😢😢
Uzun yo'lni ko'z yosh bilan yuvdi o'zbek.
Bu qayg'uli kunlar o'tar endi yildek.
Shodlik sig'mas yuraklarga hatto qildek...
Topolmaymiz endi o'zbek otasini...
Bizga kulib boqqan ko'zin qorasini...
Siz edingiz xalq deb ko'ksi qalqonginam.
Ishonchimiz siz edingiz qorg'onginam .
Ortingizdan daryo bo'ldi ko'zyoshginam.
Topolmaymiz endi o'zbek otasini...
Bizga kulib boqqan ko'zin qorasini...
Siz aytganday ozod obod vatan qoldi.
Shu vatanga yetmoqgacha bag'riz yondi
O'zbekiston faqat sizga ishondi.
Topolmaymiz endi o'zbek o'zbek otasini.
Bizga kulib boqqan ko'zin qorasini...
Yig'lab yig'lab aytajakmiz tilovatlar.
Ayriliqqa qilmoq qiyindur toqatlar.
Sizla ketdi yurakdagi halovatlar.
Topolmaymiz endi o'zbek otasini.
Bizga kulib boqqan ko'zin qorasini. . .
Ruhingizga aytajakmiz biz bir qasam.
Ozodlikni qo'ldan bermaymiz hech ham.
Siz shod bo'ling garchi közlarimiz nam.
Topolmaymiz endi o'zbek otasini.
Bizga kulib boqqan ko'zin qorasini. . .
М дж
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3