
Ikki chashming – ikkita irmoq bo‘ladi,
Kiprigingdan dilda mavj – titroq bo‘ladi,
O‘shanda ham bitta man dengiz
bo‘laman. Bir kun kelib, barmoqlaring shox bo‘ladi,
Tirnoqlaring bittadan yaproq bo‘ladi,
Besamar bosh qo‘yganim – tuproq
bo‘ladi,
O‘shanda ham bitta man ildiz bo‘laman. Bir kun kelib, chor atrof chorbog‘ bo‘ladi,
Oyday to‘lib, olmalaring oq bo‘ladi,
Devoringga epkin urgan – oh bo‘ladi,
O‘shanda ham bitta man olis bo‘laman. Bir kun kelib, ayriliq adog‘ bo‘ladi,
Tog‘ni quchib, ko‘zyosh to‘kkan – tog‘
bo‘ladi.
Sening umring dunyodan uzoq bo‘ladi,
O‘shanda ham bitta man yolg‘iz
bo‘laman.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев