Yigit
va qiz bu
haqda köp
bahslashishardi.
Aslida ularning har birining
yuraklarida ikkisiga ham yetgudek bir dunyo sevgilari bor edi. Kim köproq
sevishini esa
nigohlar hal qilib berardi doim.
Sevgiga töla közlar bir- birlariga
uzoq termulardi.
Yigit har safar g'olib chiqardi. "Kördingmi, kim köproq sevarkan", -
derdi u
qizga. Qiz hech qachon mag'lub
bölganidan xafa
bölmasdi. "Seni kimdir shunday
seva olsa, ehtimol baxt degani shu bölsa kerak" - öylardi u.
Ha, olamda sevgidan ulug'vor
tuyg'u bölmasa kerak. Lekin
shu olamning yana bir qat'iy
qonuni bor: sevgi faqat 2
qalbga tegishli böladi, özgalar uchun esa u mavhum,
boshqacha aytganda,
ahamiyatsiz. Yigit
bilan qizning sevgisini ham
özlaridan boshqa hech kim
anglay olishmadi. Ota-onalar bu munosabatlarga qarshi chiqdilar. Yigit ham, qiz
ham ularning amriga
qarshi chiqmaydigan
darajada qobil farzand edilar.
Endi baxt töla nigohlarni ma'yuslik
egalladi. Ular bahslashadigan savol ham
özgardi. Ularda faqat bir ma'noni
uqish mumkin edi:
"Endi nima qilish kerak?" Ularning qalblarida
asrayotgan sevgilari köl suvidek
sokin va shaffof bölishi bilan birga töfondek
qudratga ham ega edi. Ular
bu dunyoda bölmasa, u dunyoda baribir birga
bölamiz deb,
ishonardilar.
Shuning uchun ham har ikkisi sevgisi uchun jonini
qurbon qilishdanda
chöchimasdilar. Ularning ahd-u paymonlari
shunday
böldi: "Biz birga ölamiz..."
Ular sönggi bor bir- birlariga termuldilar. Qiz yig'ladi...
yigit xörsindi... Keyin har biri öz
yöliga ketdilar... Qiz sirtmoqqa böynini suqar
ekan, közlarini yumdi.
Közida yosh, tanida titroq, keyin
esa og'riq... Yigit ham közlarini yumdi.... Lekin
uning taqdiri bunday ölimni
istamadi. Közlarini
ochganida qoshida ota- onasini
kördi...
Bir necha kun og'ir yotgan yigit nihoyat qizning qabriga
keldi.
Endi u bir vaqtlar dunyodagi eng
gözal bölgan
közlar örniga qizning
yurakni ezuvchi qabr toshlariga termuldi. Yangi qabr tuproqlari göyo
yigitning yosh
töla közlariga
boqib shunday derdi: .....Kim köproq sevarkan?


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев