'ngi she'r qalam mixga ilindi,
ISLOM OTA o'rningiz ko'p bilindi.
Ne ajabki Shogirdligin oqlasa,
Biz ham sira yiqilmaymiz, so'lmaymiz,
Va'da berdi deya "Xudo xoxlasa!",
Xechkimdan kam bo'lmaganmiz bo'lmaymiz!
Xozir Xalqqa ko'p e'tibor qilindi,
ISLOM OTA o'ringiz ko'p bilindi.
Kimlar sizni "O'lgan" - deydi. Kulaman!
To'g'ri!
Tanangizla endi bo'lmaysiz,
Bir narsani ammo aniq bilaman,
Bizning Yurak o'lmaguncha o'lmaysiz!
ISLOM BOBO O'RNINGIZ KO'P BILINDI...
Abdurahmon Majidov (ABU)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 195