qolgan Hazrati Muhammad (s.a.v.)
uygʻonsalar, qoʻlida bir qilich
bilan uning ustida dushmani
Du’suur turibdi. U soʻradi: «Ey
Muhammad, seni endi oʻlimdan
kim qutqaradi?». Hazrati
Muhammad javob berdilar:
«Olloh!»
Du’suurning qilichi yerga tushdi.
Uni qoʻlga olgan Rasululloh, oʻz
navbatida soʻradilar: «Ey Du’suur,
endi seni oʻlimdan kim
qutqaradi?» Du’suur «Hech kim!»
deb javob berdi. Rasululloh uni
ozod qilib: «Bil, seni ham
oʻlimdan mening Ollohim
qutqardi», dedilar va uning
qoʻliga qilichini qaytarib berdilar.
Du’suur ketayotib: «Sen mendan
xayrliroqsan», dedi. Rasuli akram:
«Men bunga sendan koʻra
haqliroqman», deb javob
qaytardilar.
Du’suur: «Men Ollohdan boshqa
iloh yoʻqligiga va sen uning
rasuli ekaningga ishondim», deya
shahodat keltirdi va musulmon
boʻldi. Va Du’suur
Paygʻambarning sodiq
doʻstlaridan biri boʻldi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев