Kimdir seni sir tutadi O`tda
yonar pinhona. Kimlarga sen kulib
boqding Tepkilaydi mastona. Kimlar uchun
osmondasan Sig`inadi devona. Anglolmadik to
abad, Anglolmaymiz to abad. Xom sut emgan bandamiz,
O`zing kechir, MUHABBAT!!! Darhaqiqat,
kimlarnidir tahsin o`qishga, kimnidir pinhona
o`tda yonishga,
yana ba`zilarni sig`inishga majbur qilgan sehrli
kuch- MUHABBATdan kechirim so`rashdan avval keling
uni
anglashga, uning quvonchu armonlarga to`la
ko`chalariga nazar solib ko`rishga harakat
qilamiz.
Menimcha, MUHABBAT-bu hayotni yangicha, o`zgacha talqin etishga yordam beribgina
qolmay,
balki majbur qiladigan ilohiy tuyg`udir. Hayotning
bu
ko`rinishdagi talqini esa orzu-umidlarni, baxtni,
quvonchu shodlikni, visolning shirin onlarinigina emas, shu bilan birga ayriliqning achchiq
damlariyu
hijronning o`tli azoblarini totib ko`rishga
muyassar etadi. MUHABBAT shunday ilohiy
baxtki, u faqatgina
Allohning suygan bandalariga inom etiladi. Sevgi goh
shirin, goh achchiq, Goh orzu umidlardan,
baxtdan,
yuraging yorilguday quvonchdan yayratadi. Goh
sog`inch azoblarining alamidan, rashkdan
boshingni qayga urishni bilolmay garang bo`lasan. Sevgi
shunday tuyg`uki hatto azoblari ham lazzatli
shirin
tuyuladi haqiqiy oshiq uchun!!! Ko`pincha qo`lga
qalam tutishga majbur qiladigan narsa
MUHABBAT emas, balki MUHABBAT armoni bo`lsa kerak deb
uylayman. Chunki oshiqlar birga ekan, ularning
barcha quvonchu hasratlari ham o`rtada baham
ko`riladi. Ammo MUHABBAT armonga aylanib,
ishq
bog`ida bulbulnng dardin tinglaguvchi atirgulidan, xa,
yagona atirgulidan ayirsalar bormi, u endi hatto
chaman-chaman gullar ochilgan gulzorda ham
yolg`iz
qolar, endi uning yagona guli o`rnini hech bir
boshqasi egallay olmaydi. Inson ham xuddi shunday. Sen
uni unutmoqchi bo`lasanu, lekin u haqdagi
xayollaru
shirin-shirin xotiralar bunga yo`l qo`ymaydi.
Qadrini
yo`qotmaslik maqsadida dengiz ostidagi marvariddek
yuraging tubida mahkam asraganing-beizhor
yoki
allaqachon izhor etilgan MUHABBATing endi
hijronu
armonning mungli dardlarini ham noilojgina o`z bag`riga joylaydi. endi xayollar qayda ekani ham
senga qorong`u. Senga faqat ishq qalblari o`zra
shirin
xotiralaru, tim qaro ko`zlarga termulishga
ulgurolmagan o`tkir nigohlar qoldi xolos. endi sen
yuragingga sig`may toshib ketayotgan dardlaringni
kimga aytishga ham xayron bo`lasanu, birgina
qog`ozu qalam senga hamroxligini tushunib
etgan
chog`ing o`tli satrlar bitishga kirishasan. Zora
darding shu satrlarga ko`chib engil tortsa: Endi sizga
etmas
qo`lim, Ketdingiz siz mendan o`zoq. Peshona deb
qoldim netay, Taqdir bizni etdi yiroq. Qorong`udir
qayda xayol, Yo`ldosh bo`ldi menga firoq. Utar
kunim hijronlarda Sizsiz endi yashay qandoq? Nechun bizni
ayirdilar Yo`llarimiz endi so`qmoq. Nahot endi
armon
bo`lsa Sizga to`yib- to`yib boqmoq. Endi sizga
etmas
qo`lim, Taqdir bizni etdi yiroq. Endi o`zga choram yo`qdir Ishim-sizga baxt tilamoq. endi sen
faqatgina
BAXT tilaysan unga, uzun bedor tunlar o`zra oyga
termulib. Oyga termulasanu, beixtiyor oy senga
sevgiling nigohlari ham unga termulib
turganligini shivirlayotganday bo`ladi. Shunda u bilan
dardlashging, yuragingni unga to`kib solging
keladiyu,
afsuski endi buning iloji yo`q. endi u o`zga bir
insonning yurak dardlarini tinglayotgandir,
balkim. Ko`zing osmon o`zra armonlar zarbidan har yoqqa
sochilib, sening kabi unsizgina ngrab, xiralashib
borayotgan yulduzlardayu, qalbing esa davosi
yo`q
yurak dardiga darmon axtaradi, armonli
qo`shiqlardan. Lekin endi sadolari ostida uni o`ylaydigan
qo`shiqlarni
eshitsang yuraklaring orqaga tortib ketadi.
Avvallari sen uni shirin xayollar og`ushida
o`ylasang, endi esa
qalbingning qaysidir bir chekkasida alam bilan xotirlaysan. Bazilar baxtli bo`lish uchun birga
bo`lish
shart emas deb o`ylaydilar. Ammo, menimcha,
qachonki sevgiling bilan birga bo`lsanggina baxtli
bo`lishing mumkin. Usiz baxting kemtik bo`lib
qoladi. Hatto eng baxtli kuningda ham yuragingning bir
chetida uchmaygina qalbing o`zra shirin
xotiralarning
achchiq azobi girdobida nido o`rayotgan o`sha
bevafo
yodi yuragingni tirnab utadi. Endi senga birgina narsa
taskin berishi mumkin, u ham bo`lsa, uning baxtli,
sog`-salomat, omon ekanligi. Bora-bora bu
taskinlar sening unga bo`lgan tilaklaringga
aylanadi : Mayli,
yod etmagin meni bir bora, Sendan menga mayli kelmasin bir sas. Mayli, sen unutgin mening
ismimni,
Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas. Boshing
toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda, Lek yurak
toshligi
tilagim emas. Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar, Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas. Bilmam
senga etmoq bo`larmi nasib, Balki sen bo`larsan
armon yo havas. Agarda orzuing ushalsa mensiz,
Menga armonliging unutmasang bas. MUHABBAT
-
ilohiy tuyg`u ekanligini bilsamda, u haqda qalam tebratishga haqli yoki haqsiz ekanligimni
bilmagan holda, MUHABBAT yurtiga mezbon
emas
mehmongina bo`lgan bir inson qalbidagi so`zlarni
tinglash siz azizlar uchun zerikarli yoki aksincha
kechganligi sirligi ostida MUHABBAT haqida shaxsiy
fikrimning intihosida keltirishni joiz topganim -
eng
sevimli she`rim ohangida sizlarnng e`tiboringizga
va sabringizga tashakkurlik izhor etgan chog`im
bu dunyodagi barcha sevgan va sevilgan qalblarga
baxt
va sadoqat qolaversa armonsiz MUHABBAT tilab
qolaman. Men sizni sevardim, sevgim, ehtimol,
Qalbimda butunlay so`nmagan hali. Sevgim endi
sizga kelmasin malol Haddim yo`qdir sizni xafa qilgali. Goho chuchib, goho rashk qilib men Sevar
edim so`zsiz, umidsiz. Har kishi sevsa ham, men
kabi sevsin, Chin yurakdan samimiy, cheksiz.
Qurib
qoldi ko`zda yoshim, Yurak to`lsa yig`lolmayman.
Hijronga etmas bardoshim, Shodlikka dil bog`lolmayman. Qafasdagi qushcha misol,
Yoningga hech borolmayman Suvdek oqib ketdi
visol,
Tushimda ham ko`rolmayman. Olis yulduz
bo`lding
ko`kda, Yakin turib etolmayman. Dardimni tangrimdan
o`zga, Hech kimsaga aytolmayman. ey bevafo, bu
qilmishing, Ne deb atay bilolmayman. Hushim
yo`qdir
baxt tilashga, Baxtsizlik ham tilolmayman.
MUHABBATdan kechib ketding, Men-chi bunday etolmayman. Bir umrga armon bo`lgan
MUHABBATdan ketolmayman. Ko`ngil yig`layotir
yomg`irdek ezib, Yurakdan tukilar dardlarim
sizib,
Halovatning sokin uylarin bo`zib, Ketgim kelar
lekin bilmam qayoqqa!!! Xayol bo`lib hayotingdan
ketmadim jonim, Quyosh bo`lib ko`zlaringga
botmadim jonim, Hajring bilan zafarondir oy
yuzim,
Bu dunyoda sendan o`zgani topmadim.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев