Hech qachon meniki
bo'lmagan ekan,
O'zimdan tonib ham sevib yurganim,
Shunchaki havasga bog'lagan ekan,
Sevgi deb yonganim, yonib
kuyganim.
Hech qachon men uchun kulmagan
ekan,
Soxta tabassumdan baxtga to'libman,
Ko'zlari, hattoki, aldagan ekan,
Men esa savdoyi oshiq bo'libman.
Hech qachon xayol ham etmagan
ekan,
Xayolan u bilan birga yuribman,
Tunlarda hattoki beorom, bexush,
Ahdi yolg'on haqda xayol suribman.
Hech qachon qaytishim kutmagan
ekan,
Kutib qolmasin deb qushdek
yelibman,
Bilmagan ekanman o'sha damlarda,
Men o'z armonimni izlab kelibman.
Hech qachon tashlab ham ketmagan
meni,
Yurakka suratin chizib ketibdi,
Ko'nglim daftarining oq qog'oziga,
Ismini muhrl