28 Dekabrdan 29 Dekabrga o'tar kechasi Angliya Premer-ligasi 18-tur doirasidan o‘rin olgan, “Sautgempton” hamda “Tottenxem” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. O‘yinda “shporlar” 1:4 hisobidagi irodali g‘alabani tantana qilishdi. Dastlab, mezbonlar uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Virjil Van Deyk tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobda oldinga chiqi bolishdi. Birinchi bo‘limning birinchi yarmiga kelib , aniqrog‘i o‘yinning 19-daqiqasida Delli Alli hisobni tenglashtirgan bo‘lsa , 52-daqiqaga kelib Xarri Keyn “Tottenxem”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 6 daqiqa o‘tgach uchrashuv bosh hakami mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi, ammo Xarri Keyn bu gal mo‘ljalda adashdi. Uchrashuv yakunlaniga qadar londonliklar 85-daqiqada Son Xen Min hamda 87-daqiqada Deli Allilar tomonidan kiritilgan gollar evaziga safardan yirik hisobdagi g‘alaba bilan qaytishdi. Ushbu o'yin bilan Angliya Premer-ligasining 18-turiga yakun yasaldi "Boxing Dey" davom etadi
ahmadjon mamasiddiqov...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев