
OQQUSH
Oqqush misol uchgan orzularim:
Qachon o'z makoni tomon yetadi?
Oqqush ovoziday nidolarim,
Qachon yor qulog'iga yetadi?
Naqadar chiroyli manzara... Ko'zni
quvontirib, aqlni shoshiradi-ya!
Huddi bir-birini ohista quvib
ketayotgan oppoq va beg'ubor bir
juft bulutga o'xshaydi, bular.
Ko'zing tushadiyu, lekin undan
uzoqlashging kelmaydi. Naqadar
pok ularning harakatlari. Mehri-chi?
Ba'zan bunday mehr insonlarda
borligiga shubha uyg'onadi. To'g'ri-
da! Qarang: o'zlariga qolsa butun
umr shunday yashashsa...
Inson ham shunday
yaratilmaganda! Afsus...
Oqqush sevgisi... U shu darajada
kuchli bo'lar ekanki, o'z juftidan
ayrilgach, o'ylab o'tirmay o'zini-o'zi
qurbon qilarkan . . .
Juda qiziq-da!
Agar shunday sevgi insonda
mavjud bo'lganida, o'z yori uchun
o'lganida, balki, dunyoni oqqushday
pok tuyg'uli qalblar egallagan
bo'lardi.
Kamina ham hayron... Chunki
xayollar tizgini orasida, o'sha - ha
o'sha oqqush timsolida xayoliga
kirib kelgan muhabbati, yana va
doim orzularini butkul o'ziniki qilib
olgan. Na qilsin? Oqqush ham anoyi
emas! U tiniq suvni tanlaydi. Ha!
O'sha tiniq suv uning endigina atak-
chechak qilib yura boshlagan
qalbidir. Shunday shu oqqush bilan
yashamog'i, uning tushlariga kirardi.
Hatto birga uchardi. Hozir esa o'sha
uchishni ham, suzishni ham keragi
yo'q ... !!! Sababi oqqush o'z
manzilida orom olmoqda. O'sha
oqqush yetaklab kelgan baxt shirin
uyquda. Men esa bedor...
Oqqush-oqqush ... Ko'zga tashlanadi.
Hozirni o'zida sehrgar paydo
bo'lsayu tilak so'rasa: shunda u:
oqqushga aylansa va sevgilisining
yuragi bo'lmish, tiniq buloqday pok
hovuziga qo'nsa ... Eh! Xayollar
ko'p ...
Baribir oqqush inson bo'lolmasa-
da, inson oqqushday pok deya
ta'riflashadi...
Qarang, bularni bir-biriga
to'ymaydiya...
Nogahon qayerdandir bir ninachi
keldi. Aftidan cho'chib ketdimi, Layli
oqqush pir etgancha samoga bir on
yuzlandi-yu o'sha tomonga uchib
ketdi! Bechora Majnuni bo'lmish
oqqush ya'ni oshiq-qush: Sen hali
shoshmay tur, degancha ortidan
qanot yozdi...
Uch-uch oqqushim, bir umr
yoringni yolg'izlatma! Senga baxt
tilayman ... !!!
Madina Nasriddinova
7 комментариев
7 классов
BAHOR KELDI SENI SO’ROQLAB
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.
Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi,
Ko’zlaringga surtib o’parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so’radi seni,
U ham yosh to’kdi-yu, chekildi nari.
Seni izlar ekan, bo’lib shabboda
Sen yurgan bog’larni qidirib chiqdi.
Yozib ko’rsatay deb husn-ko’rkini,
Yashil qirg’oqlarni qidirib chiqdi.
Topmay sabri tugab bo’ron bo’ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog'laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog'ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qo'ychivonlardan
Qayda shoir deya ayladi so'roq.
Barida sukunat, ma'yuslik ko'rib
Horib-charchab keldi, toqatlari toq...
So’ngra jilo bo'lib kirdi yotog'imga,
Hulkar va Omonning o'pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za'far yonog’imga
Sekin xabar berdi menga o'zidan.
Lekin yotog'imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo'ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so'ray ketdi qalbimni tilib:
«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo'shig'i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi», - deya yakkash so'roqlab
Meni she'rga o'rab suqlanib boqqan?
O'rik gullariga to'nmaydi nega
Yelda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho'x na'shidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qanday ishqqa to'lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolini.
Uning rangdor, jozib qo'shig'ida
Mudom ko'rar edim o'z jamolimni.
Qani o'sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko'zingda yosh, turib qolding lol?
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko'klamda sen parishonhol?»
Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g'aming bilan kezdi aftoda
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamdan tutoqib daraxtga ko'chdi,
Kurtakni uyg'otib so'yladi g'amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g'unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo'shiq.
Bu qo'shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to'liq.
Bahorgi burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo'shqin zabardast.
O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo'limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
ZULFIYA
18 комментариев
25 классов
QIZLARNI "O'RASH" SAN'ATI!
Tasavvur qiling, ko'chada ketayapsiz? Yo'lingizdan chiroyli bir qiz chiqib qoldi. Darhol sevgi instintlaringiz ishga tushib, bu hurliqoga asir bo'ldingiz. Tabiiy, yurak urishingiz me'yoridan oshgan, qon aylanishi ham o'z navbatida po'rtana ko'tarayotgan dengizni eslatadi. Nigohlaringizni uzolmay qolasiz. Lekin yoniga borib tanishishga har doim ham jur'at etavermaysiz. Go'yo bu "samo farishtasi" sizdek "qul"ga munosib emas. Shundaymi?
Aslida-chi?
Keling, sizga shahsiy tajribamdan kelib chiqib ba'zi maslahatlarni berib o'taman. Boshladik:
1. O'ZINGIZGA ISHONING.
Bu tayyorgarlikning eng dastlabki va aytish mumkinki eng muhim bosqichi hisoblanadi. Tashqi ko'rinishingizdan uyalmang. Unutmang, qizlar uchun yuzingizni geometrik o'lchamlari asosiy emas. Birlamchi, aqliy salohiyatingizni algebraik yig'indisidir. Qiz bolani suhbatga tortish uchun "Salom", "Tanishsak bo'ladimi?", "Chiroyli ekansiz!" kabi mujmal va siyqa jumlalardan foydalanmang. (Kerakli iboralar haqida keyingi safar to'laroq aks ettiramiz)
2. TASHQI KO'RINISHINGIZGA E'TIBORLI BO'LING.
Agar ayol sizga, "erkak kishi maymundan farq qilsa bo'ldi" desa ishonmang!
Gap kiyimlaringizni dunyoning nomdor brendlaridanligida emas, balki, toza va ozoda bo'lishidadir.
3. QIZNI YAXSHILAB O'RGANIB CHIQING.
Unga nima yoqadi? Nimalarni yaxshi ko'radi-yu, nimalardan nafratlanadi? Do'stlari bilan muloqotlarini kuzatish orqali U haqida ko'pgina ma'lumotlarni qo'lga kiritasiz.
4. VAQTINGIZNI QIZG'ONMANG!
Qiz bola bilan tanishish uchun bir necha daqiqa kifoya, lekin, munosabatlar o'rnatishda aslo shoshmang!
5. PSIXOLOGGA AYLANING!
Suhbatlashayotganingizda qizni o'zini tutishiga e'tibor qiling. Agar, U siz jim eshitsa va ortiqcha his-hayajonga berilmasa, umidingizni uzing. Uni qalbini rom etolmaysiz. Qiz bola kula boshladimi, tamom, Uni ham sizda ko'ngli bor.
6. UNGA ISHONING.
Uni gaplariga diqqat bilan quloq soling! Zero, qizlar o'zaro muloqotdan ko'proq huzur hissini tuyadilar. Buni aslo unutmang!
7. KO'ZLARIGA TIKILING!
Suhbat jarayonida Undan ko'zingizni olib qochmang. Aks holda, sizni so'zlaringizga bo'lgan ishonchi yo'qoladi. Ko'zlariga tik boqib gapiring!
8. YOLG'IZLIKDAN QUTQARING.
Qiz bolani ko'nglini rom etishning yana bir usuli, Uni qiynayotgan savollarga aynan siz orqali javob olishidir. Siz U uchun sirli jumboqqa aylanishingiz lozim.
Ha aytgancha, yolg'izlikdan qutqarib, Uni yolg'izlikka (sizning dunyoyingizdagi sirli va unga yoqadigan) taklif qiling. Axir, yolg'iz qolganingizda o'zingizni erkinroq his etasiz.
9. SEVGI IZHOR ETISHDAN QO'RQMANG.
Qiz bola sizni dil izhoringizni eshitmaguncha, o'z tuyg'ularini payqamasligi mumkin. Dunyo yaralgandan buyon hali bironta ayol o'ziga sevgi izhor qilgan erkakni bo'g'ib o'ldirmagan.
Sevgi izhoringizga qiz bola darhol rozilik bildirmaydi. Qizlar yosh bolaga o'xshab "yo'q" deyishni yaxshi ko'rishadi.
"Sizni ham menda ko'nglingiz bormi?" so'rog'ingizga, qiz "O'ylab ko'rishim kerak" desa, Siz "Yaxshi! 30 soniya vaqt beraman" deng.
Sevgi izhor etayotganda qat'iyatli bo'ling!
10. ALDASHNI HAM O'RGANING.
Qiz bola sizni aldayotganingizni bilsa ham, U sizga ishonadi. Axir qaysi qiz o'zi haqidagi shirin (yolg'on bo'lsa ham!) gaplarni yoqtirmasligi mumkin.
Eng muhimi, chegaradan chiqib ketmang! (to'ladan kelgan qizga aslo guldek noziksiz demang, ustidan kulayotganga o'xshab qolasiz!)
Yoqimli bo'lish san'ati aldashni uddalay olishdir.
Ravshanbek Yunusbekov
23 комментария
14 классов
Osmon cho'kib qoldi bu oqshom,
Yulduz bo'lib yog'ildi bir sas.
Bir mahalla nigohni ko'rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.
Sadoqatmi? Kimga kerak u?..
Behudadir ko'z yoshing seli.
Yulduz bo'lib yog'ildi bir sas:
U begona. U endi kelin...
To'y - bu asli badjahl ota,
Baxtli bo'lsin qizim degani.
Uni senga bermasman, bo'tam,
Tirik ekan ko'zim, degani.
Osmon cho'kib qoldi bu oqshom,
Qonimda bir g'ashlik o'rmalar.
Men olovga otarman endi,
Yuragimni qiyma-qiymalab...
Yoqa ushlab qolsin ko'rganlar,
Olovlarga otgum uni, bas.
Yonib ketsin chirsillab qalbim,
Sevish kerak... yashash shart emas!
Muhammad Yusuf
6 комментариев
13 классов
Sidni Sheldon "Orziqib kutaman ertani". Sarguzasht va detektiv unsurlari qorishiq o'tkir syujetli roman. Bunda adibni fantaziyasi o'ta kuchliligi, eng qiyin va yechilmas muammo bo'lib ko'ringan holatlardan ham asar qahramoni juda uddaburonlik bilan chiqib ketishi kitobxonni befarq qoldirmaydi.
9 комментариев
1 класс
Qiz juda chiroyli edi. Boshqa qizlardan farqli ravishda hayotga özgacha nigoh ila qarardi. 19 yoshli sohibjamol qizni tabiiy ravishda sevuvchilar ham bisyor edi. Lekin uni atrofdagi yigitlar umuman qiziqtirmas, qanaqadir özgacha bir sevgini kutardi. Yuragining tub- tubidan uning kelishini ham his etib turardi. Bir kuni darsga kelganida, partasining ustida turgan qip-
qizil atirgulni kördi. Gul bandiga biriktirilgan
qog'ozchaga atiga ikki jumla yozilgandi: "Hayot
gözal..." Negadir qizning lablarida tabassum
uyg'ondi... Keyingi kunlarda yana bir-ikki bor bu
holat takrorlandi. Qip- qizil atirgul va doimgi bir
xil dastxat. Qiz bu gullarning sohibi kim
ekanligiga judayam qiziqardi... Kunlarning birida
qiz uyqudan uyg'onib, derazadan köchaga
qaradi va birdan özgacha hayajonlanib ketdi.
Röparadagi dökonchaning oppoq devoriga har
xil böyoqlarda katta qilib yurak shakli chizilgan,
uning ichiga qiz ismining bosh harfi yozilgandi.
Eng ajoyibi esa, surat tagiga ösha sirli dastxat
qöyilgandi: "Hayot gözal..." Qiz endi doim ösha
sirli yigit haqida öylardi. Uning özini kuzatib
yurganligini ham yaxshi bilardi. Odamlar
orasidan uning qiyofasini axtarardi. Avvallari
doim öychan yuradigan qiz endi kulib, jilmayib
yurar, bu tabassumi uni yanada jozibador
körsatardi. Qiz öziga yuborilayotgan har bir gulni
qöliga olib zavqlanar, chindan unga hayot
judayam gözal körinardi. Bahor tonglarining
birida velosipedda sayrga chiqqan qiz musaffo
havo va xiyobondagi yashil gözallikdan
zavqlanardi. Lekin velosiped g'ildiraklarini
harakatlantiruvchi zanjir örnidan chiqib ketib, qiz
töxtashga majbur böldi. U zanjirni joyiga
örnatishga urinardi-yu buni hech eplolmasdi. -
Balki yordamim kerakdir? Qiz yoniga kelib
töxtagan velosipedli yigitga qaradi. - Yöq,
özim... - Mana bunday qilish kerak, - yigit
qizning velosipedi zanjirini örniga qöydi, - Ana
böldi. - Rahmat! Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi.
Yigit böy-basti kelishgan, körkamgina yigit edi.
"Ayniqsa kulishi öziga juda yarasharkan",-
öylardi qiz. - Arzimaydi. Yigit öz velosipediga
ötirib, qanaqadir yoqimli kuyni xushtak qilib
chalganicha qizdan uzoqlashdi. Qiz esa uning
ortidan bir zum termulib qoldi... Qizga atirgullar
kela boshlaganiga bir oydan oshgandi. Lekin, qiz
haligacha ösha sirli yigitning kimligini bilolmasdi.
Shunday kunlarning birida qiz u- bu ishlar bilan
ushlanib, judayam kechga qolib ketdi. Aksiga
olib havoning avzoyi buzuq, kuchli
momaqaldiroq bölayotgandi. Qiz taksi ushlash
maqsadida kollej yonidagi bekatga kelganida
allaqachon öta shiddatli yomg'ir boshlangandi.
Uyi yaqin-u bunaqa paytda yolg'iz ketishga ham
qörqib turgandi. Kamiga bekatda hech kim yöq,
osmonni qoplagan qop- qora bulutlar atrofni
yanada qorong'u körsatardi. Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali ovozi qizni
chöchitardi. Shu mahalda unga tanish, yoqimli
ovoz eshitildi: - Balki yordamim kerakdir? Bu
ösha tongdagi velosipedli yigit edi. Qiz juda
sevindi. Bu ösha yigitni yana körganligi uchunmi
yoki boshqa sababdanmi özi ham bilmasdi.
Lekin yigitga dilidagini aytmadi: - Yöq, özim ...
Yigit ham jilmaydi: - Yomg'ir hali-beri tinmaydi.
- Nima, meni mashinangizda uyimgacha kuzatib
qöymoqchimisiz? - Menda yaxshiroq fikr bor.
Yigit shoshib qayergadir yugurib ketdiyu, zumda
qaytib keldi: - Xösh, qalay? Qiz yigitning qölidagi
oq va pushti rangli soyabonlarni körib jilmaydi. -
Bahor oylarida yomg'ir mahali piyoda yurish
zavqli,- dedi yigit. Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga yuborilayotgan gullarning
sohibi shu yigit ekanligini öylay boshladi. Buni
tekshirib körish uchun yigitga savol berdi: - Siz
yölingizda uchragan har bir qizga shunaqa
yordam qilasizmi? - Har biriga emas ...
hammasiga. Ular kulishdi. Qiz uyi tomon
ketishayotganda ikki tomonga ketgan köchaning
yigit qaysi tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda yigit qizning uyi taraf
burilgach, qiz sevindi. "Bu ösha yigit", - öylardi -
Menimcha uyingiz shu tarafda bölsa kerak.
Chunki narigi tarafda shifoxona va boshqa
binolar, atiga bir-ikki xovli bor. Adashmasam
tög'ri ketyapmiz,- qizning fikrini öqigandek javob
berdi yigit. - Ha, yaqin qoldi, - xunob böldi qiz, -
aytingchi, hayotni qanday ta'riflaysiz? -
Menimcha bunaqa sharoit va vaqt uchun noörin
savol,- kuldi yigit. Ular qizning uyiga
yaqinlashishgandi. - Buyog'iga özim ketaman,
sizga katta rahmat. - Soyabon sizda qola qolsin,
menga oq ranglisi köproq yoqadi. "Ey Xudo, -
hayolidan ötkazardi qiz, - mening pushti rangni
yoqtirishimni ham bilarkan!" - Mayli xayr, - yigit
ortga ön qadamlar tashlagach qiz uni töxtatdi: -
Hey! Yigit ögirilib qaradi. - Savolimga javob
bermadingiz. Yigit ösha yoqimli tabassumida
jilmaydi va baland ovozda baqirdi: - Hayot
gözal! Qizning yuragi juda- juda tez va baland
urardi. Qiz ayni damda baland musiqa
eshitayotgandek öz yuragining dukurini eshitib
turardi. U hayajonlanganidan yomg'irni ham
ilg'amasdi. U tanish yoqimli musiqani xushtak
qilib chalib ketayotgan yigitning ortidan qarab
qoldi... Ertasi kundan boshlab qizga negadir gul
kelmay qöydi. Qiz endi juda ham öychan bölib
qoldi. U yigit haqida kun-u tun öylardi. Xuddi
hozir balki yordamim kerakdir, deb paydo
böladigandek tuyulardi. Lekin yigitdan ham
atirgullardan ham darak bölmasdi. Shu bir-
necha kun ichida qiz özi bilmagan holda yig'lab
ham yuborardi. Ha, qiz sevib qolgandi. Lekin
buni hali özi bilmasdi. Nihoyat bir kuni ösha
kutilgan ovozni eshitdi: - Salom! - Salom, - javob
berdi qiz. - Biroz aylanib kelmaymizmi? - Bahor
oylarida yomg'irsiz havoda piyoda yurish ham
zavqlimi? - Albatta. Ular birinchi marta
körishishgan xiyobonni sayr qilishdi. Qiziq
mavzularda suhbatlashishdi. Nihoyat yigit qizga
bir dona qip-qizil atirgul tutdi. Qiz gulni oldiyu
uning bandiga köz yugurtirdi. Qog'ozcha yöq
edi. Savol nazdida yigitga qaradi. Yigit har
doimgidek kulib turardi. - Mana u, - yigit
qöllarini yozdi. Uning kaftiga böyoq bilan ösha
dastxat yozilgandi: "Hayot gözal..." Keyingi
kunlar xuddi shirin tush kabi tez ötardi. Qiz yigit
sevgi izhor qilganidan keyin özi ham uni
sevishini anglab yetdi. Chindan ular u-n hayot
judayam chiroyli va zavqli körinardi. Qiz
qachonlardir kutgan hayoliy röyo haqiqatga
aylanganidan baxtiyor edi. Juda ham chiroyli
muhabbat edi bu... Yigit rassom edi. Qizga juda
chiroyli tabiat manzaralarini körsatardi. Qiz
xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek baxt va
sevgidan sarmast yashardi. Yigit qizga portret
sovg'a qildi. Qiz öz suratiga qaradi. Judayam
nafis va chiroyli chizilgandi. - Nega meni bulutlar
orasida turibman? Söradi qiz. - Chunki sen
mening farishtamsan,- javob berdi yigit. Har bir
kuni gözal edi bu sevgining... Lekin öshanda qiz
hali özini oldinda nimalar kutayotganini
bilmasdi... Kuz kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit kelmadi. Qiz
ancha vaqt kutdi, xavotir oldi. Ertasiga yigit bilan
körishganida yigitning nimadandir xafaligini
payqadi. Yigit odatdagidek jilmayardi, lekin bu
tabassum ortida juda ham özgacha mahzunlik
sezilardi. - Nima böldi? - Hech narsa. Kecha
unutibman, kechir azizam. Shuncha vaqtdan
beri atiga yarim daqiqaga kechikmagan yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi mumkinligiga qiz
ishonmasdi. Lekin ösha kuni u hech narsa
demadi. Keyingi kunlarda ular yana odatdagidek
vaqtlarini xushchaqchaqlik bilan ötkazishardi.
Lekin qiz negadir yigitning közlariga boqqanida
yashirin bir ma'noni sezardi. Yigitning doimgi
tabassumi bu sirni qiz bilib olishiga imkon
bermasdi. Yigit qiz bilan köproq vaqt birga
bölishga urinardi. Soatlab yonma-yon
ötirardilar... Bir kuni qiz yana uzoq vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi. Yigitdan xabar
bölavermagach ketmoqchi böldi. Lekin shu
vaqtda uzoqdan yigit körindi. - Salom, - dedi
yaqin kelgach. - Nega bunaqa yuryapsiz,
oyog'ingiz og'riyaptimi? - Ha, jin ursin,
velosipeddan yiqildim. Ular odatdagidek
örindiqqa ötirgan köyi, quyosh botishini
tomosha qildilar... Ösha ondayoq qizning yuragi
nimadandir öta g'ash edi. Balki, ösha kuni
qizning yuragi yigit bilan shunday sönggi bor
yonma- yon ötirganliklarini sezgandir... Ertasiga
qiz yigitning shifoxonada ekanligini eshitganida,
karaxt bölib qoldi. Ming xavotir ila tezda yetib
keldi. Uni yigitning yoniga qöyishmadi. Bilsa,
yigit juda og'ir kasal ekan. Kechagi kun tongda
kasali xuruj qilgan va kasalxonaga keltirishgan
ekan. - Unga yurish mumkin emasligini
aytgandik. Lekin u kechroq kasalxonadan qochib
ketibdi. Mana oqibati. U oyoqlarini his qilmaydi.
Shol... Qiz titrab ketdi. Közlariga quyilib
kelayotgan köz yoshlarini töxtata olmasdi.
Xamshiraning sönggi gaplari öta dahshatli ovoz
bölib, qizning quloqlari ostida jaranglardi: U
oyoqlarini his qilmaydi... Shol... Yigit uyg'ongach
qiz uning yoniga kirdi. Yigitning ahvolini körib,
battar siqildi. U yig'lardi, yigit közlarini shiftga
tikkancha gap boshladi: - Bilasanmi, seni birinchi
marta körganimda maktabda 7- sinf eding.
Öshanda pushti lenta taqvolganding... Yigit biroz
tin olgach davom etdi: - Biram chiroylisanki...
Sen bilan juda shirin hayot kechiraman deb
öylagandim... Buni qara, baribir peshonaga
yozgani bölarkan... - Bas qiling! Qiz köz
yoshlariga erk berdi. Juda ham ezilib yig'lardi. -
Yig'lama. Beri kel, muhim bir gap aytaman. Qiz
yigit aytgandek qildi. Yigit qizning yuzini
silagancha shunday dedi: - Qachon hayotda
nimadandir siqilsang, kimnidir sog'insang, köz
yoshlaringni mana bunday qilib sidirib tashla, -
yigit barmoqlari bilan qizning közlaridagi yoshni
artdi,- Chunki hayot gözal... Qiz shu kuni tongga
qadar yig'ladi. Ösha tunda u yigitni qanchalar
sevishini tushundi. "Men baribir umrbod u bilan
qolaman",- qaror qildi qiz. Ertasiga shifoxonaga
kelgan qiz yigitni topolmadi. Unga yigitni tongda
Germaniyaga olib ketishganligini aytishdi. Qiz
holsiz devorga suyanib qoldi. Uning boshida
million xil hayollar aylanardi. Nega? Öylardi u.
Shu mahalda unga bir xamshira qip- qizil atirgul
keltirib berdi. Qiz yigit bergan sönggi gul
bandidagi qog'ozchani titragan qöllari bilan
arang ochdi. Unda shunday yozilgandi: "
Bilasanmi, doktorlar mening tirik qolishimga
deyarli umid yöq deyishdi. Insult xavfi kundan-
kun oshib borarkan. Sen meni baribir tashlab
ketmasding. Men esa sening judayam baxtli
bölishingni istayman... Men juda uzoqqa
ketyapman. Bilasan-a, seni judayam sevaman.
Agar sen ham meni zarracha sevsang, ötinaman,
men uchun ham baxtli hayot kechir. Sira ham
yig'lama. Yig'laganingda meni yuragim
og'riyotgan böladi. Kelishdikmi? Men uchun esa
baribir hayot gözal. Ehtimol, ertaga uyqudan
uyg'onmasman, lekin hayotim juda gözal.
Chunki unda sen borsan..." Qiz maktubni
quchganicha juda uzoq yig'ladi... Qiz ikki yil
yigitning xotirasi bilan yashadi. Keyin yigit
aytganidek yashashga harakat qildi. Bir yigitga
turmushga chiqdi. Ammo uning hayollari tubida
hamon eski xotiralar hukmronlik qilardi. Har
lahzada uni yod qilib yashardi. Ög'illik bölganida,
unga yigitning ismini qöydi... Taqdir qizga hali
ancha sinovlarni tayyorlab qöygan ekan.
Farzandi tug'ilgach köp ötmasdan, eri
avtohalokat tufayli dunyodan köz yumdi. Qiz
tag'in köz yoshlari tubiga g'arq böldi. 4 yil vaqt
ötib ketdi. Endi qizning hayotdagi bori ög'li va
xotiralari edi. O'g'lini bog'chaga kuzatib
qo'ygach, qiz bir vaqtlar yigit bilan uchrashuv
joyi bo'lgan xiyobonga keldi. Uzoq ötirdi. "Hayot
gözal" deb, kulib turadigan yigitning qiyofasini
köz oldiga keltirdi. Oradan shuncha 8 yil ötgan
bölsada, uning muhabbati bir qatra bölsin,
kamaymagandi... Uyga kelgach, yuragi
sog'inchdan boshqacha urayotganligini his qildi
va özi "shirin xotiralar" deb ataydigan qutini
ochdi. Özining portreti, ösha pushti zontik,
dastxatlar... Hamma- hammasini bir-bir körib
chiqdi. Uyga kirib kelgan ög'il oyisining
yig'layotganini kördi. U sekin oyisining yoniga
keldi. - Oyi, qachon hayotda nimadandir
siqilsangiz, kimnidir sog'insangiz, köz yoshlarni
mana bunday sidirib tashlang... Qiz köz
yoshlarini artayotgan ög'liga hayrat bilan tikilib
qoldi. - Buni kim... kim aytdi? - Bir amaki
oyingni sira ham yig'latma dedilar, rasm
chizishni ham örgatdilar. Qizning yuragi
qachonlardir yigit yomg'irli kechada "Hayot
gözal" deganidagi kabi zarbli urardi. "Nahotki u
tirik bölsa?" Qiz tonggacha mijja qoqmadi.
Allohdan umidlari puch bölib chiqmasligini
söradi. Ertasi kun bog'chaga borib, rasm
murabbiyini söradi. Uni bir xonaga kuzatib
qöyishdi. Xonaga kirgan qiz burchakda turgan
yangi chizilgan suratni tanidi. Qachonlardir
tongda uyg'onganida dökoncha devoriga
chizilgan yurak shakli edi bu. Qiz judayam
hayajonlanardi. - Balki yordamim kerakdir?
G'alati ovoz, qiz 8 yil kutgan ovoz eshitildi.
Ögirilganida qarshisida ösha rom qiluvchi
tabassumi bilan yigit turardi... Yigitni Berlinda 3
yil davomida davolashgan, keyin 2 yilga yaqin
nogironlik aravachasida yashagan, nihot keyin
butunlay sog'ayib ketgandi. Ular ancha vaqt bir-
birlariga termulib qoldilar. Qizning sakkiz yil
oldingidek chiroyi yigitning ösha vaqtlardagidek
jozibador tabassumiga qarshi turardi. Qiz shu
yillar ichida ilk marta sevinganidan yig'lardi. Yigit
qizga yaqin keldi. - Qachondir nimadandir
siqilsang, kimnidir sog'insang, köz yoshlarni
mana bunday sidirib tashla... Keyingi jumlani
ular baravariga aytishdi: - CHUNKI HAYOT
GÖZAL...
6 комментариев
19 классов
МЕНИ КУТГИЛ
Мени кутгил ва мен қайтарман,
Фақат кутгил, жуда интизор,
Кутгил, ёмғир зериктирганда,
Мени кутгил, ёққанида қор,
Атрофингни ҳарорат қоплаб,
Еру кўкни чанг тутганда, кут.
Бошқаларни узатган дўстлар
Кечагина унутганда, кут.
Хат келмасдан узоқ ерлардан,
Юрагингни қилганида қон,
Кутгил, сенла бирга кутганлар
Зериккандан чекканда фиғон.
Мени кутгил ва мен қайтармен,
Бўлса ҳамки, рангинг заъфарон,
Ёринг қайтмас, умидингни уз,
Деганларга тилама омон.
Майли, ўғлим, синглим, волидам,
Аза очсин мен йўқ туфайли.
Кутабериб сабри тугаган
Ёру дўстлар, ошнолар, майли,
Айрилиққа беролмасдан тоб,
Аччиқ-аччиқ ичсинлар шароб.
Кўзларингга тўлса ҳамки, ёш
Фақат сен кут ва айла бардош.
Мени кутгил ва мен қайтарман,
Ўлимларни қолдириб доғда.
Иши ўнгдан кепти десинлар
Кутмаганлар мени у чоғда.
Ёт туюлар кутмаганларга,
Бундай ажиб толеинг санинг.
Кута-кута мени офатдан
Омон сақлаб қолаолганинг.
Қандай омон қолганлигимни,
Ёлғиз сенга айтарман, сирдош,
Кутаолдинг мени сен фақат,
Буюк эди сендаги бардош.
Константин Симонов шеъри
(Ҳамид Олимжон таржимаси )
3 комментария
7 классов
Фильтр
Добавила 6 фото в альбом
загрузка
Показать ещёНапишите, что Вы ищете, и мы постараемся это найти!
Левая колонка
О группе
Endi har kuni siz bilan birgamiz! Sahifalarimiz ro'yhati:
Dushanba - Kulgu bekati
Seshanba - Tomchida hayot aksi
Chorshanba - Muhabbat manzaralari
Payshanba - Admin minbari
Juma - Saodat sohili
Shanba - She'riyat sarchashmalari
Yakshanba - Hordiq onlari.
Har kuni yangi mavzular kiritilib boriladi. Siz ham bizga hamroh bo'ling!!!
- Андижан
Показать еще
Скрыть информацию