yaralganki,insonlar hamisha o`z tuyg`ularining
asiriga aylanib qoladi. Insoniyat doimo bir-biriga
intilib yashaydi. Unga mehr qo`yadi. Tuyg`ular
ichra “do`stlik deb nom olgan shunday bir
sharafli tuyg`u borki, u juda qadimiy va bebaho
erur. Donolar: “ota-ona – xazinang, aka-ukang –
tayanch, do`stlik har ikkovidir” deb bejizga
aytishman. Biroq bugungi kunda juda ko`p
munozaralarga asos bo`luvchi — “yigit va qiz
o`rtasida do`stlik bo`lishi mumkinmi” degan
savolga hamma har xil javob beradi. Bu savaolga
qat’i ravishda yo`q deyish balki o`rinlidir. Chunki
kishilar do`stlik-o`rtoqlik va do`stlik-muhabbat
tuyg`ularini chalkashtirib yuboradilar. Ayrim
ijodkorlar do`stikka quyidagicha tarif beradilar:
“Inson dos’tini o`zining soyasi, ikkinchi ko`rinishi
deb tushinishi kerak. O`ziga qay darajada ishonsa
do`stiga ham shunday ishonmogi, o`zini qancha
asrasa do`stini ham shunday asrashi kerak.
O`ziga ravo ko`rganini do`stiga ham ravo
ko`rguvchilar haqiqiy do`stlik vakillaridir”. Do`stlar
o`rtasida hech bir tuyg`uda uchramaydigan
yaqinlik, hamkorlik bo`ladi. Biroq gohida o`rtoqlik
ham do`stlik deyiladi. Do`stlik esa yurakning
guvohligida mangulik rishtasi bog`lab turadi.
Dos’tlikka o`xshagan muhabbat esa gohida
ko`nikish ifodasi bo`lib qoladi. Chunki, inson
doimiy bir insonni ko`rsa, suhbatlashsa, dilkash
sifatida bir-biriga suyansa, unga mehri oshib
boraveradi. Shuning uchun ham yigit va qiz
o`rtasidagi o`rtoqlik, yaqinligi ko`p hollarda
sevgiga aylanadi. Mutaxasislarning aytishicha,
yigit va qiz do`st bo`la olmaydi. Ularning
o`rtasidagi munosabat do`stlikkacha yetib
bormaydi. Ular 99 foizgacha o`rtoq bo`la olishlari
mumkin. Hayotda eng muhimi do`sting kim
bo`lishi emas, balki kimdir seni tushunishini,
senga bo`lgan mehrini his etib yashashdir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев