do'st
Mayin
shamol
esardi,
bahor
havosi
ufirib
turardi
bulutlar orasida quyosh charaqlab turardi Mahliyo
deraza tomon boqib hayollar og'ushida utirgan
paytda birdan hayollarini qo'l telefonining taronasi
bo'lib yubordi telefonni qo'liga olsa dugonasi
Shaxnoza edi. Shaxnoza: Allo Mahliyo qaleysan?
allo....! Mahliyo: allo a haa Shaxnoz yaxshiman
uzing tuzukmisan, ishlaring joyidami? Shaxnoza:
ha hammasi yaxshi ha nima bo'ldi? Mahliyo?
Mahliyo: ee dugonajon bilasanmi yur aylanib
kelaylik senga aytadigan gapim bor maylimi?
Shaxnoza: ha mayli o'sha qadrli hiyobonimizda
kutaman o'sha yerda ko'rishguncha!!!
ikki dugona hiyobonda ko'rishishdi aylanib
yurishganda Mahliyo:Shaxnoz senga aytadigan
gapim bor... Shaxnoza: ha nima gap uzi nega
bunaqa hozushsan a? yoki xafa qildimmi a?
Mahliyo: yo'q faqat seni oldingda aybdorman...
Shaxnoza: tushunmadim uzi nima gap gapir
Mahliyo? Mahliyo: esingdami Akbar bilan urushib
qolganlaring va ayrilib ketganlaring... Shaxnoza:
eyyy eslamagin o'shani boshqa narsa haqida
gaplashaylik unutaman deganimda yaramga tuz
sepmagin dugonajon maylimi...? Mahliyo:yo'q
sen gapimni eshit o'sha men tufayli shunaqa
bo'lgandi...
Bir yil oldin:
Bahor! Quyosh charaqlab turardi, mayin shamol
esib odamlar kulgusi, qushlarning syrashlari
hama hammasi Akbar bilan Shaxnozaning baxtiga
sherikdek tuyilardi.Akbar , Shaxnoza , Mahliyo
sinfdoshlar bo'lishgan. Akbar bilan Shaxnoza
o'sha paytlardayoq sevishib bir biriga ko'ngli
qo'yishgan edilar. Mahliyo ularni sevgisiga
judayam havas qilardi. Maktabni bitirishgandan
keyin ular oliygohga hujjatlarini topshirishdi.
Ammo Mahliyo topshirolmagandi Akbar va
Shaxnoza uzlari orzu qilgandek shifokorlikka
topshirishdi va kurishganini ko'rib judayam
xursand bo'lishganidan uzlaridayoq xursand
edilar. Mahliyo esa O'qituvchilikka topshirgandi
ballari yetmagani uchun kirolmay yiqilgan edi.
Shaxnoza bilan Akbar unga dalda berishdi u esa
hamon xafa edi shunda akbar unga xususiy
magazinida ishlashni taklif etdi maoshi ham
yaxshiligini aytdi. Ota-onasi bilan
maslahatlashgandan keyin javobini aytaman dedi
xolos. Mahliyo uyiga ketdi. Akbar va Shaxnoza
dunyodagi eng baxtli juftlik edilar bir birini
judayam yaxshi ko'rishardi hurmar qilishardi.
Mahliyo ishlashga rozilik olgandan keyin u ishga
tushib ketdi. Oradan bir necha kun o'tgach Akbar
bilan Shaxnozaning oralaridan ola mushuk
o'tgandek go'yo rossayam ko'p janjallashib
qolishardi Mahliyo hayron edi. Bir kun Mahliyo
Do'konda kech qolib ketdi Ishlarini bitiraman
deganda birdan eshik ochilib Akbar kirib keldi-yu
xushudan ketdi Mahliyo qo'rqib ketib unga suv
olib kelishga shoshildi yuzlariga suv sepib uziga
keltirishga harakat qilardi. Shunda SHaxnoza
akbarni qo'l telefoniga telefon qilib qoldi Mahliyo
qo'rqib ketganidan telefonni olib javob berdi ovozi
o'zgargani uchunmi Shaxnoza tanimadi va
go'shakni qo'yib qo'ydi. Akbar o'ziga keldi va
Mahliyoni ko'rib, Akbar: charchaganimdan bo'lsa
kerak hushimdan ketdim ha havotir olishni hech
keragi yo'q MAhliyo do'konni yopib uzing yetib
olarsana men ketdim hayr!!! Dedi-yu chiqib ketdi!
