SHoir Sherzodjon Shodmonov Shukhratovich ijodi va hayoti haqida qisqacha ma'lumot...
Sherzodjon Shodmonov Shukhratovich 1996 - yil 29 - avgust Qashqadaryo viloyat, Yakkabog' tumani Olmazor qishlog'i ziyolilar oilasida dunyoga kelgan.
Yoshligidan she'r yozishga,musiqa kuylashga juda qiziqqan. Maktabda o'qib yurgan kezlaridayoq she'r yozib turgan. Endilika esa ko'plab she'rlar yozib ijodini kengaytirishga harakat qilayotgan yosh ijodkorlardan biri....
Ey ollox ayt nega, nega suyunmay
Axir yonimdaku men suyangan tog'
Bugun mast aylagan, olib aqlimni
O'sha siz yaratgan alvon tusli bog'
Mening eng buyugim tog'imdir Otam
To'rt fasl gullagan bog'imdir Onam
Siz mening boylig-u borlig'im tanho,
Bu dunyoda topgan yakka yagonam
Siz borsiz, hamisha hayotim yorug'
Siz borsiz, keladi bir kuni davlat
Siz borsiz, hamisha qilarman qulluq
Siz borsiz, meni ham kutadi jannat
SHERZODJON SHUKHRATOVICH IJODIDAN...
12.12.2018. 01:55
Ba'zan dunyolarga sig'may sevaman
Jonginam, men sevsam sirday sevaman
O'ylama befarq deb meni o'zingga
Sevaman shu holda, shunday sevaman
Goho qitiqlaydi dilimni bu rashk
Hatto shamoldan ham men qizg'onaman
Qalbimda bor mening majnuniy bir ishq
Jonim, Qaro ko'zim, yonib sevaman...
SHERZODJON SHUKHRATOVICH IJODIDAN...
12.12.2018. 00:20
Mayli, yor bolsin-u guzal bo'lmasin
Mayli, boyning qizi, zargar bo'lmasin
Mayli, bo'lsa hamki ba'zida qaysar
Yigit boshim aslo, zinhor egmasin
Mayli, qaysar bo'lsin ba'zida shaddod
Lekin aytar so'zim ikki qilmasin
Tanho meni sevsin, toki umrbod
Hiyonat so'zini aslo bilmasin
Ota-Onam desin, hamda oilam
Qilib hizmatlarin, duosin olsin
Ey ollox ato et shundayin sanam
Baht doim biz birla, yonma-yon bo'lsin
SHERZODJON SHUKHRATOVICH IJODIDAN...
12.12.2018. 01:11