bilan doyim do`ktirda bo`lishadi! -
deb izoh berdi ayol...
Farxod ayolni so`zlaridan keyin,
ensasi qotib hayrlashib ortiga
qaytdi. Qarzdorni ahvolini
tushunishga urundi, bekorga
o`shanda shunchalik yalingan
ekanda. Ehh bekorga qarg`ab
yurgan ekanman deb hayolidan
o`tqazdi. O`ylab-o`ylab nihoyat
ehson qilib yuborishga qaror
qildi...
Ikki, uch kun davomida korxona
ishlariga shung`ib ketdi. Ishlari
ancha tartibga tushib qolgan, o`zi
esa aylanma stulida hayolga
berilib o`tirardi.
Bu qiz, negadur hecham
hayotlimdan ketmayabdi. Ismini
nima degandi. Haya hali ismini
aytmadiyu. Yana o`sha qizni ko`rib,
ikki og`iz gaplashgim kelyabdi.
Boraman oldiga, ``TAP`` etib
kaftlarini stol ustiga urdida
o`rnidan turdi. Nima olib borsam
ekan, shirinlik, gul eee yo`q mani
no to`g`ri tushunsachi yarimta
ko`nglini og`ritib qo`ymay yana.
Hafsali pir bo`lib asta o`rniga
o`tirar ekan. Ko`zi stolida turgan
qalin miqovali daftarga tushdi. U
qizga kitob olib boraman, dedida
soatiga qaradi. So`ng
shoshilgancha chiqib ketdi...
Kitob do`konida yurar ekan,
kitoblarni ko`pligidan qay birini
tanlashga boshi qotdi.
Sotuvchining maslahatiga ko`ra 3,
4 ta ommabop, asarlar to`plamini
sotib oldi. O`zgacha hissiyotlar va
qandaydur qo`rquvda edi.
Hissiyotga berilgani yana qizni
ko`raman, qo`rquvi esa qiz xovlida
bo`lmasich, onasi ichkariga
kiritmasachi degan hadikda edi.
Ammo darvozadan ichkariga
qaraganda, ko`zlari quvnab ketdi.
Qiz yana qip qizil bo`lib ochilgan
atirgullar oldida. O`sha kattakon
kitobini o`qib o`tirar edi. Mayin
esayotgan shamol, qizni rumoli
ostidan chiqib turgan zulfini
uyog`dan bu yog`ga hilpiratar edi.
Farxod ikki bor eshik qoqdi:
- Kechirasiz yaxshi qiz!
Qiz kitobdan boshini ko`tardiyu,
tezda chakkasidagi yoshni sidirib
tashladi. So`ng mayin ovozda:
- Keling! -dedi.
- Kechirasiz, havo rosa issidida
tomog`lar qaqrab ketdi! -dedi
yana gulzorga ishora qildi. Lekin
gulzorda shilangdan oqayotgan
suv yo`q.
Qiz ham asta osmonga qaradi.
So`ng jilmayib lablarini kafti bilan
to`sdi:
- Marhamat keling! -dedida yana
aravachasini ortga burib naroqdagi
stol oldiga keldi. Farxod asta
ichkariga kelarekan, o`zi aytgan
gapidan o`zi kulgusi keldi. Chunki
havo biroz bulutli, buni ustiga
mayin shaboda esmoqda edi...
Qizga yaqin borar ekan, qiz
choynakdagi sovub ulgurgan
choydan bir piyola quyib qo`lida
ushlab turardi. So`ng Farxodga
salom berib, tavoze bilan piyolani
uzatdi. Choyni ikki ho`plab
ichgach, huddi ko`p yillik
qadirdonday qizga tabassum bilan
boqdi.
- Choyiz uchun katta rahmat,
mana-bu sizga! -qo`lidagi kitobni
qizga uzatdi. Qiz biroz ikkilanib
turdida asta kitobni oldi. Kitobni
zamonaviy miqovasiga bir qarab
oldi:
- Yangi sotib oldizmi?
- Yo`q uyda bor edi! -dedi. Bu qiz
manga achingani uchun, kitob olib
kelibdi deb o`ylamasin degan
niyatga yolg`on gapirgandi. Lekin
negadur yolg`on gapirgani uchun
ko`ngli g`ashlandi. Tez bu dilni
hira qiladigan vaziyatdan chiqish
uchun gapni boshladi.
- Hali ham o`qib tamomlamadizmi,
bu
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев