Angliyaning “Tottenxem” klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Xin Min o‘z faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin. Le Parisen nashrining xabar berishicha, PSJ 24 yoshli koreyalik futbolchiga qiziqish bildirgan. Transfer mavsumi ochiq deb e’lon qilinishi bilan tomonlar muzokaralarni boshlaydi. Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Ushbu mavsumda Son Xin Min Angliya chempionati doirasida 14 o‘yinda maydongatushib, 6 golga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, koreyalik hujumchi 2015 yilning yozida Germaniyaning “Bayer” klubidan 30 million evro evaziga “Tottenxem” safiga qo‘shilgandi.
ahmadjon mamasiddiqov...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев