❤️🔥🪶QALBINGNI UYGʻOT❤️🔥🪶
11-qism. | UNASHTIRUV!
«Agar imkonim boʻlmasa, unda oʻzim uchun yangi imkoniyatlarni oʻzim yarataman»
Bu boʻlim qoʻshigʻi: Isabel Larosa-Older🦋
LARA VINCENT
Inson baʼzan oʻzini oid boʻlmagan joylarda topardi. Keyin esa nima qilishini bilmay, boshi qotar, u yerga oʻrganishga urinardi. Lekin, afsuski, qancha harakat qilmasin, hech qachon oʻzini oʻsha joyga oid his qilmasdi. Hozir men ham oʻzimni yana bir marta shunday his qilyapman. Oʻylab qarasam, men har doim oʻzimni shunday his qilgan ekanman. Men hech qachon oʻzimni biron joyga oid his qilmagan ekanman. Hayotimning boshlanish nuqtasidan to hozirgacha uysiz, makonsiz biri ekanimni hozir payqayapman. Juda gʻalati, ha, koʻp narsalar men uchun qoʻrqinchli soʻzining oʻrniga gʻalati boʻlganidek, bu ham juda gʻalati. Yoʻq, qoʻrqmayapman, ichimda zarracha qoʻrquv yoʻq. Biror joyga oʻzimni oid his etishni ham istamayman. Men shunchaki yashashni istayman. Hamma narsadan ham koʻproq hayotda qolishni va loyiq boʻlganimdek umr kechirishni istayman. Ha, men hammadan ham koʻproq baxtga loyiqman, lekin taqdir oʻyini deysizmi yoki hayot hazilimi, hech qachon uzoq muddat baxtli boʻlmaganman. Hatto oxirgi marta qachon baxtli boʻlganimni ham eslolmayman. Xoʻsh, sahnada minglab odamlarning qarshisida, jumlayi jahonda koʻpgina kuzatuvchilar qarshisida sovrin olganimda baxtli his qilganmidim? Yoʻq. Yolgʻizlik meni baxtli qilarmidi? Yoʻq. Xoʻsh, unda atrofimdagi odamlar bilan baxtli boʻlarmidim? Yoʻq, hammasi soxta. Ota-onamning qaytib kelishi-chi? Aslo! Buni umuman istamayman. Unda qachon baxtli boʻlgandim? Esladim! Ota-onam oʻlganida, ha, oʻsha paytda baxtli boʻlgandim. Ularning oʻlimini kuzatish baxt edi. Aynan, men mana shu hodisani baxt deb atadim.
-Lara-degan Amelianing ovozi bilan baxt tushunchasining tahlilini bir chetga surdim va aqlimni boʻlmagʻur narsalardan boʻshatdim. Men kechasi yoki ertasi bilan yashagan bir inson boʻlmaganman, boʻlmayman ham. Men bugunim bilan yashashni afzal koʻraman.
-Eshitaman, yosh xonim-dedim unga oʻgirilib.
-Yaxshimisan, faytundan tushgandan beri qotib turibsan-dedi yelkamdan sekin ushlab. Ortiq uning teginishlariga oʻrganib qolganim uchun oʻzimni tortmadim, lekin baribir teginishlarini yoqtirmasdim.
-Yaxshimisan deyapsizmi? Yaxshi emasligimni koʻrmayapsizmi, yosh xonim? Bu nimasi, men Miath qirolligidagidan ham kattaroq saroylarni kutayotgandim. Menga kulbalarda yashashingizni aytganingizda siz bilan oʻlsam ham kelmasdim. Men shular uchun bekorga oʻsha ablah Mister Niqob bilan ikki soat tortishdimmi?-dedim yer tepinib. Amelia esa qarshisida vahshiy hayvonga qaragandek menga tikilib turgandi.
-Nima?-deya oldi oxirida. Shuncha gapimga birgina nimami? Bekordan bekorga qilmayapman, qarshimda rostdan ham kulbalar bor edi. Mayli, kulba desam, juda pastga urgan boʻlaman. Qarshimda gʻishtdan qurilgan qadimgi filmlardagidek uylar bor edi. Tomlari esa biroz ishlovli, jigarrang edi.
-Hazillashyapsizmi? Bu hazil, toʻgʻrimi?-deb Ameliaga oʻgirilib qaradim. -Bu yerda yashashingiz mumkin emas. Axir malikasiz! Meni aldab qandaydir chekka qishloqqa olib keldingiz, shundaymi?-dedim.
-Lara, oʻzinga kel. Ichkariga kir, senga hammasini tushuntirib beraman. Bilishimcha, sen Alfa qabilasiga avval umuman kelmagansan.
-Hech qayerga kirmayman.
-U holda aravakashlarga aytaman, seni qaytarib olib borishadi. Shu bilan sen va Riverning hayoti xavf-xatardan holi boʻladi.
-Qaytmayman! Oʻsha eringizning hayoti uchun qaytmayman! Men bu yerga kelaman deb oʻsha Mister Niqob bilan qancha tortishdim, bilasizmi? Endi qaytib borsam, oʻzimni oʻldirishimga toʻgʻri keladi. Chunki qaytib borish gʻururimni oyoqosti qilish bilan barobar va gʻururim hayotimdan ham muhim!
-Boshlama gʻurur-gʻurur deb-dedi yuzini burishtirib.
-Gʻurur eng muhimi!-dedim.
-Unda ichkariga kir-dedi.
-Yoʻq, bu yerda yashamayman!-dedim.
-U holda koʻchada yot!-dedi u ham bezib.
-Meni bu yerda tashlab ketishga haqqingiz yoʻq!
-Bor! Istaganimni qilaman, sening bekang emasmanmi?-dedi.
-Sening bekang emasmanmi?-deb ovozimni oʻzgartirib uni taqlid qildim. Menga darrov qaradi
-Lara, bu kulgili emas-deb yonimga keldi va qulogʻimga shivirladi. -Agar hozir jim boʻlib ichkariga men bilan kirmasang, hammaning yonida Riverning goʻzali deb baqiraman, keyin mening boʻlajak erimning boshini aylantirgan ayol deb seni dorga ostiraman yoki buning ham keragi yoʻq. Toʻgʻridan boʻriga aylanib butun qabilam bilan seni kechki ovqatga yeymiz-dedi. Koʻzlarim katta-katta ochildi. Qoʻrqqanimdan emas, hayotim qadrli boʻlgani uchun.
-Qilolmaysiz-dedim.
-Shubhang bormi?-deb menga ayyorona tabassum qildi. Qiladi, ha, bu jodugar buni qiladi! Ming lanʼat!
-Mayli, kiraman, jim boʻling-deb undan ham oldin ichkariga kirdim. Men kirgan uy boshqalariga qaraganda ancha katta edi. Ichkariga kirganimdayoq burnimga atirgullarning ifori urildi. Atrofga qaraganimda bir vazaga oʻxshagan, ammo biroz boshqacha shaklga ega idishning ichida turgan qizil rangli atirgullarni koʻrdim. Yuzimda tabassum paydo boʻldi. Kirish qismi biroz kichik boʻlgan uyda uch xona bor edi. Birinchi xonaga kirganimda bu yerning yotoqxona ekanini angladim. Devor chetida bir kishilik yotoq tartib bilan taxlangancha turgandi. Uning kichkina javonga oʻxshash narsa, kiyim javoni va bir chetda ikkita yonma-yon stullar bor edi. Derazalar yoz oyi boʻlgani uchun ochiq edi. Yozdagi issiq va mayin shamol xonadagi oppoq pardani uchirayotgandi. Xonadan chiqib ikkinchi xonaga kirdim. Ichkariga qarab bu yerning ham oshxona ekanini koʻrdim. Idishlar, qoshiq va laganlar taxtma-taxt turgandi. Bir tomonda esa kichkina oʻchoq bor edi. Qozon kabi narsalar esa oʻchoqning yonida turgandi. Boshqa oshxonaga kerakli narsalar ham stol ustida turgandi. Masalliqlar ham ochiq tortma eshiklaridan koʻrinib turgandi. Bu yerdan ham chiqib uchinchi eshikni ochdim. Bu yer yuvinish xonasi edi. Bu yerda koʻp turmay tashqariga chiqdim. Chiqqan zahotim qarshimdagi Ameliani koʻrdim.
-Xoʻsh, uying senga yoqdimi?-dedi. Uyimmi?
-Bu yer sizniki emasmi?-dedim.
-Yoʻq, sening uying-dedi va kiraverishdagi stol atrofidagi stullardan biriga oʻzini tashladi. Saroydagi tartibli malikadan asar ham yoʻq edi. Men ham uning yonidagi stullardan biriga oʻtirdim. Atay undan uzoqroq oʻtirgandim, boʻlmasa, zulukdek yopishib oladi.
-Yaʼni bu yer menga tegishli?-dedim.
-Albatta-deb bosh irgʻitdi. Bu gapidan keyin unga shaytoniy tabassum qildim. Yuzimga qaradi va birdan koʻzlarini katta-katta ochdi.
-Yoʻq, Lara-dedi ogohlantirgandek.
-Bu yer mening uyim ekan, u holda, sizga bu yerga kirishni taʼqiqlayman, malikam, endi daf boʻlib ketasizmi, iltimos-dedim.
-Men sening bekangman va menga buyruq bera olmaysan-dedi va oʻtirishda davom etdi.
-Uy meniki boʻlsa hammi? Menga tegishli hududda boʻlganingiz uchun sizga xohlaganimni qila olaman va siz bu yerga oʻz ixtiyoringiz bilan keldingiz-deb kuldim.
-Ishon, oʻsha yoqimsiz aqlingdan nimalar oʻtyapti, bilmayman, ammo yaxshi narsa emasligi aniq-dedi va sekin oʻrnidan turdi.
-Ketyapsizmi?-dedim.
-Qolaymi?-deb savolga savol bilan javob berdi.
-Keting, lekin menga hamma narsani aytib bergingiz kelayotgan boʻlsa, qolishingiz mumkin-degan zahotim joyiga qayta oʻtirdi. -Bir muddat-deb qoʻshib qoʻydim. -Qani, boshlang!
-Demak-deb mavzuga kira boshladi. Endi bu qizning ogʻzini yopa olganni zarlarga koʻmaman derdim-u, hozir oʻsha zarlarga oʻzim ham muhtojman. -Biz Alfa qabilasimiz, yaʼni boʻrituslar. Shuning uchun bunday sharoitda yashaymiz. Toʻlin oy kechasi bu yerning qanday holda kelishini tasavvur ham qilolmaysan. Oʻzimiz istamagan holda boʻriga aylanamiz va koʻzimiz hech kimni koʻrmaydi, yaʼni, aytmoqchimanki, hamma yer deyarli vayron boʻladi. Shuning uchun bizga hashamatning keragi yoʻq, shusiz ham hamma narsa vayron boʻladi. Toʻlin oy kechasi senga boʻrituslar tegmaydi, shuning uchun seni bu yerga olib keldim. Agar afsungar boʻlmaganingda seni aslo bu yerga yaqinlashtirmasdim. Afsungar kuching bizga qarshi turishingga yordam beradi. Biz sendani kuchni sezganimiz uchun senga tegmaymiz, lekin bu yerda bir afsungar borligini kimdir bilsa, buni tezda Miath qirolligiga yetkazadi, shuning uchun har ehtimolga qarshi toʻlin oy kechasi seni qabiladan uzoqroq joyga yuboraman.
Kechir, lekin sen uchun bundan ortigʻini qila olmayman. Lekin ehtiyot boʻlasan, chunki Alfa qabilalari boshqa qirolliklar bilan sulh tuzgani uchun senga tegmaydi, ammo bu Betta, Gamma qabilalari ham senga tegmaydi degani emas-deganda uni toʻxtatdim.
-Boshqa boʻritus qabilalar ham bormi?-dedim.
-Ha, Lara, bor, bilmaysanmi? Ular quvgʻin qabilalar, yaʼni sulh tuzishga rozi boʻlmagan va erkin qolgan qabilalar. Ular senga biron bir zarar yetkazsa ham, biz hech narsa qila olmaymiz yoki ularga qarshi tura olmaymiz, chunki ular qonunga qarshi turganlardir. Ulardan ehtiyot boʻl, chunki ular istaganini qilishda erkin!
-Ularni qanday ajrataman?-dedim.
-Bizning rangimiz moviy-deb moviy koʻzlariga ishora qildi. -Va oq-deb sochlarini ishora qildi. -Hamma oq sochli emas, ammo boʻriga aylanganda rangimiz oq va koʻzimiz moviy boʻladi. Betta qabilasining belgisi kulrang va qora. Boʻriga aylanganda kulrang tusda boʻlishadi. Koʻzlari esa qop-qora. Gamma qabilasining belgisi qora va qizil. Boʻriga aylanishganda rangi qora tusda, koʻzlari esa qip-qizil, qon kabi boʻladi. Shundan ajratasan, ammo ehtiyot boʻl, chunki Betta qabilasi eng tezkor boʻrituslardir. Bizning tezligimiz ham ularga yeta olmaydi. Biz kuchlimiz, ular esa tezkor.
-Unda Gammalar-chi? Ularning qobiliyati nima?
-Senga boʻrituslarning tishlaganining oʻldirishini aytgandim, eslaysanmi?-dedi.
-Ha.
-Gammalarning qoni bunga shifo-deganda rostdan hayron qoldim.
-Ammo davosi yoʻq degandingiz?
-Ha, chunki hech kim shu paytgacha buning davosini ulardan ola olmagan. Ular bir-biriga juda sodiq. Qabiladan birining qoni toʻkilsa, har biri uchun bir talay qon toʻkishadi, yaʼni ularga qarshi chiqsang, tirik qolishingning imkoni yoʻq.
-Ajoyib. Ularga yoʻliqaman yoki ishim tushadi deb oʻylamayman-deb mavzuni yopdim. -Siz oʻzi nega saroyga kelgandingiz?-deb mavzuni oʻzgartirdim. Jim qoldi. Qoyil, bu qizning ham jim turadigan vaqti bor ekanmi? -Malikam?-dedim.
-Malikam deyishni bas qil. Bu yerda sardor qizi deysan-dedi.
-Sardor qizi-dedim kinoya bilan.
-Mayli, faqat notoʻgʻri tushunmaysan, kelishdikmi?-dedi menga qarab.
-Gapiring-dedim.
-Menga buyruq berma!-dedi. Aqlliligi tutib ketdi!
-Siz menga buyruq berma deb buyruq bermang!-dedim.
-Buyruq berma deb buyruq bermang deb menga buyruq berma!-dedi.
-Buyruq berma deb buyruq bermang deb menga buyruq berma deb buyruq bermang!-dedim.
-Chalkashib ketdim, Lara!-deb yosh boladek lablarini bujmaytirdi. Bu koʻrinishiga kuldim.
-Ayting!-dedim kulib.
-Qochdim!-dedi pat etib.
-Nimadan?-dedim.
-Turmush qurishdan-dedi.
-Nima?-deb aytgan gapiga qahqaha otib kuldim. -Turmush qurmaslik uchun qochib turmush quradigan qiz boʻlib qaytib kelib oʻtiribsizmi?-dedim.
-Chunki meni qabiladagi bir yoqimsiz yigitga berishmoqchi edi.
-Ha, tushundim, kambagʻalmidi?
-Ha.
-Toʻgʻri qilibsiz, sizni boqa olmasdi.
-Nimalar deyapsan, Lara, men uni sevmasdim-dedi.
-Ha, yaʼni Riverni sevasiz?-deb bir qoʻshinni yuqoriga koʻtardim. Jim qoldi. -Sukut rozilik alomatidir!-dedim. -Siz-deb koʻzimni qisib u tomonga oʻrnimdan turib yura boshladim. Borib uzun sochlarining bir tutamini olib qoʻlimga oʻradim va tortib.
-Nima qilyapsan?-dedi.
-Siz...siz ahmoqsiz!-deb baqirdim.
-Nega?-dedi sochini tortib olib.
-Oʻzingiz sevgan odamni xizmatchingiz bilan tenglashtirib, ikkisining nomini yonma-yon keltiradigan darajada ahmoqsiz!-dedim.
-Sen boʻlganda nima qilarding?-dedi u ham ovozini balandlatib. -Bir-biringizni sevsangiz, oʻrtangizga uchinchi kishi boʻlib kirishni istamadim-dedi. Ahmoq!
-Men boʻlganimda sevgan insonimni hech kimga bermasdim. Majburlab boʻlsa ham, uni oʻzimniki qilardim, tushundingizmi? Afsuski, unday odam yoʻq va hech qachon boʻlmaydi!-deb nuqta qoʻydim.
-Ajoyib!-dedi.
-Shuning uchun ahmoqdek unashtiruvingiz eʼlon qilinganda eʼtiroz bildirmadingiz, lekin baxtli ham boʻla olmadingiz, shundaymi?-dedim.
-Ha, sen ham uni sevsang, unashtiruvni buzmoqchi edim-dedim.
-Men hammi?
-Ha.
-Bu nima degani?
-U seni sevadi.
-Ha, juda kulgili-dedim jiddiy ohangda va oldimga tushgan sochlarimni orqamga tashladim.
-Rost!-dedi onasini aybdor emasligiga ishontirmoqchi bolalardek. Rostdan ham yosh boladek!
-Xoʻsh, unda nega rozi boʻldingiz?-dedim.
-Chunki...
-Chunki sevasiz va bu yerda uchinchi kishi menmanmi? Mamnuniyat bilan orangizni tark etaman-dedim unga kulib.
-Oramizda emassan.
-Mayli, oʻrtangizni-dedim kulib.
-Lara!-dedi va oʻrnidan turdi.
-Mayli, unda sizning chap va uning oʻng tarafi...-gapimni tugatmasimdan oldin yelkamdan tutib meni oʻziga tortgan va oʻrnimdan turgʻizib bagʻriga bosgan badan bilan birdan qotib qoldim. Badanim muzlab boshladi. Har doim issiq boʻlgan badanimning muzliklarga tushgandek qotganini his qildim. Amelia meni bagʻriga bosgandi.
-Rahmat!-dedi eng samimiy va suvdek muloyim ovozi bilan. Keyin meni oʻziga qattiqroq tortib quchoqlashda davom etdi. Men esa na quchoqlashni va na itarishni bilardim. Hozir hech narsani oʻylay olmaydigan ahvolda edim. Ichimda kapalaklar uchayotgandek edi. Parvonalar oʻlishini bila turib sham atrofida uchayotgandek his edi bu. Oxirgi marta meni kim bagʻriga bosgandi oʻzi? Onam. Undan keyin nima boʻldi? Oʻldi. Kim oʻldirdi? Men.
-Menga tegmang!-deb baqirgancha uni oʻzimdan itardim. -Tegmang, qaytib hech qachon bu ishingizni qilmang!-deb stol ustidagi guldonni yerga otib sindirdim va bir parchasini olib unga toʻgʻri tutdim. -Yaqinlashmang! Tushundingizmi? Buni qayta qilmang, yoʻqsa, oʻlasiz. Oʻzim sizni oʻldiraman. Achinmayman!-dedim. U esa avval menga qaradi, keyin esa qoʻlimdagi siniq guldon parchasiga. Koʻzlari oramizda borib-keldi. Keyin birdan oramizdagi masofani yopdi va yana bir marta meni bagʻriga bosdi. Qanday ahmoqlik! Endi u ham meni tashlab ketishiga toʻgʻri keladi. Men oʻlim keltiraman, tushunmayapti! Bilmayman, lekin uni yoʻqotishni istamayman. Shu ellik kun ichida menga yaqin insonlardan biriga aylangandi. Oʻlishini istamayman, lekin unga oʻzim zarar keltiraman. Qoʻlimdagi siniq parchani toʻgʻri hech ham qoʻrqmay beliga toʻgʻri sanchdim, lekin oxirgi fursatda qoʻlimni ushlagancha qayirdi va qoʻlimdan siniq parchasi tushib ketdi. Jang sanʼatini biladi! Keyin esa meni oʻziga yana-da qattiqroq tortgancha bagʻriga bosdi.
-Bunday qilmang!-degan ovozim yolvorgandek chiqayotgandi.
-Seni tashlab ketishimni kutganmiding?-dedi. Birdan onamning ovozi quloqlarimda jarangladi.
Seni tashlab ketmayapman, sendan voz kechyapman!
-Tashlab keting, eshityapsizmi, tashlab keting, boʻlmasa, voz kechasiz-dedim va uni yana itardim, ammo bu safar qoʻyib yubormadi.
-Voz kechmayman, Lara-dedi. -Oʻtmishda nimalarni boshdan kechirganingni bilmayman, ammo ular voz kechgan boʻlsa ham, men voz kechmayman!-dedi.
-Voz keching!-deb baqirdim bu safar. -Voz keching, boʻlmasa, oʻlasiz. Oʻzim oʻldiraman-dedim.
-Boyagidekmi? Unda men ham seni bir tishlab olaman. Ikkimiz ham birdan oʻlamiz, qalay?-deb kulgan ovozini eshitdim. Meni tinchlantirishga urinayotgandi.
-Sovuq qotyapman-dedim.
-Olovni boshqara olgan qiz buni aytyaptimi?-deb hazil qildi, ammo kula olmaydigan darajada chorasiz his qilayotgandim.
-Bagʻringizga bosganingiz uchun sovuq qotyapman, istamayman, qoching, iltimos-deb yolvordim, ha, yolvordim, chunki ovozim oʻziga ishongan ayolnikidek chiqmayotgandi. Qila olmayotgandim. Bu vaziyatda qila olmasdim, meni quchoqlashda davom etsa, kuchli koʻrina olmasdim. Toʻxtatishi kerak. Uni yoʻqotishni istamayman.
