bo'lmagan ekan,
O'zimdan tonib ham sevib yurganim,
Shunchaki havasga bog'lagan ekan,
Sevgi deb yonganim, yonib
kuyganim.
Hech qachon men uchun kulmagan
ekan,
Soxta tabassumdan baxtga to'libman,
Ko'zlari, hattoki, aldagan ekan,
Men esa savdoyi oshiq bo'libman.
Hech qachon xayol ham etmagan
ekan,
Xayolan u bilan birga yuribman,
Tunlarda hattoki beorom, bexush,
Ahdi yolg'on haqda xayol suribman.
Hech qachon qaytishim kutmagan
ekan,
Kutib qolmasin deb qushdek
yelibman,
Bilmagan ekanman o'sha damlarda,
Men o'z armonimni izlab kelibman.
Hech qachon tashlab ham ketmagan
meni,
Yurakka suratin chizib ketibdi,
Ko'nglim daftarining oq qog'oziga,
Ismini muhrlab, bitib ketibdi.
Hech qachon men uni
unutolmayman,
Bir kun u ham meni izlab keladi,
Sevgining eng shirin azobin tuyib,
Qaytib keladiyu lek kech bo'ladi.
Hech qachon kulmang siz oshiq
holiga,
Aslida sevarkan eng baxtli inson,
Balki qalbingizda bordir shunday his,
Demak bor eng baxtli bo'lmoqqa
imkon
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев