
bo’lsang gar, Qorning
to’ymasidan taomga to’ygil. Gullarni
hidlashdan to’xta birodar, Qabr kavlashni
ham o’rganib qo’ygil! Ajal o’qi aniq, bir kun
yetgusi, Shoshmasdan, xotirjam halok
etgusi, Otang bor, onang bor – ertan
ketgusi… Qabr kavlashni ham o’rganib
qo’ygil! Bitgan gulzorlaring so’lar ertaga,
Umr kosasi ham to’lar ertaga, Baland
minoralar qular ertaga, Qabr kavlashni ham
o’rganib qo’ygil! Birov horma demas,
tolsang yugurib, Yordam ham berolmas
ahvoling ko’rib, Mard bo’l- da, o’rningdan
bir sapchib turib, Qabr kavlashni ham
o’rganib qo’ygil! Mayli, ko’chat ekkin ertani
ko’zlab, Mayli hosilin ham totgil yolg’izlab,
Lek qolmayin desang qabrda bo’zlab, Qabr
kavlashni ham o’rganib qo’ygil! Ko’rding,
dosh berolmas, ming- minglab tuzum. Bir
shamol uchirdi barisin yuzin. Elga suv
chiqargan mahaling bir zum. Qabr kavlashni
ham o’rganib qo’ygil! Duolar tilagan
qo’llaring ila, Elaklar elagan qo’llaring ila,
Ayoling silagan qo’llaring ila Qabr kavlashni
ham o’rganib qo’ygil! Otan yer chopganda,
qarashib yubor Uning yuragidan yo’qolsin
g’ubor. Shunda ham birodar aytaman
takror Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2