-Sizni yoʻqotishni istamayman!-deb baqirgancha bor kuchim bilan uni itardim. Qarshisida tik turdim. Yelkalarimni tik tutgancha sochlarimni ortimga tashladim va davom etdim. -Qaytib bunday qilmang-dedim sokin ovozda. -Nimasini tushunmaysiz, istamayman, quchoqlashishdan nafratlanaman. Yaqinlikdan, qoʻlimdan ushlashlaridan, menga teginishlaridan nafratlanaman. Tushuntira oldimmi? Faqat menga qadrli boʻlgan odamlarga buning uchun ruxsat beraman-dedim unga yaqinlashib.
Gʻirt yolgʻon! Yaqinlarimni oʻzimdan uzoq tutaman! -Va koʻrib turganingizdek, sizning bir chaqalik qadringiz yoʻq!-dedim. Shu zahoti chap koʻzidan bir tomchi yosh oqib tushdi, ortidan esa boshqa koʻz yoshlar yuzini yuva boshladi. -Ikki oy yonimda boʻldingiz deb qadrlashimni kutganmidingiz? Aslo! Men uchun hech qachon doʻst, opa, singil-hech biri boʻla olmaysiz. Sizni yomon koʻraman. Chidab yirganimning yagona sababi bekam ekanligingiz. Aytganingizdek, siz beka, men esa xizmatkor. Bundan buyon bu munosabatimizdan tashqariga chiqsangiz, oʻzim hozirgidek eslatib qoʻyaman!-dedim. -Endi esa boring va kechga unashtiruvga tayyorgarlik koʻring, oʻzingizga oʻxshagan qadrsiz va yoqimsiz shahzodangiz sizni koʻp kutmasin!-deb qoʻlidan tutgancha eshik tomon sudradim. Eshikni ochgan zahotim uni tashqariga itardim, birdan yiqilib ketmoqchiday boʻldi. Uni ushlab qolish uchun harakat qilayotganimda boshqa bir kuchli qoʻllar uni ushlab qoldi. Tezda yana jiddiy qiyofamga oʻtdim. Ameliani ushlab turgan kuchli qoʻllar Riverdan boshqasiga oid boʻlishi mumkin emasdi. Zimiston koʻzlari gʻazab bilan qarayotgandi. Oldin Ameliani turgʻazdi, keyin esa uning yuziga qaradi. Yigʻlayotgandi.
-Boʻlajak rafiqamni oʻz uyiga olib boringlar!-deb yonidagi odamlardan biriga buyurdi. -Mening bu yerda biroz ishlarim bor-dedi. Atay rafiqam qismiga urgʻu bergandi, xuddi menga qiziqday. Odamlardan biri Ameliani olib keta boshlaganda esa River tezda qoʻlimdan changallagancha meni oʻz uyimga Ameliani qanday itargan boʻlsam, shunday itardi. Qoyil, xotinini himoya qilyapti. Oʻzi ham ichkariga kirib eshikni shiddat bilan yopdi. Sal qolsa, yangi uyimning eshigi sinardi, keyin uning oʻzini shu eshikday sindirardim!!! Oʻrnimdan tezda turdim. Oʻrnimdan turishim uchun Amelia kabi Riverga ehtiyojim yoʻq!
-Sen nima qilishga urinyapsan oʻzi?-deb baqirdi. Birdan ortida toʻlqinlar paydo boʻla boshladi. Ming lanʼat, uyimni suv bosadi!
-Tinchlaning!-deb baqirdim men ham.
-Qanday? Sen atrofimda ekansan, bu qanday qilinishini bilmayman!-deb baqirdi.
-Chuqur nafas oling, uyimni suv bosadi, tinchlaning!-dedim qoshlarimni chimirib.
-U nega bu ahvolda edi? Unga nima qilding yoki nima deding?-dedi.
-Voy boʻ, erjoni ham xotinchasini oʻylarkanmi?-dedim.
-Lara!-deb baqirdi.
-Nima?-dedim men ham.
-Unga nima deding?
-Hammasini eshitdingiz-ku, nega soʻrayapsiz?-dedim. Eshik ortidan poylab turganini juda yaxshi bilaman.
-Oʻz ogʻzing bilan aytishingni istayman.
-Demak, rostdan ham eshitdingiz?!
-Ha, eshitdim, la'nati qiz, eshitdim!-dedi. La'nati qiz...
-Unda nega soʻrayapsiz? Hammasi ochiq-oydin emasmi?-dedim koʻzlariga ifodasiz qaragancha.
-Bu qadar his-tuygʻusiz boʻlishing mumkin emas. Menga aytganlaringni ham bir chetga sursak, u senga nima yomonlik qildi?-dedi. Sokinlashgandi. Endi faqat savollariga javob olishni istardi.
-Meni bagʻriga bosdi-dedim. Buni aytgan zahotim samimiyatdan uzoq tarzda kuldi.
-Shuning uchun uni bu ahvolga soldingmi? Uying bir chetda boʻlgani uchun hech kim koʻrmadi, ammo koʻrsa, holing qanday kechishini oʻyladingmi?
-Siz meni emas, boʻlajak xotiningizni oʻylab keldingiz, shuni unutmang va bu yerda u uchun men bilan janjallashyapsiz!-deb unga eslatib qoʻydim, chunki meni oʻylayapti, Ameliani emas!
-Bir bagʻriga bosganiga shunchami?-dedi eʼtiborga olmagandek.
-Ha.
-Nima boʻlarmish bagʻriga bossa?-dedi.
-Oʻladi-dedim eng aniq qilib aytgancha. Qoshlari yuqoriga koʻtarildi.
-Oʻladimi?-dedi.
-Ha.
-Qanday?
-Oʻzim oʻldiraman!
Shu gapimdan keyin biroz menga qarab turdi. Bir necha daqiqa meni tekshirgandan soʻng davom etdi.
-Unga zarar berishdan qoʻrqib oʻzingdan uzoqlashtirdingmi?-dedi yuzini burishtirib.
-Men hech narsadan qoʻrqmayman!-dedim. -Va u qizga nima boʻlishining menga umuman qizigʻi yoʻq.
-Yaralaringni yashirish uchun boshqalarda yara ochishni bas qil, Lara-dedi. -Umrimda koʻrgan eng qoʻrqoq odam sensan!-dedi.
-Men qoʻrqoq emasman!-dedim unga qarshi chiqib.
-Qoʻrqoqsan!-dedi. -Voz kechilishdan, tashlab ketilishdan, boshqalarga zarar berishdan qoʻrqasan! Qoʻrqoqsan!-dedi.
-Qoʻrqmayman, ming lanʼat, hech narsadan qoʻrqmayman!-dedim unga baqirib.
-Tan olmasang ham, qoʻrqoqsan!-dedi va ortiga oʻgirilib eshik tomon yurdi. -Umrimda koʻrgan eng qoʻrqoq odam sensan!-dedi gapini takrorlab va eshikni ochib meni yolgʻizligim bilan birga tashlab chiqib ketdi. Ablah! Qoʻrqoqmish! Oʻzing qoʻrqoqsan! Men hech narsadan qoʻrqmayman! Uning gaplarini unutib tinchlanishga harakat qildim. Umuman uning nima deb oʻylashi meni qiziqtirmaydi. Men oʻzimni juda yaxshi bilaman. Men hech narsadan qoʻrqmayman. Ameliaga zarar berishdan qoʻrqqanim uchunmi bunday qildim? Ahmoqlik! Unga nima boʻlishi men uchun umuman qiziq emas. Agar qiziq boʻlganda oʻldirishga harakat qilmasdim. Men aytgandim, ogohlantirgandim, menga teginishlarini yoqtirmayman. Qoʻlimdan ushlashiga ruxsat berganim uchun juda erkalanib ketgandi. Quchoqlash nimasi? Quchoqlashishdan nafratlanaman! Shunchaki chiziqdan oʻtgani uchun shunday qildim va pushaymon emasman! Yotoqxonaga kirish uchun harakat qilganimda eshik yana ochildi. Yana kim keldi? Yana kim mendan hisob soʻramoqchi? Ortimga bezgandek oʻgirildim va qarshimda umuman kutmagan odamimni koʻrdim. Amelia.
-Yosh xonim, siz uyingizga ketib, dam olishingiz kerak emasmidi?-dedim soxta tabassum bilan. Boyagi qilganlarimdan keyin yana unga bu tarzda muomala qilsam, meni aniq haydab yuborardi.
-Lara-dedi va eshikni yopdi. Sochlari toʻzgʻigandi. Koʻzlari yigʻlagani uchun qizargandi.
-Eshitaman, yosh xonim-dedim unga muloyimgina.
-Sen kasalsan-dedi. Bu ahmoqdan nima kutgandim oʻzi?
-Yoʻq, soppa-sogʻman-dedim tezroq gapirib ketishi uchun.
-Yoʻq, sening ruhing kasal-dedi.
-Bu aytganlarim uchun afu ating, ammo men emas, siz ahmoqqa oʻxshab harakat qilyapsiz-dedim.
-Yoʻq, boyagina gʻazabdan portlaydigan ahvolga kelib, endi sokin gapirishingning boshqa izohi boʻlishi mumkin emas.
-Nega boya gʻazabdan portlar ekanman?-dedim. Nima haqida gapiryapti?
-Seni quchoqladim-dedi.
-Bilaman, men ham sizni itardim va uyimdan chiqardim. Keyin boʻlajak eringiz kelib men bilan janjallashdi-dedim.
-Meni oʻldirishga urinding-dedi. Nima?
-Nimalar deyapsiz? Men unday qilmadim-dedim. Meni qilmagan ishim uchun ayblay olmaydi!
-Guldonga qara-deb stolning yonidagi siniqlarni ishora qildi.
-Qaradim. Ularni turtib tushirib yubordim. Hozir toʻplamoqchi boʻlib turgandim-dedim.
-Siniq parchasi bilan meni yaralashga urinding-dedi. Hech narsani tushunmayapman!
-Malikam, bas qiling! Qilmagan ishim uchun meni ayblay olmaysiz-dedim.
-Oʻzinga boʻlgan ishlarni unuttira olasanmi?-dedi.
-Men hech narsani unutmayman!
-Yoʻq, unutmaysan, unuttirasan-dedi. Nima deyapti bu? -Istamagan onlaringni oʻzinga unuttirasan! Bu ruhiy xastalik! Sen oʻzingni alday olasan-dedi.
-Umuman nima deganingizga tushunmayapman, yosh xonim-dedim.
-Tushunarli, oʻsha onni unutding, chunki oʻsha payti eslashing kerak boʻlmagan narsalarni eslading-dedi.
-Hozir oʻzimni ahmoqdek his qilyapman va bilasizki, buni hech yoqtirmayman-dedim. -Ahvolingizga qarang. Yuring, sizni biroz parvarish qilamiz. Bu yerlarni keyin yigʻib olaveraman-dedim va uni eshik tomon yurishga majburladim. Tirsagidan ushlab birgalikda yangi uyimdan chiqdik. Ming lanʼat, mazza qilib uxlash ham yoʻq. -Bugun unashtiruvingiz. Sizni oʻzim yasantirib qoʻyaman. Oqshomning eng goʻzal qizi siz boʻlasiz, soʻz beraman-dedim unga kulib. U esa hech narsa demay, shunchaki menga qarab kulib qoʻydi. Ikkalamiz ham toʻgʻri uning uyiga bordik. Mening aksimga ular oilaviy bir uyda yashar ekan. Yaʼni ularning uyi ancha katta ekan. Lekin baribir oddiygina edi. Uyga kirganda jimjitlik hukmron edi. Kiraverganda chap tomonda mehmonxonadek joy bor edi. Xona katta edi. Oʻrtada uzun stol bor edi. Ustida esa uch joyida guldonlarda qizil atirgullar turgandi. Atrofida esa oʻnga yaqin stul bor edi. Yoʻlak oxirida ikkinchi qavatga chiquvchi zinalar bor edi. Pastda esa yettita xona bor edi. Yuqoridagilarni tasavvur ham qilolmasam kerak.
Meni yuqoriga chiquvchi zinalarga tortganida xonasining yuqorida ekanini angladim.
-Yosh xonim, siz xonangizga chiqib turing. Men suv olib kelaman. Yuvinib olmasangiz boʻlmaydi-deb koʻrsatkich barmogʻim bilan oʻzini koʻrsatdim. -Bu ahvolda chiroyli koʻylaklarning ichiga kira olmaysiz-dedim.
-Ajabo, buning sababchisi kim?-deb u ham kesatdi menga.
-Bilmasam, kim qilgan boʻlsa ham, mazza qilibdi-dedim.
-Yaramas, men bilan toʻgʻri gaplash!-dedi qoshlarini chimirib. Aqlliligi tutib ketdi!
-Xoʻp boʻladi, sardor qizi-dedim unga soxta tabassum bilan, keyin esa qoʻlidan qoʻlimni tortib pastga tushdim.
-Yuqoriga chiqqaningda chap tarafdan beshinchi xona-dedi. Oʻzining xonasini aytayotgandi.
-Ajoyib!-dedim va zinalardan tushib tashqariga yoʻl oldim. Tashqariga chiqib suvni qayerdan olishimni oʻylay boshladim. Shu payt sal uzoqdagi quduqdan suv tortayotgan ayolga koʻzim tushdi. Nima, quduqdan tortamanmi?
-Quduqdan tortib chiqaramanmi?-dedim oʻzimga oʻzim.
-Albatta, nima deb oʻylaganding, suv oyoqlaring ostiga kelishini kutmagan boʻlsang kerak-degan ovoz eshitib darrov yonimga qaradim. River.
-Siz nega bu yerdasiz? Boshqa ishingiz yoʻqmi?-dedim unga yuzimni butishtirib. Keyin esa undan uzoqlashib yura boshladim. Aslida yordam bersa, ajoyib boʻlardi. Har holda suvni boshqara oladi ablah! Bir deganda paydo qila oladi. Lekin undan yordam soʻramaydigan darajada gʻururliman. Oʻzim uddalayman. Ortimdan kelmaganini payqab yengil tortdim. Juda yaxshi! Oldin chelak topdim, keyin esa quduqqa toʻgʻri yurdim. Har holda chelakni tashlab suvni tortib olish qanchalik qiyin boʻlishi mumkinki? Quduqdagi qalin ipga bogʻlangan chelakni sekin ichiga tashladim va yonidagi tutqichini buray boshladim. Tushirish oson boʻldi, tortish ham shunday boʻlar, albatta! Arqon tugagandan keyin endi tortish kerakligini bildim.