Mahliyo hayron bo'lib havotir olibmi uni izidan
borishga harakat qilardi Akbar esa juda
parishonhotir edi uyiga kirib ketgandan keyin u
ham sekin uyiga qaytdib ketdi. Mahliyoni onasini
tobi qochib kasalxonaga tushib qolgandi u yerda
shifokorlarni kutib kutib u kasalxonani hiyoboniga
chiqmoqchi bo'lganida oldidan birdan Akbar o'tib
ketdi Mahliyo hayron qolgandi va izidan borsa u
bir shikor oldiga kirib ketgandi Mahliyo hayron
qolgandi Akbarni bu yerda nima ishi bo'lishi
mumkinligi hecham hayoliga keltirolmagan edi
ketayotganida birdan eshik ochilib Akbar chiqib
ketdi shifokor izizdan siz davolanmasangiz oqibati
yomon bo'ladi degan gaplarini eshitib qolgan
Mahliyo o'zini tutib turolmay shifokor tomon
bordi va uni sinfdoshi ekanligini aytdi shifokor
faqat yaqinlarini chaqirtirishni aytgan edi Mahliyo
rossa yalinib yolvorgandan keyin ko'zidagi ko'z
yoshlarni ko'rgan shifokor bor gapni aytib
berdi.Yoshligida daraxtdan yiqilib tushgan ekan
boshi yozirlib miyaga qon ketib o'shani asoratlari
hozir ko'rishiga halaqit beryapti va eng yomoni
unda o'simta borligi aniq bo'ldi u esa
davolanmayman deb do'q urib ketib
qoldi.Hammasidan habar topgan Mahliyo nima
qilishini bilamy ketayotganida Akbar uni tutib olib
chetga olib chiqib bu orasida sir bo'lib qolishini
agar Shaxnozga yoki uydagilarga aytsa o'ldirishini
aytib ketib qoladi Mahliyo izizdan borib
davolanishni iltomos qiladi lekin u hamon jahl
ustida yuraverib dukonga borib qolishadi shunda
Akbar: u chet elga ketishini aytadi, shifokor eng
asosiy gapni aytmadi senga bu so'nggi bosqich
davolanish befoyda bilasanmi iloji yo'q deb yig'lab
yuboradi shunda Mahliyodan oxirgi so'nggi
iltimosini bajarishini aytadi u noiloj qolganidan
rozi bo'ladi uning iltimosi Shaxnoza bilan oxirgi
marta uchrashib uning to'yi bo'layotganini aytish
edi Mahliyo hammasini tushunib rozi bo'ladi. Ular
ko'rishishdi Akbar uylanayotganini aytadi
Shaxnoza esa yig'lashdan uzini zo'rg'a tiyib
o'tirgan edigaplarini aytib u ortiga yugurib ketdi
do'konga kelsa Mahliyo kutib utirgan ekan
ularning ahvolini ko'rib qanday yordam berishni
o'ylayotgan edi Akbar undan yana bir iltimos
unga ko'z quloq bo'lib uziga hech nima qilishini
tayinlab va ertaga ertalab uchib ketayotganini
aytib chiqib ketadi.
Shaxnoza Mahliyoni hozir aytgan gaplarini eshitib
hayron qolib qotib qolib beihtiyor ko'zlaridan
tomayotgan ko'z yoshlarini tiyishga urinardi va
uyiga yugurib ketadi uzini bunda aybdor
bilayotgan Mahliyo uni ortidan yugurib borsa u
Akbarni sur'atini quchoqlab yig'lab o'tirgan ekan
unga nima deyishni ham bilmagan Mahliyo dalda
beradi uning so'nggi iltimosi sen baxtli bo'lishing
kerak uzingga ozor berma deya u ham yig'lab
yuboradi Shaxnoza Mahliyoni quchib o'kirib 'okirib
yig'lab yuboradi.Shaxnoza Akbardan shu
paytgacha nafratlanib kelardi endi esa bu haqiqat
uning yuragi buni kutarolmaganidan qadrdon
dugonasinging qo'llarida jon beradi.!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев