Предыдущая публикация
Tili shirin novvotdan
Nolimaydi xayotdan
Meni tanir uzoqdan
Buvijonim sog' bo'ling
Bolamning bolasi deb
Ko'zimning qorasi deb
Yurar doim g'amim yeb
Buvijonim sog' bo'ling
Biram nurli yuzingiz
Kulib turar ko'zingiz
Ming bir mano so'zingiz
Buvijonim sog' bo'ling
Ikki kaftim duoda
Umriz bo'lsin ziyoda
Dard chekmang bu dunyoda
Buvijonim sog' bo'ling
Qarisa xam yuzlari
Yosh boladek o'zlari
Tabarukdur izlari
Buvijonim sog' bo'ling
''Ozod Nur''
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7