-Shunday nozik va chiroyli barmoqlarimga bular rostdan ham buyuk bir jazo!-dedim oʻzimga achingan ovozda. Keyin esa tutqichni buray boshladim. Yoʻq, bu juda ogʻir! Qanday tortib olaman? Yana bir marta urindim, ammo katta yogʻoch chelak hech tortilgisi kelmayotgandek edi. Rostdan ham ogʻir! Yana tortdim, biroz torta olgandim, lekin oʻxshamayotgandi.
-Yordam kerakmi, yaxshi qiz?-degan bir ovoz eshitdim. Oldin hech ham eshitmagan bir ovozim. Oʻgirilib oʻsha tomonga qaraganimda bir yigitni koʻrdim. Moviy koʻzlari ustimdan kulgandek qarayotgandi. Kipriklari uzun, quyoshda yuziga soya tushirayotgandi. Sochlari esa oqish sariq rangda edi. Lablarida tabassum bilan menga qarab turgandi. Egnida oddiy xalq kiyadigan kiyimlar bor edi. Jigarrang shim, oq koʻylak va jigarrang nimcha. Lekin kuchli badaniga yarashib turgandi. Toʻgʻrisini aytsam, juda kelishgan edi. Menga nima?
-Yoʻq, oʻzim qila olaman-dedim va oldimga oʻgirilib torta boshladim. Yana biroz yuqoriga koʻtarilgandi. Birdan muvozanat qoʻlimdan chiqib ketdi va tortgan arqonim ham qayta quduqqa tushib ketdi. Ajoyib! Bir shu yetmay turgandi!
-Menimcha, yordam soʻrashni yoqtirmaysan, ammo yordamsiz ham uddalay olmaysan, shekilli-degan oʻsha yigitning ovozini endi yaqinimda eshitayotgandim. Eʼtibor bermay yana boshidan tortishga urindim. Birdan ortimda bir badanni his etdim. Yelkalarim uning koʻksiga urilgandi. Ikki chetdan qoʻllarini oʻtkazib qoʻllarimning ustiga qoʻydi. Keyin esa men bilan torta boshladi. Ishona olmayman, lekin u qoʻlimga tekkanda hech qanday huzursizlik his qilmadim. Bu qanday boʻlishi mumkin? Nima, u ayol kishimi? Xuddi ayollarning teginishiga juda ruxsat beradigandek gapirishimni qara. Bu yigitda nima bor oʻzi? Boshimni koʻtarib unga qaradim. U esa chelakni tortish bilan band edi. Men qila olmagan ishni bemalol qilayotgandi, lekin bir muammo bor. U ikki qoʻlini ikki tomonimdan oʻtkazib meni oʻrab olgandi va bu asabimni buzayotgandi. Yoʻq, oʻsha ahmoqona filmlardagidek hayajonlanib, hushimdan ketadigan ahvolga hech ham kelganim yoʻq.
-Eʼtiboring uchun hozirgi vaziyatda nima qilishga uringaningni sezib turibman va ishon, bu menga zarracha ham taʼsir qilgani yoʻq-dedim va sekin egilib qoʻli ostidan chiqdim. -Taʼsirlanishimni kutganmiding? Adashasan, hech narsaga bu qadar tez taʼsirlanmayman va hech kimni bu qadar tez sevib qolmayman. Oʻzi umuman sevmaganman ham-deganimda koʻzim sal narida bizga qarab turgan Riverga tushdi. Qoshlari chimirilgandi. Bu odamning boshqa ishi yoʻqmi? Qarshimdagi yigit esa ahmoq koʻrgandek menga qarab turdi, keyin esa quduqdan chelakni tortib chiqardi. Chelakni chiqarib suvni mening chelagimga quygandan keyin esa menga toʻgʻri yurdi.
-Sen oʻylagandek niyatim yoʻq edi, yaxshi qiz. Shunchaki yordam bermoqchi edim. Tutqichni toʻsib turganing uchun ikki tarafdan qoʻlimni oʻtkazishga majbur boʻlgandim. Yaʼni senga yoqishga harakat qilmagandim, lekin shu gapingdan keyin senga qiziqishim ortdi. Sen bu gaplarni menga emas, anavi yerda ikki soatdan beri seni kuzatayotgan odamga ayt.
-Nima?-dedim tushunmay.
-Ha, endi senga qiziqa boshladim va mendan qutulishing yoʻq-deb koʻzini qisdi. Keyin esa toʻgʻri qoʻlini uzatib oldimga tushgan bir tutam sochimni qulogʻimning ortiga oʻtkazdi. -Ismim Eymer, Eymer Jenn. Tanishmaymizmi?-dedi kulib.
-Endi men oʻz boshimga oʻzim balo orttirgan hisoblanamanmi?-dedim unga qarab.
-Aynan-dedi shilqimlik qilib. Sen yetmay turganding oʻzi!
-Ha, bitta sen yetmay turganding oʻzi. Biri qoshini chimirib uzoqdan kuzatsin, boshqasi niqoblar ichiga kirib kuzatsin. Bittasi kelib shilqimlik qilsin-dedim oʻzimga oʻzim gapirib.
-Isming nima?-dedi.
-Senga nima?
-Endi seni tinch qoʻyadi deb oʻylaysanmi?-dedi.
-Majbursan-dedim.
-Sevgiling bormi?-dedi toʻgʻridan toʻgʻri. Qoyil, hech kim bu qadar ochiq soʻzli boʻlolmaydi, mendan tashqari!
-Senga nima?-dedim.
-Javobingni kutyapman va javob olmaguncha zulukdek yopishib olaman-dedi.
-Seni oʻldiraman-dedim.
-Ajoyib, sening qoʻlingda oʻlish sharaf!-dedi.
-Oxirgi marta shu gapni aytgan anavi nusxa-deb Riverga ishora qildim. -Meni koʻrishga koʻzi yoʻq va boshqasiga uylanyapti-dedim.
-U bilan orangizda nima bor?-dedi.
-Senga nima?-dedim.
-Boshqa gap bilmaysanmi?-dedi.
-Bilaman, faqat senga aytmayman-dedim.
-Qaysarligingni sevdim-dedi shilqimlik qilib.
-Xoʻsh, qayerga ketyapsan?-dedi.
-Senga nima?-dedim ortimdan kelayotgan shilqimga.
-Senga nima jumlasi eng sevgan jumlamga aylandi-dedi.
-Juda yaxshi-dedim.
-Xoʻsh, oʻzi quduqqa nima uchun kelganding?-deb soʻradi.
-Suv uchun-dedim.
-Qara, savolimga javob oldim-degan ovozini yonimdan eshitdim. -U holda, nega suvsiz ketyapsan?-deganida taqqa toʻxtadim.
-Menda aql qoldirdingmi, Eymer-dedim ismi bilan.
-Qolmasin, men bor ekanman, senda aql qolmasin-deb shilqimlik qilishda davom etdi. -Ismimni juda chiroyli talaffuz qilar ekansan-dedi. Men esa ortimga qaytib chelak tomon yurdim. -Menga hali ham ismingni aytmading-dedi yana gapirishda davom etib.
-Bilasanmi, men koʻp gapirgan odamlarni yoqtirmayman-dedim unga oʻgirilib qarab.
-Shuning uchun ham meni yoqtirasan. Qarshi qutblar tortishadi, goʻzalim-dedi.
-Ahmoqona gaplar aytishni davom etaver, men ketdim-dedim va chelakni koʻtargancha yonidan oʻtib ketdim.
-Sen yolgʻiz qoldiramanmi, goʻzalim, anavi nusxa seni oʻldirmoqchiday qarab turibdi-dedi.
-Anavi nusxa emas, u shahzoda, Eymer, tushundingmi? Hozir yonimdan ketmasang, oʻlgan men emas, sen boʻlasan-dedim.
-Umi meni oʻldiradigan?-dedi Riverni pastga urib.
-Seningcha, bir erkakning himoyasiga muhtojmanmi?-dedim. Javob bermasidan oldin davom etdim. -Yoʻq, muhtoj emasman. Demak, seni u emas, men oʻldirar ekanman-dedim. -Sabrimni sinayapsan, asablarim buzilyapti-dedim. Oʻzimni bosmasam, yonib kul boʻladi!
-Aytganimdek, sening...
-Mening qoʻlimdan oʻlish sharafmi?-dedim. Keyin esa atrofimga qaradim. Riverning atrofidagi askarlardan biri menga yaqin edi. Tezda borib uning belidagi qilichiga yopishdim. -Qarzga olib turaman. Qotillikni sodir qilgandan keyin qaytaraman-deb tezda olib Eymer tomon yurdim. U esa koʻzlarini katta-katta ochgancha menga qarayotgandi. -Qani, kel, sharaf bilan oʻlim top-dedim.
-Jahling chiqqanda yana-da goʻzallashib ketar ekansan-dedi. Meni sokinlashtirishga urinayotgandi.
-Menga qara, men har holimda ham goʻzalman, buni juda yaxshi bilaman. Iltifot shart emas. Bu bilan sokinlashmayman-dedim va unga toʻgʻri yura boshladim.
-Boʻldi, boʻldi, hech narsa demayman, shunchaki ortingdan yuraman-dedi. Hali ham ortingdan yuraman deyaptimi? Hazilmi bu?
-Battar gʻazabimni keltirding-dedim va qilichni koʻtarganimda kimdir qoʻlimdan ushlab qilichni oldi va meni oʻziga tortdi. Kimligini koʻrmasam-da, his qilgandim. Qoʻli muzday edi. River.
-Lara, toʻxta, uni rostdan oʻldirib qoʻyasan. U boʻrituslar xalqidan. Seni tirik qoʻyishmaydi. Istasa, seni yakson qilishi mumkin-dedi.
-Demak, isming Lara. Menga yoqdi. Eymer va Lara, juda chiroyli eshitiladi-dedi shilqimjon tinch turmay.
-Yoʻq, men tinchlana olmayman!-dedim va Riverni siltab tashlab yana Eymerga tashlandim. Yana meni River tutdi. Qoʻlimdan ushlaganida muzlatgichga kirib chiqqandek his qilayotgandim. -Menga teginmang, bekamning boʻlajak eri, boʻlajak xotiningizning yoniga daf boʻling!-deb baqirdim unga qarab. Tezda qoʻlini tortdi.
-Birgina men tegsam, jahling chiqadi, shundaymi?-dedi.
-Ha, shunday-dedim. -Chunki siz yaqinda uylanasiz. Masofa saqlang, Amelianing yoniga boring-dedim. Oramizga masofa qoʻydim. Koʻzini yumib ochdi. Gʻazablanayotgandi.
-Jeraldga indamaysan, hatto hozirgina tanishgan yigitga ham indamaysan, lekin men tegsam, jahling chiqadimi?-dedim.
-Siz kimsizki?-dedim. -Oʻzingizni kim deb oʻylayapsiz? Sizga teginmang degan boʻlsam, demak, istamayman. Balki hozir tanishgan yigit ham sizdan koʻra qadrlidir, qayerdan bilasiz?-dedim. Gʻirt yolgʻon!
-Muammo Ameliami?-dedi.
-Yoʻq, muammo sizsiz. Istamayman, tamom, tushunyapsizmi, istamayman-dedim. -Uzoq turing!-dedim.
-Uzoq tursam...
-Uzoq turasiz, hozir u bilan ketishni istayapman, sizni emas, uni istayapman, boʻldimi?-dedim Eymerni koʻrsatib. Keyin tezda Eymer degan ablahning yoniga borib toʻxtadim. -Ketdik-dedim unga va hech kimga qaramay, yura boshladim. -Ameliaga biroz dam olmoqchi ekanimni yetkazib qoʻying-deb baqirdim Riverga. Oʻzini kim deb oʻylayapti? Ham Amelia bilan turmush qur, ham mening qoʻlimni ushla, juda yaxshi-da! Yana nima istaydi podsho koʻngillari? Koʻnglimda bir yor, qoʻynimda bir yor degandek! Ablah! Ortimdan Eymer degan ahmoqning kelayotganini bilaman. Bu ham rost ekan deb kelishini-chi! Shunchaki Riverga oʻrnini bildirib qoʻyish uchun ketdik degandim. Ming lanʼat, bu ham boshimga balo boʻladi.
-Uni sevasanmi?-dedi u ham eng mashhur savolni berib.
-Nega hamma shu savolni beraveradi? Sevmayman, umuman qiziq emas menga. Oʻzi zulukdek yopishib olgan, nima qilay? Nega hamma Riverni sevasan, Riverni sevasan deyaveradi? Men bunday shubhaga boradigan qanday harakat qildim oʻzi?-deb yer tepindim. Keyin yana yurishda davom etdim. Oʻrmonga kirib borayotgandik.
-Chunki janjallashib, bir-biriga kesatayotgan er-xotinlardan bir farqingiz yoʻq-deganida joyimda toʻxtab birdan unga qaradim.
-Nima deding?-dedim.
-Eshitganing-deb yoʻlida davom etdi. Kayfiyati yoʻqdek edi. -Bir narsa men uchun juda muhim-deb davom etdi. -Javob berasanmi?-dedi.
-Yoʻq-dedim hech oʻylab oʻtirmay. U esa eʼtiborga olmay, davom etdi.
-Uni rostdan sevasanmi, yoʻqmi, bilishim kerak, shundagina sen uchun kurashish-kurashmaslikni oʻylab koʻraman-dedi.
-Nima? Sen jiddiymisan?-dedim.
-Ha-dedi tezda. Endi kulmayotgandi. Rostdan ham sevib qolgan boʻlishi mumkin emas!
-Nima, bir koʻrishda sevgimi bu?-dedim yuzimni burishtirib.
-Ha-dedi yana tezda.
-Javob berishga majbur emasman-dedim. Ishonolmayman!
-Majbur emassan, men muhtojman, Lara-dedi birinchi marta ismimni aytib.
-Boshqalarning muhtojligi meni qiziqtirmaydi-deb yoʻlimda davom etdim.
-Qoʻrssan-dedi.
-Ishon, birinchi aytgan kishi sen emassan-dedim. -Holimdan mamnunman, oʻzimni sevaman, boshqa hech kimga bu koʻngilda joy yoʻq!-dedim.
-Yaʼni uni sevmaysan-dedi.
-Oʻxshayaptimi?-dedim.
-Oʻzingizni mening koʻzim bilan koʻrganingizda edi, ha, oʻxshayapti-dedi.
-Seni oʻldiraman-deb daraxtlardan biridan bir shoxini sindirib oldim va bir urdim.
-Nima qilyapsan, Lara?-dedi.
-Oʻynayapman, oʻxshayaptimi?-dedim.
-Ha, oʻxshayapti-deb kuldi. Kayfiyati joyiga kelgandi. -Demak, sevmaysan. Bu degani imkonim hali bor!-deb baqirib qocha boshladi. Yosh bolaga oʻxshab quvlashmachoq oʻynamayman! Balki biroz asablarim tinchlanar! Men ham uning ortidan yugurib ketdim. Tanishganimga yarim soatcha boʻlgan biri bilan oʻrmonda yolgʻiz quvlashmachoq oʻynash ahmoqlik!
* * * * * * * * *
-Ajoyib koʻrinyapsiz, yosh xonim-dedim qarshimdagi malikaga yoki sardor qiziga qarab. Unashtiruv boʻrituslar qabilasida boʻlar ekan, toʻy esa saroyda! Ajoyib, toʻyga bormayman, hech boʻlmasa, unashtiruvni koʻray. Endi mazza qilib River degan ahmoqqa qoʻlingizda uzuk bor, ehtiyot boʻling deb kesataman! Qarshimdagi goʻzalga qaradim. Oq sochlarining orqasini yengil qilib yigʻgandim, oldida esa bir necha tutam sochi tushib turgandi. Sochining ustiga kichik toʻgʻnogʻich taqqandim. Yuziga ham yengil makyaj qilgandim. Bilinar-bilinmas turgan qoshlari, moviy koʻzlariga qilingan quyuq makyaj va pushtirangga boʻyalgan lablari koʻylagi bilan mos tushgandi. Ha, koʻylagini men tanlagandim va oʻziga juda yarashgandi. Oppogʻoy boʻlgani uchun ochiq ranglar unga juda yarashardi. Shuning uchun butun baxtli kuniga pushti rangni tanlagandim. Koʻylak toʻrli ipakdan tikilgandi. Yoqasi va yelkasi ochiq edi. Yengi yelkasidan sal pastroqda boshlab kengayib ketgan turdan edi. Koʻylak ham belgacha nozik boʻlib tushib, belidan keyin kengayib ketgandi. Eng ajoyibi esa ustidagi aksessuarlar edi. Ha, koʻylakning yoqasidan boshlab etagidan sal yuqorida tugagan pushtirang atirgulli aksesuarlari va yam-yashil chirmoviqni eslatadigan mayda barglari bilan shohona koʻrinish yaratayotgandi. Albatta, River degan ahmoq yana qop-qora boʻlib keladi. Koshki, mening shu ijod asarimning yoniga yarashadigan yorqin birini topsa bu Amelia. Birdan eshik taqilladi va bir qiz ichkariga kirdi.
-Opajon, juda chiroyli koʻrinyapsiz!-dedi chapak chalgancha. Amelianing singlisi bormi?
-Senga yoqdimi, Gerda?-dedi Amelia kulgancha. Yonidagi qiz esa boshini silkidi. Oʻn olti-oʻn yetti yoshga oʻxshardi. Xuddi Ameliaga oʻxshardi, oq sochlar, moviy koʻzlar... Lekin yuzi dumaloq edi. Amelianing yuzi uzunchoq yuz edi. -Hammasi Laraning asari-deb meni koʻrsatdi. Shundagina qiz oʻgirilib menga qaradi.
-Oʻsha Lara sizmisiz?-dedi u ham hamma bergan savolni berib.
-Ha-dedim.
-Men Gerdaman, mana shu goʻzallikning singlisi-deb Ameliani ishora qildi.
-Tanishganimdan xursandman, Gerda-dedim. Qor Malikasi multfilmidagi qiz esimga tushib ketdi. Uning ham ismi Gerdamidi?
Xayolingni yigʻ, Lara, dedi ichki ovozim meni oʻzimga keltirib.
Baribir hammadan ham men goʻzalman!
-Opajon, chiqish vaqti boʻldi, hamma sizni kutyapti-dedi.
-Ketdik, Lara, yur-dedi qoʻlimga osilib.
-Xoʻp boʻladi, yosh xonim-dedim kulib. Keyin sekin qoʻlimni ishora qildim. Tezda tushunib qoʻlini tortib oldi. Amelia va Riverning menga teginishlarini istamayman. Uchalamiz birgalikda pastga tusha boshladik. Pastda Ameliani River kutib turgandi. Bizni koʻrib yuqoriga qaradi. Oldin Gerdaga, keyin Amelia va soʻngida menga. Chuqur nafas oldi. Keyin koʻzlarini boshqa tomonga burdi. Zinalardan tushganimizdan keyin qoʻlini Ameliaga uzatdi. Amelia ham qoʻlini ushladi. Ajoyib, bir umr baxtli boʻlasiz degan umiddaman!
-Tabassum qiling, shahzodam-dedim Riverga atay. Amelianing ogʻzi yopilmayotgandi, buning esa yuzida zarracha quvonch yoʻq. -Axir eng baxtli kuningizdasiz. Ikkingizga bir umr kattakon baxt tilayman-dedim soxta tabassum qilib. Riverning koʻzi esa faqat tabassumimda edi. Bu ish rostdan ham gʻalati boʻla boshladi. Tezda tabassum qilishni toʻxtatdim va Amelianing ortiga oʻtdim. Ikkisining ortidan yura boshladim Yerda bilan birgalikda. Unashtiruv marosimi boʻladigan joyga kelganda esa hammaning koʻzi Oppogʻoy va Qora Shahzodada edi.
Oppogʻoy va Qora Shahzoda, naqadar bir-biriga mos. Zid qutblar tortishadi! Ularning ortidan tezda boshqa odamlar orasida aralashib ketdim. Ularni chetdan kuzata boshladim. Hamma chapak chalyapti. Men ham qoʻshilib chapak chaldim. Shahzoda River birdan menga qaradi. Bu ikki soniya boʻlgandi. Unga tabassum qilib, bosh chayqadim va chapak chalishda davom etdim. Ortiq tabassumim unga azob berayotgandek edi. Qani, endi ham tabassumimni koʻrishni istarkanmi? Tezda koʻzini olib qochdi va toʻgʻriga qaray boshladi. Shunda birdan qoʻlimdan biri ushladi va qulogʻimga pichirladi.
-Juda baxtli koʻrinyapsan, hozir uni oʻldirsam, nima qilasan?-dedi. Baxtlimanmi? Aslo! Yonimga qaradim va niqoblar ichidagi Mister Niqob degan ablah bilan qarshilashdim. Atrofga qaradim. Hamma malikalar va shahzodalar shu yerda edi. Unda bu kim? Birdan gʻoyib boʻldi. Bu soniyalar ichida boʻlgandi.
-Lara-degan ovoz bilan tezda ortimga qaradim. Qarshimda Eymerni koʻrdim. -Seni bu yerdan olib qochaymi?-dedi. Balki, yoʻq deyishim kerak edi, lekin birozdan soʻng bu yerda boʻladiganlarni koʻrishni va oʻzimni ayblashni istamaganim uchun shunchaki boshimni ha degandek silkidim. U ham tezda qoʻli bilan qoʻlimni ushladi. Oxirgi marta Amelia va Riverga qaradim. His qilgandek River ham menga qaragandi. Birdan Eymer meni tortib olib ketdi va eng soʻngi koʻrganim Riverning chimirilgan qoshlari boʻldi...
Davomi bor...
Hikoyalar_2023🦋
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев